Аннотация

Bolalar adabiyotining chinakam fidoyi ijodkori Xudoyberdi To'xtaboyevning bolajonlarimizga atalgan navbatdagi tuhfasi ham o'ziga xos badiiy qimmatga sazovor asar, desak mubolag'a qilmagan bo'lamiz. Ikki yosh o'spirin yigitning orzulari, ularni tengdoshlaridan ajratib turadigan fazilatlari, qalamga olingan har bir voqea-hodisaning zamiridagi yaxshilikka, ezgulikka undash istagining mavjudligi, o'ylaymizki, bu gal ham kitobsevar muxlislarimizni quvontiradi. Shu bilan birga kitob qahramonlariga o'xshash istagi ularning ham qalbida paydo bo'lsa, biz o'zimizni maqsadimiz sari bir qadam oldinga tashlaganmiz, deb hisoblaymiz…

Аннотация

Ushbu ertak-qissalarni eng avvalo mehribon bobojonlar suyukli nabiralariga o'qib bersinlar, so'ngra suyukli nabiralar yonboshlab yotgan bobojonlariga o'qib bersinlar. Har ikki tomon qissaning «mazzasini shimib» turguncha, endi buvijonlar asaldek shirin qizlariga o'qib bersinlar. Keyin muallifga «Ey Hudoyberdi bobo, o'zingizning bobongiz bilan ertakchi enangiz haqida yozibsizu, nega mening bobom bilan ko'zoynak taqqan buvijonim haqida yozmabsiz, nega, nega, nega» degan mazmunda xat yozib, bobojoni aytgan mataldan, buvijoni aytgan ertakdan bittadan qo'shib jo'natsinlar.

Аннотация

Ushbu kitobdan sevimli yozuvchimiz Xudoyberdi To'xtaboyevning so'nggi yillarda yozgan ikki romani o'rin olgan. Undagi asar qahramonlari mustaqillik davrining farzandlari. Ular mustaqillik yaratib bergan imkoniyatlardan foydalanib, fermer xo'jaligi tashkil etadilar. Jumladan, «Qiz talashgan o'smirlar» romanida ishbilarmon Yo'ldoshxonning, «Qiz bolaga tosh otmang» teleromanida esa tadbirkor qiz Xurshidaning o'z ishini yuritish, kengaytirish yo'lidagi mashaqqatlari, iztiroblari, yutuqlari, quvonchlari yozuvchi tomonidan qiziqarli voqealar asosida yoritib berilgan. Asar qahramonlari muhabbat yoshida. Ular bu beg'ubor tuyg'uni ba'zan his etmaydilar, qadriga yetmaydilar… Keling, yaxshisi kitobni o'qing, gap nima haqida ekanini bilib olasiz.

Аннотация

Аннотация

Ota-onaga farzandining baxtidan bo'lak ne'mat kerak emas. Xuddi shuningdek, farzand ham eng baxtiyor damlarida ota-ona yonida bo'lgisi, baxtini ular bilan baham ko'rgisi keladi. Ota-ona diydori, ota-ona mehrini ular har narsadan aziz biladilar. Qimmatli kitobxon! Sevimli yozuvchimiz Xudoyberdi To'xtaboyevning siz, aziz kitobsevar do'stlarimiz uchun taqdim etilayotgan mazkur kitobida ana shu mavzu qalamga olingan. Asarning yozilganiga oradan ancha fursat o'tgan bo'lishiga qaramay, u badiiy qimmatini hamon yo'qotmagan, aksincha, har bir kitobxon ushbu asarni har gal qo'liga o'zgacha mehr va iztirob bilan oladi. Mol-dunyoni har narsadan ustun bilgan va oxir-oqibatda guldek farzandlarining achchiq qismatiga sabab bo'lgan ota-ona haqida hikoya qiluvchi mazkur asar umid qilamizki, yana bir karra o'zining yangi o'quvchilarini kashf etadi.

Аннотация

…Toshkent viloyati bo'ylab ijodiy safarga chiqqan O'zbekiston xalq yozuvchisi Hudoyberdi To'xtaboevning ocherk va hikoyalari sizni-da befarq qoldirmaydi, degan umiddamiz.