Аннотация

Vatan – bu muqaddas tuyg'u. Hozirgi paytda yoshlarimizda Vatan tuyg'usini kamol toptirish, ulami Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash muhim ahamiyatga ega.Ushbu majmua maktab yoshidagi bolalarga mo'ljallangan bo'lib, undan taniqli shoirlarimizning Vatan mavzusidagi she'rlari o'rin olgan.

Аннотация

Badiiy asar xoh u nazmda bo'lsin, xoh nasrda, o'quvchining ma'naviy olamini boyitadi, dunyoqarashini shakllantiradi. Mazkur to'plamga kiritilgan asarlar ham, Siz azizlarning tafakkur ko'lamingizni kengaytirishga va hayotga butunlay boshqa nigoh bilan boqishga undaydi, degan umiddamiz.

Аннотация

Ушбу тўпламдаги тўртликлар севги ва ҳижрон, эзгулик ва яхшилик, Ватанга муҳаббат каби мавзуларни тараннум этади. Муаллифнинг ишқий-фалсафий фикрлари ўқувчини ўйлашга, хаёл суришга даъват этади.

Аннотация

Muhtaram kitobxon! Ushbu to'plamdan joy olgan haroratli misralar, ularga jo bo'lgan fikrlar sizni befarq qoldirmaydi, degan umiddamiz. Mazkur kitobdan joy olgan she'rlarni o'qib, bahra olish va baholash sizga havola.

Аннотация

Kitobga XX asrning taniqli shoiri V.Visotskiyning o'ttizdan ziyod she'rlari ularning o'zbek tilidagi tarjimasi bilan birga jamlandi. A.Karim tarjimasida o'zbek kitobxonlari V.Visotskiyning go'zal, mardona she'rlarini ona tilimizda o'qib, zavq oladilar, deb ishonamiz.

Аннотация

Alisher Navoiy hikmatlarini tafakkurning oltin durdonalari deymiz. Chunki bu hikmatlarning asosiy qismi umr bo'yi hayotni kuzatgan, kishilar orasidagi munosabatlarni sinchkovlik bilan o'rgangan davlat arbobi va mutafakkirning hayotiy tajribalaridan chiqargan xulosasidir. Hikmatlar mavzulari odamiylik, odoblilik, rostgo'ylik fazilatlarini ulug'lash, yolg'onchilik, manfaatparastlik, tama'girlik, xudbinlik, yalqovlik kabilarni qoralashga bag'ishlangan. Navoiy hikmatlari yoshlarimiz uchun bebaho pandnomadir. Hikmatlar mohir tarjimonlar tomonidan ingliz va rus tillariga tarjima qilingan. Shu sabab tarjimonlar haqidagi ma'lumotlarni ham keltirib o'tishni maqsadga muvofiq deb bildik. O'quvchilarga qulay bo'lishi uchun kitob so'ngida Navoiy hikmatlarining zamonaviy bayoni ham ilova qilindi.

Аннотация

Sizga ertak eshitish yoqadimi yoki uni o'zingiz o'qishni ma'qul ko'rasizmi? Baribir, buvijoningiz yoki oyijoningiz aytib bеradigan ertaklar qulog'ingizga yoqimli eshitiladi, a?! Ular bilan birga ertak qahramonlarini, voqеalarni tasavvur qilishning o'zgacha gashti bor, to'g' rimi? Ammo biz bu gal boshqacha usul qo'lladik: kitobni o'zingiz o'qishingizni, ertakdagi voqеalarni o'zingiz tasavvur qilib, o'zingiz xulosa chiqarishingizni istadik. Aytgancha, sizning tasavvur olamingizni boyitishda har bir ertak uchun ishlangan rasm yaqindan yordam bеradi. Dеmak, ertaklar olamiga sayohatni boshlaymiz!

Аннотация

XXI аср глобаллашув, стандартлашув ва оптималлашув даври бўлиб, янги техника ва технологиялар инсонларни, мамлакатларни бирлаштираркан, «Ерликлар» деб аталмиш ягона жамият яратилиш йўлида ривожланмоқда. Бу борадаги Абдимажид Пўлатовнинг математик мантиқ дарчасидан дунёга қараши ҳамда йиллар тажрибаси ғилдираги остида қолипга келган мантиқий ҳикматлари сизни бефарқ қолдирмайди, албатта. Шунингдек, бу доно гапларни уч тилда солиштириш имкони қўлингизда.

Аннотация

Муҳтарам китобхон!Ушбу китобча муаллифи – таниқли шоир ва драматург Ҳайдар Муҳаммаднинг 300га яқин шеърлари қўшиқ қилиб айтилади, «Тошкентнинг нозанин маликаси», «Хотинлар»гап"идан чиққан ҳангома" каби саҳна асарлари Ўзбек Миллий академик драма театри, Муқимий номидаги Респуб¬лика мусиқий театри, вилоят театрлари ва қўшни Тожикистон, Қирғизистон театрларининг репертуаридан ўрин олган. Унинг асарлари асосида «Темир эркак» бадиий филми, «Жиноят устида ушлансин», «Хотинлар „гап“идан чиққан ҳангома» телевизион филм-спектакллар ишланган. «Кўнглим менинг», «Мен сени севдим» каби шеърий, «Ипак гиламлар», «Ҳазилкаш шох,», «Амир Темурнинг туғилиши» каби пиесалар тўпламларининг муаллифи бўлган Ҳайдар Муҳаммад умр бўйи ёзиб юрган тўртлик, иккиликлари, «Шабнам қатралари» сарлавҳали қатралари ва Соҳибқирон Амир Темур васиятлари асосида ёзилган тўртликларини сизга янги тўплам шаклида туҳфа этди. Бу китобча сизга манзур бўлади деган умиддамиз.

Аннотация

Тарбиявий аҳамиятга эга, замонавий руҳдаги масаллар ва ўқувчини мулоҳаза ва сергакликка чорловчи ҳикоялардан иборат ушбу тўплам беғараз ҳамда самимийлиги билан ҳам қимматлидир…