Аннотация

Ushbu ertak-qissalarni eng avvalo mehribon bobojonlar suyukli nabiralariga o'qib bersinlar, so'ngra suyukli nabiralar yonboshlab yotgan bobojonlariga o'qib bersinlar. Har ikki tomon qissaning «mazzasini shimib» turguncha, endi buvijonlar asaldek shirin qizlariga o'qib bersinlar. Keyin muallifga «Ey Hudoyberdi bobo, o'zingizning bobongiz bilan ertakchi enangiz haqida yozibsizu, nega mening bobom bilan ko'zoynak taqqan buvijonim haqida yozmabsiz, nega, nega, nega» degan mazmunda xat yozib, bobojoni aytgan mataldan, buvijoni aytgan ertakdan bittadan qo'shib jo'natsinlar.

Аннотация

Ushbu kitobdan sevimli yozuvchimiz Xudoyberdi To'xtaboyevning so'nggi yillarda yozgan ikki romani o'rin olgan. Undagi asar qahramonlari mustaqillik davrining farzandlari. Ular mustaqillik yaratib bergan imkoniyatlardan foydalanib, fermer xo'jaligi tashkil etadilar. Jumladan, «Qiz talashgan o'smirlar» romanida ishbilarmon Yo'ldoshxonning, «Qiz bolaga tosh otmang» teleromanida esa tadbirkor qiz Xurshidaning o'z ishini yuritish, kengaytirish yo'lidagi mashaqqatlari, iztiroblari, yutuqlari, quvonchlari yozuvchi tomonidan qiziqarli voqealar asosida yoritib berilgan. Asar qahramonlari muhabbat yoshida. Ular bu beg'ubor tuyg'uni ba'zan his etmaydilar, qadriga yetmaydilar… Keling, yaxshisi kitobni o'qing, gap nima haqida ekanini bilib olasiz.

Аннотация

Аннотация

Xudoybergan Shomurodovning hikoyalarida hayotiy voqeliklar bayon etilgan. Biz milliy qarashlarimizning ajralmas qismi bo'lgan kamtarlik, iffat, hayo-ibo singari tushunchalardan bir zum bo'lsa ham o'zimizni ayro tasavvur eta olmaymiz. Darhaqiqat, insonlar odob-ahloq, insonning qadr-qimmati, or-nomusi, poklik, halollik, mehnatsevarlik singari fazilatlarni o'zilarida shakllantirishlari joiz. Bu kabi sifatlar yaxshilik va xayrli ishlarga etaklaydi. Oqil, kamtar kishilar barchaning hurmat-e'tiboriga sazovor bo'ladi inshoolloh! Ushbu «Baxt saltanatiga sayohat» deb nomlangan to'plamdan joy olgan hayotiy hikoyalar Sizga manzur bo'ladi, degan umiddamiz!

Аннотация

Бу китоб меҳр ҳақида. Ота-онага муҳаббат, она Ватанга муҳаббат, устозларга, дўстларга муҳаббат тараннум этилади. Холиёр Қодиров умр бекатларидаги знг азиз онларини, изтиробли ва армонли дамларни қалам измига солади…

Аннотация

Holid Husayniy 1965 yilda Kobulda afg'on diplomati oilasida tug'ilgan. 1980 yilda uning oilasi AQShga ko'chadi. Shu erda u tibbiyot fakultetiga o'qishga kiradi. Uning ilk romani «Shamol ortidan yugurib» AQShda yangi asrning bestseller asariga aylanadi. Mazkur asar dunyoning qirqdan ortiq tillarida 10 million nusxada nashr qilingan. Bu kitob asosida Gollivud kinoijodkorlari film ham suratga olishgan.

Аннотация

Amerikalik afg'on adibi Holid Husayniy navbatda e'tiboringizga havola etilayotgan asari orqali yana o'sha mavzuga – urush hayotini barbod qilib yuborgan insonlar taqdiriga murojaat qiladi. Bu gal asarda yaxlit bir qahramon yo'q. Pari, Abdulla, Parvona, Nabi, Markos, Adel, Idris, Vahdatilar – ularning har biri o'z taqdiri misolida yashayotgan jamiyati, o'zini o'rab turgan ijtimoiy muhit haqida o'quvchida ma'lum tasavvur uyg'otadi. Onasidan yolg'iz yodgori – singlisini o'z bag'rida ulg'aytirgan, ammo keyinchalik bolalik xotiralari butunlay unut bo'lgan holda, boshqa ona bag'rida ulg'aygan qiz taqdiri; o'z vijdoni oldida poklanishni istagan, birgina maktub orqali qalbidagi haqiqatlarni oshkor qilgan Nabi hayoti; yuzlarini it tanib bo'lmas darajaga solgan qizining kelajak hayotini butunlay dugonasi izmiga tashlab, «oshig'i» ortidan ketgan ayol qismati – ularning hammasi haqida ushbu kitobda o'qiysiz.

Аннотация

Aziz kitobxon! Taniqli amerikalik afg'on adibi Holid Husayniy qalamiga mansub, juda katta shov-shuvlarga sabab bo'lgan asarni hukmingizga havola etmoqdamiz. Asarda yaqin o'tmishda, bizdan atigi bir necha yuz chaqirim yiroqda yuz bergan haqqoniy voqealar tilga olingan. Asar qahramonlarining fojiaviy qismati bilan tanisharkansiz, ularga nisbatan hamdardlik hissini tuyish barobarida tinchlik, osoyishtalik, farovonlik singari ne'matlarning qanchalik bebaho ekanini anglab etasiz. Qalbingizda biz yashayotgan zamon va makon uchun behad shukronalik jo'sh uradi. Hullas, o'zingiz o'qing, zavq oling, iztirob cheking va xulosa chiqaring, azizlar!

Аннотация

Ушбу рисолада қадимулайёмдан ҳозиргача кўҳна Наманган вилояти ҳудудида яшаб ўтган ва замондош адибларнинг ҳаёти ҳамда ижоди ҳақида лўнда маълумот берилди. Атоқли ижодкорлар билан бир қаторда бир-икки китобларини нашр эттириб, эл назарига тушган иқтидорли, истиқболига умид боғласа бўладиган ёшларга ҳам китобдан ўрин ажратилган. Китобнинг амалий аҳамиятини ҳисобга олиб, иложи борича шоир ва ёзувчиларнинг асарларидан намуналар келтиришга ҳаракат қилинди. Мазкур тазкира характеридаги асар кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.

Аннотация

"Umrim qissasi" – oqsoqol muallif Hayrulla Davidboev hayotining eng ta'sirchan, eng ajoyib lavha lari. Ular bir-biridan ibratliligi bilan e'tiborga sazovordir. Qiziqki, o'z yaqinlaringizga, o'z azizlaringizga qachonlardir qilgan biror-bir yaxshiligingiz erta bir kun qartayganingizda ko'nglingizga cheksiz quvonch va so'nmas bir nur baxsh etar ekan. Kitobga kirgan lavhalarning birida aynan shu haqda juda samimiyat bilan hikoya qilingan. Ha, har qanday qaltis, har qanday nozik vaziyatlarda ham muallif aslo o'zligidan chekinmaydi, ya'ni ko'ngliga xiyonat qilmaydi. Buni o'qiyotib, mana, bo'lar ekan-ku, deb, xursand bo'lasiz. Bunaqa sharaf esa faqat halol va vijdonan yashaganlargagina nasib etishini o'ylab, o'jar va shuning barobarida, quvonchbaxsh xayollarga tolasiz.