ТОП просматриваемых книг сайта:
Хамдамович Равшан
Список книг автора Хамдамович РавшанАннотация
"Gullar olami" deb nomlangan ushbu amaliy qo'llanmada gullarning eng ommabop hamda ko'rkam turlarini parvarishlash va yetishtirish texnologiyalari haqida so'z boradi. Har bir gulning biologik hususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ularni turli muddatlarga, shu jumladan, yangi yil, 8-mart, Navro'z bayrami, 1-aprel va 9-may muddatlariga ochiltirich usullari batafsil ko'rib chiqilgan hamda ularga ishlov berish usullari atroflicha tushuntirilgan. Undan tashqari, qo'llanmada ertaki muddatlarda gul yetishtirish bo'yicha olingan amaliy tajribalar natijalari ham keltirilganki, ularni o'rganish orqali gul yetishtirishning bir qancha nozik tomonlarini atroflicha tushunib olish mumkin.Qo'llanma ertaki muddatlarda turli xildagi gullar yetishtirib, mo'may daromad olmoqchi bo'lgan kimsalarga hamda gulchilik bilan qiziqqanlarga mo'ljallanilgan. Agar siz o'z hayotingizni gullarsiz tasavvur qila olmasangiz, ushbu kitobcha huddi siz uchundir.
Аннотация
Diqqatingizga havola etilayotgan ma'ruza matnlari hozirgi paytda tezkorlik bilan rivojlanayotgan va bir qancha shov-shuvlarga sabab bo'layotgan raqamli iqtisodiyot sohasiga va uning infratuzilmasini tavsiflashga bag'ishlangan. Unda raqamli iqtisodiyotning asosi bo'lgan muammolar bilan bog'liq masalalar, raqamli iqtisodiyotga o'tish mexanizmi, kriptografiyaning muhim elementi bo'lgan xeshlashtirish funktsiyalari haqida bir qancha ma'lumotlar berilgan. Undan so'ng, kriptografiyadan raqamli valyutalarga o'tish mantiqi, kriptovalyutalarning asosiy turlari va ularning xossalari bayon etilgan. Turli hildagi loyihalarga investitsiyalar jalb qilish uchun ishlatiladigan ICO haqida tushuncha va uning mohiyati ko'rsatilgan. O'quv qo'llanma oxirida kriptovalyutalar bo'yicha bir qancha savollarga javoblar va glossariy berilganki, ular yordamida bu sohani yanada chuqurroq o'rganish mumkin bo'ladi. Qo'llanma oliy ta'limning bakalavr va magistr mutahassisliklarida ta'lim olayotgan talabalarga tavsiya etilib, shu yo'nalishda tadqiqot ishlari olib borayotgan bank-moliya va ilmiy xodimlarga hamda kriptovalyuta sohasidagi innovatsiyalar bilan qiziqqan barcha tadbirkorlik sub'ektlari foydalanishi uchun mo'ljallangan.
Аннотация
Qo'lingizdagi kitobchada boylikka erishishning fundamental qonuniyatlari, hamda boy bolish usullari haqida gap yuritiladi. Bu ajoyib qonuniyatlar va tushunchalar qo'hna Xitoyda pul tushunchasi paydo bo'lgandan beri muttasil amal qilib kelmoqda. Bu qonunlarni bilasizmi, yoqmi – bu sizdan boshqa insonlar uchun ahamiyatli emas. Ular xuddi fizika yoki kimyo fani qonunlari kabi muqarrar va mavjud qonuniyatlar. Biz ushbu kitobchada «boylik», «pul», «badavlat» kabi atamalarni ko'p ishlatamiz. Balki bu amal ba'zilarga unchalik ma'qul kelmasdan, qandaydir moddiyat olamiga o'ziga xos da'vat bo'lib tushunilishi mumkin. Shuning uchun ham o'quvchilarga ushbu kitobchani taqdim etishdan ko'zda tutilgan asosiy maqsadimizni qisqacha bo'lsa ham aytib o'tmoqchimiz: biz o'z kelajagimizni va ona vatanimizni chindan ham buyuk va farovon xolda ko'rishni istaymiz. Bizning farzandlarimiz yanada bilimli, dono va hech kimdan xech qachon kam bo'lmasligini istaymiz. Undan tashqari, biz yoshlarimizning pul topish uchun ertadan kechgacha boshqalarga, yirtqich kapitalistlarga va boshqa davlatlarga ishlab berishini emas, iloji boricha oson va qulay yo'llar bilan o'z vatanlarida moddiy mustaqillikka erishib, qolgan vaqtlarini o'z aqliy va jismoniy qobiliyatlarini takomillashtirish va ma'naviyatlarini boyitishga, ona Vatanni rivojlantirishga sarflashlarini xohlaymiz. Qo'llanmada bir qancha amaliy maslahatlar, ko'rsatma va ma'lumotlar beriladiki, ularning yordamida bu sehrli olamni yanada mukammalroq tushunib olish mumkin.Agar boy-badavlat yashashni istasangiz, barcha sizga havas bilan boqishini orzu qilsangiz – bu kitob huddi siz va sizga o'hshaganlar uchun!
