ТОП просматриваемых книг сайта:
Kitobxon
Все книги издательства KitobxonАннотация
Qo'lingizdagi kitobchada boylikka erishishning fundamental qonuniyatlari, hamda boy bolish usullari haqida gap yuritiladi. Bu ajoyib qonuniyatlar va tushunchalar qo'hna Xitoyda pul tushunchasi paydo bo'lgandan beri muttasil amal qilib kelmoqda. Bu qonunlarni bilasizmi, yoqmi – bu sizdan boshqa insonlar uchun ahamiyatli emas. Ular xuddi fizika yoki kimyo fani qonunlari kabi muqarrar va mavjud qonuniyatlar. Biz ushbu kitobchada «boylik», «pul», «badavlat» kabi atamalarni ko'p ishlatamiz. Balki bu amal ba'zilarga unchalik ma'qul kelmasdan, qandaydir moddiyat olamiga o'ziga xos da'vat bo'lib tushunilishi mumkin. Shuning uchun ham o'quvchilarga ushbu kitobchani taqdim etishdan ko'zda tutilgan asosiy maqsadimizni qisqacha bo'lsa ham aytib o'tmoqchimiz: biz o'z kelajagimizni va ona vatanimizni chindan ham buyuk va farovon xolda ko'rishni istaymiz. Bizning farzandlarimiz yanada bilimli, dono va hech kimdan xech qachon kam bo'lmasligini istaymiz. Undan tashqari, biz yoshlarimizning pul topish uchun ertadan kechgacha boshqalarga, yirtqich kapitalistlarga va boshqa davlatlarga ishlab berishini emas, iloji boricha oson va qulay yo'llar bilan o'z vatanlarida moddiy mustaqillikka erishib, qolgan vaqtlarini o'z aqliy va jismoniy qobiliyatlarini takomillashtirish va ma'naviyatlarini boyitishga, ona Vatanni rivojlantirishga sarflashlarini xohlaymiz. Qo'llanmada bir qancha amaliy maslahatlar, ko'rsatma va ma'lumotlar beriladiki, ularning yordamida bu sehrli olamni yanada mukammalroq tushunib olish mumkin.Agar boy-badavlat yashashni istasangiz, barcha sizga havas bilan boqishini orzu qilsangiz – bu kitob huddi siz va sizga o'hshaganlar uchun!
Адабиёт. Филология фанларига ихтисослашган мактабларнинг 11-синфи ва академик лицейларнинг 2-босқичи учун дарслик - Жалилов Комил
Аннотация
Mazkur darslik O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika ta'lim tomonidan filologiya fanlariga ixtisoslashgan maktablarning 11-sinfi va akademik litseylarning 2-bosqichi uchun darslik sifatida tasdiqlangan (2019 yil 14 iyundagi 2- sonli bayonnoma). Unga o'quv dasturida belgilangan badiiy asarlar kiritilgan va Davlat ta'lim standartlarida ko'rsatilgan kompetensiyalarni rivojlantirishga urg'u berilgan. Kitobda Britaniya, AQSH, Germaniya singari rivojlangan mamlakatlarning adabiy ta'limidagi ilg'or tajribalarga tayanildi va badiiy asar tahlilidagi yangicha yondashuvlar ilk marotaba kitobxonlarga taqdim etildi.Mazkur darslik o'quvchini badiiy so'zning sehrli olamiga olib kirishda, adabiyotga qiziqtirishda va adabiyot darslarini mazmunli tashkil qilishda muhim manbalardan biri bo'lib xizmat qiladi, deb umid qilamiz.
Аннотация
Darslik magistratura mutaxassisligi o'quv rejasining 1-umummetodologik fanlar bloki o'quv adabiyotlari turkumiga kiradi hamda davlat ta'lim standartlari va namunaviy o'quv dasturi mazmuniga mos. Unda fanning ijtimoiy madaniy jarayon sifatida rivojlanishi, fanning bilimning maxsus shakli sifatidagi o'ziga xos xususiyati, ijod, ilmiy tadqiqot va bilish jarayoni uyg'unligi, innovatsiya va novatsiyalarning o'zaro aloqadorligi, metodologik yondashuvlar hamda olimning ijtimoiy mas'uliyati masalalarining nazariy asoslari yangilangan tafakkur nuqtai nazaridan keng qamrovli yoritib berilgan. Zero, bugungi kunda insonning o'zi va dunyoni tushunishida, ilmiy faoliyatdagi ziddiyatlarning yechimini topishda va global muammolarni hal qilishda olimning ijtimoiy mas'uliyatini oshirish zarurligining ilmiy tahlili muhim ahamiyat kasb etadi. Darslik barcha oliy o'quv yurtlarida magistratura mutaxassislari va umuman ilmiy tadqiqot va ijod muammolari bilan shug'ullanuvchi stajyor tadqiqotchi-izlanuvchilar, mustaqil tadqiqotchilar, professor-o'qituvchilarga mo'ljallangan.
