Аннотация

Aziz do'stim! Suvosti saltanatining sirli olamiga xush kelibsiz. Bu yerda siz turfa xil baliqlar, delfin, akula, kit va boshqa dengiz mavjudotlari bilan yaqindan tanishishingiz mumkin. Shuningdek, suvosti dunyosi bilan bog'liq ko'plab qiziqarli ma'lumotlarni bilib olasiz.

Аннотация

Qadrli do'stim! Voyaga yetganingiz sari olamni bilish ishtiyoqi yanada oshib boraveradi. Ana shunday paytda kitob siz uchun eng yaqin do'st bo'ladi.Sizning o'qib-o'rganishingiz, kelajakda o'z sohasining yetuk mutaxassisi bo'lib yetishishingizda ushbu kitob yordamchi bo'ladi, degan umiddamiz.

Аннотация

Qadrli do'stim! Voyaga yetganingiz sari olamni bilish ishtiyoqi yanada oshib boraveradi. Ana shunday paytda kitob siz uchun eng yaqin do'st bo'ladi. Sizning o'qib-o'rganishingiz, kelajakda o'z sohangizning yetuk mutaxassisi bo'lib yetishishingizda ushbu kitob yordamchi bo'ladi, degan umiddamiz.

Аннотация

Sharq mamlakatlari… Sharq falsafasi… Sharq mo'jizasi… Jahon sivilizatsiyasining bugungi taraqqiyotiga tamal toshini qo'ygan buyuk Sharq ko'plab daholarni yetishtirgani hech kimga sir emas. Bu daholarning ko'pchiligi haqida to'liq yoki qisman ma'lumotga egamiz. Lekin yana bir qancha buyuk mutafakkir va donish- mandlarimiz borki, ular to'g'risida hatto tasavvurga ham ega emasmiz. Ushbu kitob xuddi shu yo'nalishga xizmat qilib, bugungacha o'quvchilar nigohidan deyarli pinhon yotgan, IX asrdan XX asr boshigacha Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan ko'plab ajdodlarimiz – mashhur shoirlar, falakshunoslar, riyoziyotchilar, muhaddislar hayoti haqida qisqacha ma'lumot berib, ularning qiyofasini namoyon etishi bilan madaniyat va ilm-fan olamiga muhim hissa bo'lib qo'shiladi. Kitob o'quv yurtlari o'quvchi va talabalariga, umuman madaniy merosimizga qiziqqan keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.

Аннотация

3

Аннотация

Lug'at maktab o'quvchilari, litsey, kollej va oliy o'quv yurti talabalari va o'qituvchilari uchun mo'ljallangan.

Аннотация

Qadrli o'quvchilar! Nashriyotimiz siz azizlarga 10 jilddan tashkil topgan «Jahon bolalar adabiyoti» seriyasini taqdim etadi. Kitoblar jahon bolalar adabiyoti yozuvchi va shoirlarining ertak, hikoya, she'r va boshqa ko'plab janrdagi asarlarni o'z ichiga qamrab olgan. Ushbu uchinchi jildda siz Italiya, Bolgariya, Polsha, Chexiya, Slovakiya, Ruminiya, Serbiya bolalar adabiyoti bilan yaqindan tanishasiz.

Аннотация

Луғат инглиз ва ўзбек тилларида фаол ифода этилувчи нутқий формулаларга оид тил бирликларининг ҳар икки тил­да муқобил таржима вариантларини ёритиб беришга ба­ғишланган. Ундан олий таълим муассасаларида таржимашу­нослик ва тилшунослик йўна­лишлари бўйича илмий тадқи­қотлар олиб боришда, бакалавриат ва магистратура босқич­ларида «Чет тили (инглиз тили)», «Таржима назарияси ва ама­лиёти», «Нутқ маданияти асослари», «Ўзбек тили» каби фан­лар­дан маъруза ва семинарлар олиб боришда, ўқув қўл­лан­малари, дарсликларни яратишда фойдаланиш мумкин.

Аннотация

Ushbu kitobda elektr energiyani ishlab chiqarishning an'anaviy va noan'anaviy usullari, elektr energetika tizimlari va ularning tashkiliy qismlari, elektr stansiyalari va podstansiyalarining asosiy jihozlari, elektr uzatish liniyalarining konstruktiv elementlari, elektr tarmoqlarida isroflarni hisoblash va kamaytirish, elektr tarmoq elementlarining almashtirish sxemalari va hisobiy parametrlari, elektr tarmoqlarini hisoblashga oid masalalar keltirilgan.

Аннотация

Izohli lug'at o'zida umumiy va amaliy ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishga doir atama va tushunchalarni mujassamlagan. Oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarining talabalariga o'quv qo'llanma sifatida tavsiya etiladi. Undan shuningdek, tabiat muhofazasi sohasida faoliyat ko'rsatayotgan mutaxassislar, konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari, o'qituvchilar, aspirantlar va keyingi paytlarda biosferada sodir bolayotgan o'zgarishlarga qiziqadigan barcha kishilar foydalanishi mumkin. Толковый словарь содержит термины и понятия, относящиеся к общей и прикладной экологии, охране окружающей среды и природопользованию. Рекомендуется в качестве учебного пособия для студентов высших и средне-специальных учебных заведений. Им могут пользоваться также специалисты сферы охраны природы, работники горной и металлургической промышленности, преподаватели, аспиранты и те, кого интересуют изменения, происходящие в биосфере.