Аннотация

Jahon adabiyotining etuk namoyandalaridan biri Paulo Koeloning mazkur asarida inson ruhiyatining evrilishlari mahorat bilan ochib berilgan. Unda betakror taqdir egalarining qismatini tasvirlash asnosida yovuzlik va ezgulik, nafs va sabr, nafrat va muhabbat, iymon va gunoh singari umuminsoniy mavzular to'g'risida bahs ketadi.

Аннотация

Odamzodning bu dunyodagi yakkayu yagona, oliy vazifasi –O'z Taqdirini ro'yobga chiqarishga erishuvidir… Barcha odamlar yoshlik paytlarida o'z taqdirlarini biladilar… Ammo fursat o'tishi bilan sirli bir kuch ularni O'z Taqdirlarini ro'yobga chiqarish imkonsiz ekanligiga ishontira boradi.Bu sirli qudrat inson zotiga g'animday tuyuladi, aslida esa o'z taqdirini qanday ro'yobga chiqarish Yo'lini xuddi ana shu qudrat ko'rsatib beradi. U insonning ruhini va erkini o'sha buyuk vazifaga tayyorlaydi. Bu kurrai zaminda oliy bir haqiqat mavjud: qachonki sen nimanidir astoydil istasang, albatta unga erishasan, chunki bunday istak Olamning Ruhida dunyoga kelgan bo'ladi. Sen yer yuzida xuddi ana shuning uchun yaratilgansan. «Alkimyogar» romani zamiridagi ushbu hikmat o'tmishda o'tgan yoxud rivoyat qahramoni bo'lgan kimningdir hayotigagina taalluqli emas, bu sizu biz uchun ham, bizdan keyingilar uchun ham o'tilajak Yo'ldir. Balki bugun bu kitobning dunyodagi 120 mamlakatda sevib o'qilayotgani ham, Paulo Koeloning dunyoning eng mashhur yozuvchisiga aylangani ham bejiz emasdir. «Alkimyogar» haqida gapirganda Richard Baxning «Jonatan ismli chag'alay», «Tasavvurlar» yoki Ekzyuperining «Kichik shahzoda» singari ertak-rivoyatlarini eslamaslikning sira ham iloji yo'q. Ammo «Alkimyogar» ularning hech biriga o'xshamaydi.

Аннотация

Paulo Koeloning 1988-yilda yaratilgan ushbu romani dunyo miqyosidagi bestseller romanlardan biridir Asarning asosiy voqealari Andalusiyalik Santyagoning ko'rgan tushi asnosida rivojlantiriladi. Asar o'quvchini «Dunyoning qalbi»ni tushunishga, o'z taqdir so'qmog'idan yurishga o'rgatadi. Asarni o'qish jarayonida, voqealar silsilasida uning asosida sharq falsafasi, tasavvufmujassam ekanligining guvohi bo'lasiz.

Аннотация

Гарчи муҳаббат фарзанди бўлса-да, у ота-онасидан йироқда катта бўлди. Тўкис оила, асилзодалар муҳити, яхши мактаб… Бир фарзанд учун ҳақиқий ота-она нима қилиши лозим бўлса, лўли қиз – Ширинни боқиб олган оила ҳам унга керагича меҳр билан муносабатда бўлишди. Улғайгач, Шириннинг асли наслига қанчалик таъсир қилди? Умид билан вояга етказган Самира Халилга фарзандининг асранди эканлигини айтиш нима учун керак бўлди? Афина исми Ширин ҳаётига қанчалик дахлдор? Жодугарлик – қаҳрамоннинг ички ҳолатими ёки хоҳиши? Унинг сирли ўлими ортида яна қандай синоатлар яширин?Мутолаа давомида ўқувчи жуда кўп саволлар қуршовида қолади, жавоблар ортидан яна жавоблар келиб чиқади, ўзини англамоқчи бўлган аёлнинг ҳаёт ва хаёл ҳақидаги ҳақиқатлари китобхон кўз ўнгида бор бўй-бастини кўрсатади…