Practice book for students’ selfstudy: Сборник текстов на английском языке для самостоятельного чтения - Нурматова Севара
Аннотация
Данное учебное пособие предназначено для организации самостоятельной работы студентов консерватории, совершенствования их знаний профессионального английского языка и развития навыков устной речи. Пособие включает тексты и упражнения для улучшения речи и повышения грамотности по английскому языку в неязыковом вузе.
Аннотация
Muhtaram o'quvchi! Ushbu kitobda xalqimizning sevimli dostonlaridan biri havola etilmoqda. Mazkur dostonda insoniylik, mardlik, oru nomus, vijdoniylik va muhabbat mavzusi tarannum etilgan. Yurtimizning so'lim go'shasi sanalmish Qashqadaryo vohasidan hikoya qiluvchi voqealar o'quvchi kayfiyatini ko'taradi. Qahramonlarning ma'naviy qiyofasida, amaliy ishida, o'zaro munosabatida xalqimizning eng yaxshi fazilatlari aks etgan bo'lib, u kitobxonlarni insoniylik, axloqiy poklik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Kitob sizda ajoyib taassurot qoldirishiga ishonchimiz komil.
Аннотация
Mavsumaxon Mansurovaning she'rlari samimiyligi, soddaligi, ravonligi bilan ajralib turadi. Shoira yosh avlod, farzandlar, el-yurt baxtidan yonib kuylaydi, ayriliqlardan g'am-g'ussa chekadi, uning bezovta yuragi barcha nekbin insonlar yuragi bilan hamohang gupillab turadi. Uning bolgar shoirasi Lilyana Stefanovadan qilgan tarjimalari ham aniq va puxtaligi bilan diqqatni jalb etadi. Ushbu she'riy guldasta sizning ham qalbingizdan joy oladi deb umid qilamiz, aziz she'rxon!
Аннотация
Ushbu kitob urush va tinchlik mavzusini, tarixiy xotira tuyg'usini ifoda etgan she'rlar hamda maqollardan tarkib topdi. Undan maktablar, litseylar, oliy oʻquv yurtlari va boshqa tashkilotlar «9 may – xotira va qadrlash kuni»ni yuqori saviyada nishonlash maqsadida foydalanishlari mumkin. Kitob sizga manzur boʻlishiga ishonamiz, aziz kitobxon.To'plamdan G'afur G'ulom, Hamid Olimjon, Asqad Muxtor, Abdulla Sher, Abdulla Oripov, Usmon Azim, Xurshid Davron, Shavkat Rahmon, Eshqobil Shukur, Salim Ashur, Iqbol Mirzo, Oydinniso kabi mualliflarning she'rlari o'rin olgan.
Аннотация
Cўзнинг сеҳрига, шеъриятнинг оҳанграбосига ошуфта кўнгилларга тақдим этилаётган ушбу китобда шоира ФАРИДА АФРЎЗ шеъриятига кенг омманинг – адабиётшуностлардан тортиб, то бошқа соҳа олимлари, юртимизнинг кўзга кўринган зиёлилари ва оддий муҳлисларнинг фикр-мулоҳазалари, қарашлари жамланган. Қувонарлиси, ижодкорлар ижодкор ҳақида, унинг ижоди, ҳусусан, буюк ва муқаддас адабиёт ҳақида ҳолисона мушоҳада юритганлар. Бу китобни ўз навбатида ўзбек шеъриятига қизиқувчилар учун ва айниқса, ёшлар учун бир қўлланма, деб ҳам аташ мумкин. Китоб уч бўлимдан – талқинлар ва тақризлар, суҳбатлар ва бағишлов шеърлардан иборат.
Аннотация
Ijodda o'z yo'lini topish niyatida izlanayotgan Nilufarning she'rlarini o'qib, beixtiyor bolalikning, yoshlikning beg'ubor olamiga kirib qolgandek his etasiz o'zingizni. Har bir she'r o'ziga xos teran mushohadaga, chuqur mazmunga ega. Bu, albatta, yosh ijodkorning izlanuvchan va intiluvchanligidan. Ushbu she'riy to'plam Siz zukko kitobxonni befarq qoldirmaydi, deb umid qilamiz.