Аннотация

Qo'lingizdagi «English: Key to Success» kitobining ikkinchi qismidir. Ushbu qism kitobning birinchi qismidagi grammatik bilimlarni mustahlamlashga qaratilgan mashqlar to'plami, o'qib tushunish ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan testlar va akademik insho yozish tajribasini oshirishga qaratilgan bo'limlardan iborat.Grammatik mashqlar mavzularga bo'lingan va har bir mavzu diagnostik testlar bilan boshlanadi. Diagnostik testlarning kalitida kitobning birinchi qismidagi qoidalarning bo'limlari ko'rsatilgan. Bu esa grammatik qoidalarni amaliy mashqlar bilan uzviy aloqadorlikda mustahkamlash uchun kitobxonga qulaylik tug'diradi.Har bir mavzu bo'yicha an'anaviy mashqlardan tashqari, o'rganilayotgan grammatik qoidalarni yozma va og'zaki nutqda, xususan, IELTS imtihonining yozish (Writing), gapirish (Speaking) o'qish (Reading) bo'limlarida to'g'ri qo'llashga qaratilgan kommunikativ mashqlar ham berildi. Shuningdek, B1 va B2 darajalaridagi leksik-grammatik testlar namunalari ham keltirildi.O'qib tushunish ko'nikmalarini rivojlantirish uchun badiiy va akademik matnlar bilan ishlash bo'yicha tavsiyalar hamda B1, B1+ va B2 darajalaridagi matnlar asosida testlar ham tavsiya etildi. Ayrim testlarning izohli kaliti ham keltirildi.Kitobning so'nggi bobida akademik inshoning strukturasi va insholar namunalari berildi.

Аннотация

Mazkur qo'llanma Respublikamizning litsey va kollejlari hamda oliy o'quv yurtlarida tahsil olayotgan, Yevropa Kengashining 2001 yilda qabul qilingan CEFR (Xorijiy tillarni bilishning Umumyevropa kompetensiyalari) asosidagi B1/B1+ va B2 darajasi talablariga javob bera oladigan o'quvchilar uchun mo'ljallangan. Shuningdek, kitobdan ingliz tili o'qituvchilari, mutaxassislar, mutaxassis bo'lmagan shaxslar hamda mustaqil o'rganuvchilar ham asosiy manba sifatida foydalanishlari mumkin.Kitob ikki qismdan iborat bo'lib, 1- qism ingliz tilining nazariy asosini tashkil etadi. Bunda ingliz tili grammatikasidagi alohida qoidalar va muhim istisnolar izohlar shaklida hoshiyaga chiqarilib, ularga alohida urg'u berildi. Har bir bo'lim yakunida keltirilgan umumlashtiruvchi jadvallar o'rganilgan grammatik qoidalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Kerakli grammatik qoidani topishni osonlashtirish maqsadida kitobning oxirida grammatik qoidalarning indeksi keltirildi.

Аннотация

Самоучитель по узбекскому языку, предназначен для взрослых, не владеющих узбекским языком. Он составлен с учётом употребительности (частотности) слов в современном узбекском языке. В него включены в первую очередь самые употребительные слова узбекского языка, так как основная цель самоучителя — помочь обучающимся в овладении навыками устной узбекской речи.

Аннотация

Maktabgacha va boshlang'ich ta'limda xorijiy til (ingliz tili) yo'nalishi bo'yicha bakalavrlar tayyorlovchi oliy ta'limning yuqori bosqich talabalari uchun mo'ljallangan ushbu uslubiy qo'llanma 2 bo'lim, 20 ta dars mavzularini o'z ichiga olgan. Qo'llanmada ingliz tilining maxsus mavzulari ta'lim veb-resusrlari, til o'qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalari, metod va usullari orqali o'qitilganda samarali natijalarga erishish mumkinligi atroflicha yoritilgan.Ushbu uslubiy qo'llanma O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz tili 2-fakulteti «Boshlang'ich ta'limda ingliz tili» kafedrasi tomonidan tavsiya etilgan va fakultet ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan.

