Аннотация

Sadiy Sheroziyning «Guliston» asari faqat fors adabiyotining emas, umumadabiyotning mulkidir. Ushbu asar 1634 yil- dayoq fransuz va boshqa tillarga tarjima qilingan edi. Mashhur adiblar Gyote, Gyugo va Pushkinlar o'z davrida bu asardan qattiq ta 'sirlanishgan.Asar falsafiy – didaktik ruhda yozilgan bo'lib, unda turli ko'rinishdagi axloqiy masalalarga urg'u beriladi. «Yomon bo'lma, yolg'on gapirma, birovga ozor yetkazma» kabi oddiy, biroq muhim haqiqatlar turfa hikoyatlar orqali badiiy aks ettirilgan.

Аннотация

Said Ahmadning «Ufq» trilogiyasi nafaqat yozuvchi ijodida, balki o'zbek adabiyotida yangi janr hisoblanadi. Ijodining eng sermahsul davrida yozgan ushbu roman-trilogiyada yozuvchi Ikkinchi jahon urushining olovli yillarida o'zbek dehqonlarining front orqasida ko'rsatgan mehnat qahramonliklari haqida hikoya qiladi, urushdan oldingi va keyingi davr muammolari haqida bahs yuritadi.Davrga xos qiyinchiliklar, mashaqqatlar og'ushida urush va mehnat frontiga safarbar qilingan yoshlar qalbi jo'shqinlik va muhabbat tuyg'ularidan yiroq emas: Azizxon va Lutfinisa, Nizomjon va Dildor, Tursunboy va Zebixon… Asarda o't-olov bo'lib yongan oshiq-ma'shuqlarning hech biriga visol nasib etmaydi. Qiyinchiliklardan keyin qahramonlar yana sevgiga, sadoqatga ro'baro' bo'lishadi, ammo birinchi muhabbat davr va sinovlar qa'riga singib ketadi…O'quvchi mutolaa davomida nafaqat jonli tasvirlar orqali tarixiy ma'lumotlar bilan tanishadi, balki hayot mashaqqatlaridan saboq chiqarishga, insoniylik va muhabbat aynan qiyinchiliklar ta'sirida toblanishiga amin bo'ladi.

Аннотация

Аннотация

"Ochilishni istagan gul makon tanlamaydi". Chiroyli so'zlar-a? Ravshan Nur Muhammad ijodidan o'rin olgan har bir yozishmalarda mana shunday sehrli hikmat yashirin. Kitobni varaqlarkansiz, undagi suratlar ham diqqatingizni tortadi va o'zidan ma'no axtarishga undaydi. Bu suratlar ham Ravshan Nur Muhammad qalamiga mansub. Adabiyot olamida o'ziga xos uslub kashf etishga urinayotgan yosh ijodkor o'zining ilk mo''jazgina kitobi orqali ko'ngil uyingizga mehman bo'lolsa ne ajab!

Аннотация

Pirimqul Qodirov asarlari o'z davrida minglab-millionlab kitobxonlar qalbini larzaga solgan. Taajjubki, adib ijodini bugungi kun o'quvchisi ham qalbida hayajonsiz, ko'zda yoshsiz o'qiy olmaydi. Nega? Nega o'zini adabiyotga oshno deb bilgan kitobхon Pirimqul Qodirov ijodini chetlab o'tolmaydi? Undan o'ziga qanday ma'naviy ozuqa oladi? Sababi – oddiy. Adib asarlarida har bir kitobхon o'zini ko'radi, o'zini taniydi, o'zi bilan yuzma-yuz keladi."Maktabdan tashqari o'qish" ruknida tayyorlangan ushbu mo'jazgina kitobchadan o'rin olgan hikoya va qissani aziz o'quvchilarimiz uchun saralab-saralab tanladik."Ilinj" nomi bilan taqdim etilayotgan kitobimiz o'quvchini eng avvalo fikrlashga o'rgatadi. Yomondan yaхshi fazilatlarni, nochor holatda ham baхtni his qilish mumkinligini, atrofidagi odamlarning fe'l-atvori-yu, a'moliga qarab ularning boshiga tushgan ko'rgiliklardan to'g'ri хulosa chiqarib, hayot yo'lini tanlashni o'rgatadi.

