Аннотация

Ushbu kitob «Sevimli bolajonim uchun ertaklar» ruknidagi seriyali kitoblarimizning birinchi bo'lib, unga kitobga o'zbek xalq ijodiyotidan saralab olingan ertaklar kiritilgan. Millatimizning boy madaniy merosi, insoniy fazilatlari va kelajakka ishonchi aks ettirilgan ushbu ertaklar to'g'rilikning fazilati? egrilikning oqibati, yaxshilikning qudrati-yu, yomonlikning kasridan to'g'ri xulosa chiqarishga undaydi. Ushba to'plam aziz bolajonlarimizni ertaklarning sehrli olamiga yetaklab, samimiy tuyg'ularga oshno qildi, degan umiddamiz.

Аннотация

"Tohir va Zuhra" xalq dostonining asosiy mavzysi sevgi-muhabbatdir. Bu sevgi o'zida samimiyat, vafo va sadoqat, mardlik va jasorat, ezgulik va adolat kabi olijanob fazilatlarni mujassamlashtirgan, kurashlarda chiniqqan armonii sevgidir. Tohir ham, Zuhra ham sevgi va kurashda kamol topadi, hech qandav dahshatli kuch ularning azmu qaroridan qaytarolmaydi, hatto o'lim tahlikasi ham sevgi yo'lidan chekinishga monelik qilolmaydi. Ikki sevishgan hayoti fojia bilan yakun topsa-da, muhabbatlari mangu dostonga aylanadi. Qo'lingizdagi ana shu doston Siz aziz o'quvchilarning sevimli kitobingiz bo'lib qolaqi, degan umiddamiz.

Аннотация

Kalila va Dimna" uzoq vaqtlardan beri o'zbek xalqiga ma'lum. Uning ko'p hikoyatli so'zlari, ajoyib hikoyalari har xil yo'llar bilan xalq orasida keng yoyilib, og'izdan og'izga o'tib kelmoqda. Asarning o'zbek xalq ijodi va yozma adabiyotiga ham ta'siri katta. Butun dunyo xalqlarining, jumladan o'zbek xalqining ham mulkiga aylanib qolgan shoh asarni qayta o'qish baxti sizga muborak bo'lsin, aziz kitobxon!

Аннотация

"Alpomish" dostonining ko'plab variantlari mavjud. Bu variantlaming bir qismi chop etilib, xalqimizga taqdim etildi. Ular orasida Fozil Yo'ldosh o'g'li, Po'lkan shoir, Bekmurod Jo'raboy o'g'li kabi baxshi-shoirlarimizning dostonlari alohida ajralib turadi. Bu dostonlar allaqachon kitobxonlaming eng sevimli kitobiga aylanib ulgurdi.Mazkur jilddan Janubiy 0'zbekiston dostonchilik maktabining yirik vakillari – Umir Safar hamda Avliyoqul Mardonaqul «Alpomish» dostoni variantlari j oy olgan. Har ikkala variant ham syujet va motivlaming rang-barangligi, musiqiyligi, ohangdorligi hamda qiziqarli voqealarga boyligi bilan siz aziz o'quvchilami bee'tibor qoldirmaydi degan mniddamiz.

Аннотация

3

Аннотация

Tarix fanidan universal testlar tarzida tuzilgan mazkur kitob maktablarning yuqori sinf o'quvchilari, oliy o'quv yurtlarining kirish imtihonlariga tayyorlanuvchi abituriyentlar, universitetlarning tarix yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun bilimlarni oshirish va mustahkamlash maqsadida tavsiya etiladi.

Аннотация

"O'quv qo'llanmada sanoat jihozlarini ta'mirlash paytidagi mehnat gigiyenasi va hayot faoliyati xavfsizligi, detallarga o'lchamli ishlov berish haqidagi ma'lumotlar yoritilgan. Shunindek, qo'llanmada chilangarlik ishlov berish texnologiyasida, ta'mirlash ishlab chiqarishlarda qo'llaniladigan metall kesish dastgohlariga va har xil birikmalarni yig'ishga keng o'rin berilgan. Mashinalarni ta'mirlash texnalogiyasining nazariy asoslari, mashina detallarini qayta tiklash usullari va asosiy sanoat jihozlarini turlari haqidagi tushunchalar, standartlashtirish va mahsulot sifatini nazorat qilish masalalari ko'rib chiqilgan. O'quv qo'llanma 3520701 — Texnologik mashina va jihozlarni ta'mirlash va xizmat ko'rsatish hamda 3520602 — Mashinasozlik tizimlari va dastgoh jihozlarini montaj qilish, sozlash, texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash yo'nalishlaridagi kasb-hunar kollejlari o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan mashinalarni ta'mirlash va ulardan foydalanish sohasida ishlovchi mutaxassislar ham foydalanishlari mumkin."

Аннотация

3

Аннотация

Мулоқот учун инглиз тилини ўрганиш тезкор курси деб номлаган ушбу китобча сўзлашув учун инглиз тилини тезкор ўрганиш ва хаётда қўллай олиш учун мўлжалланган. Ўқувчи-талабалар ва оғзаки инглиз тилида мулоқот қилмокчи бўлганлар учун доимий керак бўладиган чўнтак китоби ролини ўйнаши мумкин.

Аннотация

"Lola, Nartsiss va Giatsint etishtirish texnologiyasi" bo'yicha ushbu amaliy qo'llanmada piyozgullilarning eng ko'rkam turlaridan bo'lgan lola, nartsiss va giatsintlarni ertaki muddatlarda etishtirish texnologiyalari haqida so'z boradi. Xar bir gulning biologik hususiyatlaridan kelib chiqqan xolda, ularni turli xil muddatlarga, shu jumladan, yangi yil, 8-mart, Navro'z bayrami, 1-aprel va 9-may muddatlariga ochiltirich usullari batafsil ko'rib chiqilgan hamda ularga ishlov berish usullari atroflicha tushuntirilgan. Undan tashqari, qo'llanmada ertaki muddatlarda gul etishtirish bo'yicha olingan amaliy tajribalar natijalari ham keltirilganki, ularni o'rganish orqali gul etishtirishning bir qancha nozik tomonlarini atroflicha tushunib olish mumkin. Qo'llanma ertaki muddatlarda gul etishtirib, mo'may daromad olmoqchi bo'lgan kimsalarga hamda gulchilik bilan qiziqqanlarga mo'ljallanilgan. Agar siz o'z xayotingizni gullarsiz tasavvur qila olmasangiz, ushbu kitobcha xuddi siz uchundir.