Аннотация

Ҳурматли китобхон! Биз мазкур қўлланмада Сизга кейс-услуби, унинг Гарвард мактабида илк бор юзага келганлиги, бир вақтлари унга «ёмон» кўз билан қаралгани ёки унинг таълим тизимидаги ўрни салбий баҳоланганлиги ҳақида тўхталмоқчи эмасмиз. Чунки булар ҳақида илмий-услубий журналларда кўплаб мақолалар эълон қилинган, оммавий ахборот воситаларида эса кўплаб хабарлар тарқатилган ҳамда қўлланмалар ёзилган, шунингдек Интернет тармоғида кўплаб материаллар мавжуд. Лекин шунга қарамасдан, турли фанларга оид кейслар яратиш ва уларни ечиш услублари ҳақида ўзбек тилида ёзилган адабиётлар ҳанузгача етарлича эмас. Ўрта махсус, касб-ҳунар (шунингдек, Олий, умумий ўрта) таълим муассасаларида ўқитиладиган турли ижтимоий фанлар бўйича кейслар тузиш ва уларни ечишга қаратилган ўқув қўлланмалар умуман йўқлигини ҳисобга олган ҳолда, ушбу қўлланмада маъруза ва амалиёт машғулотларида фойдаланиладиган ижтимоий-иқтисодий фанларга оид кейсларни қандай қилиб ечиш лозимлиги, амалиётда улардан фойдаланиб, машғулотлар, семинарлар ва интервьюлар ўтказиш мобайнида қандай ишларни амалга ошириш кераклигини, кейс жавобларини қандай ёзиш, муаммоларни ҳал этишга мўлжалланган тақдимотларни қандай тайёрлаш лозимлиги ҳақида тўхталиб ўтамиз.Қўлланма ўрта махсус, касб-ҳунар таълими муассасалари учун мўлжалланган бўлиб, у умумтаълим мактаблари ўқитувчилари, олий таълим муассасаларида таҳсил олаётган талабалар ва магистрантлар, педагог кадрлар малакасини ошириш ва қайта тайёрлаш институтлари ўқитувчилари, шунингдек, кейс технологияси билан қизиқадиган барча китобхонларга кўмакдош бўлиши мумкин.

Аннотация

Китобда «Фалсафа» ўқув дастурининг борлиқ ва унинг хусусиятларига бағишланган қисмига оид масалалар муҳокама қилинган. Шунингдек, борлиқ ва унинг таркибий қисмлари, шакллари, атрибутлари, материя ва борлиқнинг мавжудлик усули – ҳаракат; намоён бўлиш шакллари – фазо ва вақт, борлиқнинг маънавий шакли – онг, оламнинг бирлиги ва хилма-хиллиги ҳақида қизиқарли маълумотлар ифода этилади.Китоб ўқитувчилар, тадқиқотчилар, коллеж, лицей ҳамда олий ва ўрта махсус ўқув юртлари талабалари кенг оммаси учун мўлжалланган.

Аннотация

Мазкур китобга энг кўп қўлланиладиган русча-ўзбекча замонавий сўзлашувлар киритилган бўлиб, ундан кундалик ҳаётда дуч келинадиган иборалар ҳам ўрин олган.Кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.В данной книге внесены самые употребляемые современные русско-узбекские фразы, а также фразы встречающиеся в повседневной жизни.Расчитана на широкий круг читателей.

Аннотация

Metodik qo'llanma Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagigika instituti o'quv-metodik Kengashining qaroriga asosan nashr etildi.

Аннотация

"Rossiya Federatsiyasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan «Aerodromlar qurish» mutaxassisligi bo'yicha ta'lim oluvchi oliy o'quv yurtlari talabalari uchun darslik sifatida chop etilgan. Darslikda havo kemalarini uchirishda ekspluatatsiya qilish asoslari bayon etilgan: uchirish ishlarini tashkil etish, uchishni ta'minlash va bajarish, havodagi harakatni boshqarish, aerodromlarga belgi qo'yish (markirovka), aerodromlar texnik ekspluatatsiyasining nazariy asoslari, jumladan: ekspluatatsiya tizimining tuzilmasi, ekspluatatsiya talablari, aerodrom inshootlarining ishonchliligi va ishlash qobiliyati, havo kemalarining aerodrom qoplamalariga ta'siri va ularning tabiiy-iqlimiy ish sharoitlari. Aerodromlarni yoz va qish oylarida ekpluatasiya qilish masalalari, qoplamalarning texnik holatini tashxis qilish usullari, vositalari va ularning ishlash qobiliyatini baholash, aerodrom inshootlari va uskunalarini ta'mirlash va ularni tutish, gidroaerodromlar va muz aerodromlarini ekspluatatsiya qilish masalalari batafsil bayon etilgan."

Аннотация

Ўзбекча-русча-инглизча юридик атамалар луғати олий таълим муассасалари талаба ва курсантлари ҳамда прфессор-ўқитувчилари учун юридик мавзулардаги адабиётларни ўқиш ва тушуниш ҳамда таржима қилиш учун зарур бўлган атамаларни ўз ичига олган.Луғат илмий ходимлар, таржимонлар, ўқитувчилар, академик лицей, олий ўқув юртлари талабалари, докторант ва мустақил изланувчилар ҳамда инглиз тилига қизиқувчи мустақил ўрганувчилар ва кенг китобхонлар оммаси учун мўлжалланган.