Аннотация

Odamzodning bu dunyodagi yakkayu yagona, oliy vazifasi –O'z Taqdirini ro'yobga chiqarishga erishuvidir… Barcha odamlar yoshlik paytlarida o'z taqdirlarini biladilar… Ammo fursat o'tishi bilan sirli bir kuch ularni O'z Taqdirlarini ro'yobga chiqarish imkonsiz ekanligiga ishontira boradi.Bu sirli qudrat inson zotiga g'animday tuyuladi, aslida esa o'z taqdirini qanday ro'yobga chiqarish Yo'lini xuddi ana shu qudrat ko'rsatib beradi. U insonning ruhini va erkini o'sha buyuk vazifaga tayyorlaydi. Bu kurrai zaminda oliy bir haqiqat mavjud: qachonki sen nimanidir astoydil istasang, albatta unga erishasan, chunki bunday istak Olamning Ruhida dunyoga kelgan bo'ladi. Sen yer yuzida xuddi ana shuning uchun yaratilgansan. «Alkimyogar» romani zamiridagi ushbu hikmat o'tmishda o'tgan yoxud rivoyat qahramoni bo'lgan kimningdir hayotigagina taalluqli emas, bu sizu biz uchun ham, bizdan keyingilar uchun ham o'tilajak Yo'ldir. Balki bugun bu kitobning dunyodagi 120 mamlakatda sevib o'qilayotgani ham, Paulo Koeloning dunyoning eng mashhur yozuvchisiga aylangani ham bejiz emasdir. «Alkimyogar» haqida gapirganda Richard Baxning «Jonatan ismli chag'alay», «Tasavvurlar» yoki Ekzyuperining «Kichik shahzoda» singari ertak-rivoyatlarini eslamaslikning sira ham iloji yo'q. Ammo «Alkimyogar» ularning hech biriga o'xshamaydi.

Аннотация

Paulo Koeloning 1988-yilda yaratilgan ushbu romani dunyo miqyosidagi bestseller romanlardan biridir Asarning asosiy voqealari Andalusiyalik Santyagoning ko'rgan tushi asnosida rivojlantiriladi. Asar o'quvchini «Dunyoning qalbi»ni tushunishga, o'z taqdir so'qmog'idan yurishga o'rgatadi. Asarni o'qish jarayonida, voqealar silsilasida uning asosida sharq falsafasi, tasavvufmujassam ekanligining guvohi bo'lasiz.

Аннотация

Қўлингиздаги «Мўъжиза» деб аталувчи бугуннинг романи дунё машинасозлигига 28-мамлакат бўлиб қўшилган Ўзбекистон автомобиль саноати, яъни Андижон вилоятининг Асака шаҳрида жойлашган автомобилсозлик корхонасининг бунёд этилиши, унинг фаолияти ҳақида ҳикоя қилувчи биринчи йирик асардир. Унда завод қурувчиларининг жасоратлари, машакқатли меҳнатлари, шу билан бирга инсонлар орасидаги қадр-қиммат, меҳр-оқибат турли воқеалар, ҳодисалар орқали очиб берилади. Шунингдек, муаллиф ижодига оид турфа бадиий ижод намуналаридан баҳраманд бўласиз. Ўйлаймизки, «Мўъжиза» сизларга манзур бўлади.

Аннотация

Аннотация

Ushbu majmuada allaqachon jahon adabiyoti durdonalariga aylangan bir necha asarlar jamlandi. O'ziga xos uslubda bitilgan ushbu asarlar o'quvchilarimizga manzur bo'ladi, degan umiddamiz.