Аннотация

"Красная шапочка" – сказка о маленькой девочке, повстречавшей волка. Сказка изначально литературно обработана французским сказочником Шарлем Перро, позже была записана немецкими сказочниками братьями Гримм. Книга рассчитана на учеников 1-4 классов общеобразовательных школ, как дополнительный материал по изучению английского языка. Сказка печатается в сокращенном виде на английском, узбекском и русском языках. Для того, чтобы заинтересовать детей в изучении английского языка сказка красочно иллюстрирована. В конце книги даны головоломки, рисунки и словарь новых слов. «Qizil shapkacha» – bo'ri bilan uchrashib qolgan kichik qizcha haqidagi ertakdir. Unga dastlab fransiyalik ertakchi Sharl Perro adabiy ishlov bergan bo'lsa, keyinroq nemis ertakchilari aka-uka Grimmlar yozib olishgan. Umumiy o'rta ta'lim maktablari 1-4-sinf o'quvchilarining ingliz tilini o'rganishlariga mo'ljallangan ushbu kitobda ertakning qisqartirilgan shakli ingliz, o'zbek va rus tillarida yoritilgan. Ertak mazmuniga monand bezak ishlangan. Til o'rganish qiziqarli bo'lishi uchun, matn bilan bog'liq boshqotirma, rasm va chizmalar hamda muhim so'zlar lug'ati berilgan.

Аннотация

Qadrli ota-onalar! MT (Maktabga tayyorgarlik) turkumida e'tiboringizga havola etilayotgan mazkur toplamda 5-7 yoshdagi bolalar saviyasiga mos keladigan she'riy asarlar jamlangan bo'lib, xalqimizning sevimli shoirlarining eng sara asarlari tanlash asosida kiritilgan. Shuningdek, kitobdan o'zbek xalq bolalar qo'shiqlari, topishmoqlar, tez aytishlar, maqollar va jahon bolalar adabiyotidan namunalar ham joy olgan. Oiladagi kattalar va bolaning birgalikda o'qishlari yanada qiziqarli hamda samarali bo'lishi uchun ko'plab rang-barang rasmlar bilan bezatilgan.

Аннотация

3

Аннотация

Ushbu kitobda qadimgi davrda mavjud bo'lgan mamlakat, hudud, shaharlar hamda ulardagi me'moriy yodgorliklaning yaratilish va yo'q bo'lib ketishi sirlari haqida hikoya qilinadi. Ko'pdan-ko'p bezaklar o'qilgan narsalarni yanada yaxshiroq tushunishga yordam beradi.

Аннотация

"O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti ushbu kitobni tayyorlashda, avvalo, mustaqillik mafkurasidan, bugungi murakkab dunyodagi hayot ayol oldiga qo'yayotgan vazifalardan kelib chiqilganini alohida ta'kidlash kerak. Kitobda qiz bolaning dunyoga kelishidan boshlab, uni tarbiyalab o'stirish, balog'at yoshiga yetguniga qadar ichki va tashqi dunyosida yuz beradigan o'zgarishlar, qiz bolani oila qurishga tayyorlash, er-xotinlik munosabatlari, ro'zg'or tashvishlari, onalik baxti, oilaning axloqiy-ruhiy muhiti, muhabbat va vafo kabi masalalar o'rin olgan. Kitobning mavzusi, mundarijasi qamrovining kengligi, rang-barangligi hamda ayollarni qiziqtirgan juda ko'p savollarga javoblar berilganligi, oila, turmush masalalari bo'yicha tavsiyalar, maslahatlar topish mumkinligini hisobga olsak, bu kitobni ensiklopedik nashrlar qatoriga kiritish mumkin.

Аннотация

Ushbu kitobda bolalaming inson gavdasi to'g'risida, boshqacha aytganda biz qanday qilib ko'rishimiz, nafas olishimiz, sezishimiz, harakatlanishimiz haqidagi savollariga javob berilgan. Kitob bolalarga, qolaversa ota-onalar, tarbiyachilarga juda qo'l keladi.

Аннотация

Ushbu ensiklopediya maktabgacha yoshdagi bolalarga mo'ljallangan bo'lib, unda atrof-olam haqidagi boshlang'ich bilimlar sodda, tushunarli tilda rasmlar orqali hikoya qilingan. Rasmli ensiklopediya bolalarning tasavvuri, dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladi.

Аннотация

Siz mamlakatimizning baxtiyor farzandlarisiz. Bolaligingiz, yoshligingiz mustaqillik davrida o 'tmoqda. Yurtimiz egasi, xalqimiz kelajagisiz. Demak, yoshlikdan bilimdon, tadbirkor, uddaburon bolib kamolga yetishingiz lozim. Buning uchun Sizda barcha imkoniyatlar mavjud Bilim olishga, kasb-hunar egallashga istak bo 'lsa, bas.Insoniyat XXI asrda yashamoqda. Bu asrda davlatimiz yuksak taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan joy olishi lozim. Buning uchun diyorimiz odamlari yetuk bo'lishi kerak. Kelajakda O'zbekiston yuksak taraqqiy etgan iqtisodi bilangina emas, balki bilimdon, ma 'naviy jihatdan yetuk farzandlari bilan ham jahonni qoyil qilishi lozim.Qo 'lingizdagi kitob ana shunday farzandlarni tarbiyalab yetishtirishga hissa qo'shish maqsadida yaratildi. Bu kitobdan siz o'zingizni qiziqtirgan ko'plab savollarga javob topasiz

Аннотация

Мактабгача катта ёшдаги ва кичик ёшдаги мактаб болалари учун

Аннотация

Aziz bolajonlar! Qolingizdagi ushbu kitobda tengqurlaringiz Alijon va Valijon topib olgan sehrli shaxmat donalarining tilidan qadimiy shaxmat o'yinining sir-asrorlari haqida hikoya qilinadi. Ertak-dostonni nafaqat miriqib o'qiysiz, shuningdek, shaxmat o'yinidan dastlabki bilimlarni ham o'zlashtirasiz. Umid qilamizki, mazkur kitob ota-onangiz, yaqinlaringizning Siz bolajonlar uchun olib bergan eng ajoyib va esda qolarli sovg'alaridan biri bo'lib qoladi.