ТОП просматриваемых книг сайта:
Kitobxon
Все книги издательства KitobxonАннотация
"HTML dasturiy tilini o'rganish bo'yicha o'quv qo'llanma iqtisodiy yo'nalishda zamonaviy informatsion texnologiyalar fani bo'yicha ta'lim olayotgan oliy o'quv yurtlarining talabalari hamda maktab o'quvchilari uchun ishlab chiqilgan bo'lib, unda gipermatnlarni belgilash dasturiy tilining asosiy imkoniyatlari, tushunchalari, dasturlar tuzish qoidalari va buyruqlari batafsil yoritilgan. Bir qancha amaliy misol va masalalarni yechish hamda tahlil qilish yordamida gipermatnlarni belgilash dasturiy tili imkoniyatlari orqali bajarila olinishi mumkin bo'lgan ishlar tushuntirilgan. Ushbu amaliy dasturlash tili bilan tanish bo'lmagan talabalar yoki unda ishlash tajribasi bor insonlar uchun ham qo'llanmada keltirilgan ma'lumotlar foydali bo'lib, ularning malakasini yanada oshirish uchun hizmat qiladi. Gipermatnlarni belgilash dasturiy tilida ishlash bo'yicha mavzularning ketma-ket berilishi va ma'nosi talabalarning o'rganilayotgan amaliy dastur bo'yicha chuqur hamda atroflicha nazariy va amaliy bilim olishlari nuqtai-nazaridan ishlab chiqilgan.
Аннотация
"Informatika va axborot texnologiyalari: WINDOWS operatsion tizimida ishlash bo'yicha testlar" deb nomlangan ushbu o'quv qo'llanmada informatika va axborot texnologiyalari fanining WINDOWS da ishlashni yoritishda o'rganiladigan barcha mavzular bo'yicha testlar keltirilgan va ularning javoblari batafsil yoritilgan. Bir qancha amaliy tеstlar yordamida mavzular bo'yicha bajariladigan amaliy operatsiyalar atroflicha tushuntirilgan. Informatika va axborot texnologiyalari fani bilan unchalik tanish bo'lmagan yoki unda ishlash tajribasi bor insonlar uchun ham qo'llanmada keltirilgan ma'lumotlar foydali bo'lib, ularning ish malakasini yanada ishirish uchun hizmat qiladi. Testlarning ketma-ket hamda bir maromda berilishi va ma'nosi foydalanuvchilarning o'rganilayotgan amaliy dastur bo'yicha chuqur hamda atroflicha nazariy hamda amaliy bilim olishlari nuqtai-nazaridan ishlab chiqilgan. Qo'llanma informatika va axborot texnologiyalari fanini chuqurroq o'rganmoqchi bo'lgan barcha insonlarga, shu jumladan, maktab, litsey va oliy o'quv yurtlarida bu fandan saboq olayotgan o'quvchi va talabalar, hamda ish jarayiniga kompyuter texnologiyalarini tadbiq etishni istagan tadbirkorlar va ularning hisobchilari uchun mo'ljallangan.
Аннотация
Ушбу китобчада манзарали ва шифобахш ўсимликлардан бири – алоэ (сабур) нинг шифобахш хоссалари, уни парваришлаш ва ундан фойдаланиш ҳақида батафсил маълумотлар берилади. Халқ табобати ва анъанавий тиббиёт намоёндаларига яхши маълумки, алоэнинг барча препаратлари иммунитетни кучайтириш, организмни умумий мустаҳкамлашга ёрдам бериб, инсон вужудининг ҳимоя функцияларини оширади ва тикланиш жараёнларини тезлаштиради. Ташқи фойдаланишда эса улар куйганларга қарши, яралар битишини тезлаштирувчи ва шамоллашга қарши бўлган таъсирлар кўрсатади. Алоэ препаратлари овқат ҳазм қилиш безлари секрециясини кучайтиради ва бошқа бир қанча ажойиб хусусиятларга эга. Китобча табобатнинг шифобахш неъматларидан самарали фойдаланишни истаган барча инсонларга мўлжалланган. Аммо ушбу китобча соғликни сақлаш бўйича қўлланма ҳисобланмайди, шунинг учун ундаги барча тавсиялар даволовчи шифокор билан келишилган ҳолда бажарилиш лозим.