Аннотация
Мулоқот учун инглиз тилини ўрганиш тезкор курси деб номлаган ушбу китобча сўзлашув учун инглиз тилини тезкор ўрганиш ва хаётда қўллай олиш учун мўлжалланган. Ўқувчи-талабалар ва оғзаки инглиз тилида мулоқот қилмокчи бўлганлар учун доимий керак бўладиган чўнтак китоби ролини ўйнаши мумкин.
Аннотация
"Lola, Nartsiss va Giatsint etishtirish texnologiyasi" bo'yicha ushbu amaliy qo'llanmada piyozgullilarning eng ko'rkam turlaridan bo'lgan lola, nartsiss va giatsintlarni ertaki muddatlarda etishtirish texnologiyalari haqida so'z boradi. Xar bir gulning biologik hususiyatlaridan kelib chiqqan xolda, ularni turli xil muddatlarga, shu jumladan, yangi yil, 8-mart, Navro'z bayrami, 1-aprel va 9-may muddatlariga ochiltirich usullari batafsil ko'rib chiqilgan hamda ularga ishlov berish usullari atroflicha tushuntirilgan. Undan tashqari, qo'llanmada ertaki muddatlarda gul etishtirish bo'yicha olingan amaliy tajribalar natijalari ham keltirilganki, ularni o'rganish orqali gul etishtirishning bir qancha nozik tomonlarini atroflicha tushunib olish mumkin. Qo'llanma ertaki muddatlarda gul etishtirib, mo'may daromad olmoqchi bo'lgan kimsalarga hamda gulchilik bilan qiziqqanlarga mo'ljallanilgan. Agar siz o'z xayotingizni gullarsiz tasavvur qila olmasangiz, ushbu kitobcha xuddi siz uchundir.
Аннотация
Ушбу укув кулланмада криптография ва критповалюталар буйича бир канча кизикарли маълумотлар берилади, хамда уларнинг ривожланиш истикболлари курсатилиб берилади. Шу сохани урганаётган ва унда таълим бераётганлар учун укув кулланмадаги материаллар фан учун кушимча материал сифатида фойдали булиши мумкин.
Аннотация
Diqqatingizga havola etilayotgan ushbu darslik hozirgi paytda tezkorlik bilan rivojlanayotgan va bir qancha shov-shuvlarga sabab bo'layotgan raqamli iqtisodiyot sohasiga va uning infratuzilmasini tavsiflashga bag'ishlangan. Unda raqamli iqtisodiyotning asosi bo'lgan muammolar bilan bog'liq masalalar, raqamli iqtisodiyotga o'tish mexanizmi, kriptografiyaning muhim elementi bo'lgan xeshlashtirish funktsiyalari haqida bir qancha ma'lumotlar berilgan. Undan so'ng, kriptografiyadan raqamli valyutalarga o'tish mantiqi, kriptovalyutalarning asosiy turlari va ularning xossalari bayon etilgan. Turli hildagi loyihalarga investitsiyalar jalb qilish uchun ishlatiladigan ICO haqida tushuncha va uning mohiyati ko'rsatilgan. Darslik oxirida kriptovalyutalar bo'yicha bir qancha savollarga javoblar va glossariy berilganki, ular yordamida bu sohani yanada chuqurroq o'rganish mumkin bo'ladi. Ushbu darslik oliy ta'limning bakalavr va magistr mutahassisliklarida ta'lim olayotgan talabalarga tavsiya etilib, shu yo'nalishda tadqiqot ishlari olib borayotgan bank-moliya va ilmiy xodimlarga hamda kriptovalyuta sohasidagi innovatsiyalar bilan qiziqqan barcha tadbirkorlik sub'ektlari foydalanishi uchun mo'ljallangan.
Аннотация
"HTML dasturiy tilini o'rganish bo'yicha o'quv qo'llanma iqtisodiy yo'nalishda zamonaviy informatsion texnologiyalar fani bo'yicha ta'lim olayotgan oliy o'quv yurtlarining talabalari hamda maktab o'quvchilari uchun ishlab chiqilgan bo'lib, unda gipermatnlarni belgilash dasturiy tilining asosiy imkoniyatlari, tushunchalari, dasturlar tuzish qoidalari va buyruqlari batafsil yoritilgan. Bir qancha amaliy misol va masalalarni yechish hamda tahlil qilish yordamida gipermatnlarni belgilash dasturiy tili imkoniyatlari orqali bajarila olinishi mumkin bo'lgan ishlar tushuntirilgan. Ushbu amaliy dasturlash tili bilan tanish bo'lmagan talabalar yoki unda ishlash tajribasi bor insonlar uchun ham qo'llanmada keltirilgan ma'lumotlar foydali bo'lib, ularning malakasini yanada oshirish uchun hizmat qiladi. Gipermatnlarni belgilash dasturiy tilida ishlash bo'yicha mavzularning ketma-ket berilishi va ma'nosi talabalarning o'rganilayotgan amaliy dastur bo'yicha chuqur hamda atroflicha nazariy va amaliy bilim olishlari nuqtai-nazaridan ishlab chiqilgan.