ТОП просматриваемых книг сайта:
Жалилов Комил
Список книг автора Жалилов КомилАннотация
Qo'lingizdagi «English: Key to Success» kitobining ikkinchi qismidir. Ushbu qism kitobning birinchi qismidagi grammatik bilimlarni mustahlamlashga qaratilgan mashqlar to'plami, o'qib tushunish ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan testlar va akademik insho yozish tajribasini oshirishga qaratilgan bo'limlardan iborat.Grammatik mashqlar mavzularga bo'lingan va har bir mavzu diagnostik testlar bilan boshlanadi. Diagnostik testlarning kalitida kitobning birinchi qismidagi qoidalarning bo'limlari ko'rsatilgan. Bu esa grammatik qoidalarni amaliy mashqlar bilan uzviy aloqadorlikda mustahkamlash uchun kitobxonga qulaylik tug'diradi.Har bir mavzu bo'yicha an'anaviy mashqlardan tashqari, o'rganilayotgan grammatik qoidalarni yozma va og'zaki nutqda, xususan, IELTS imtihonining yozish (Writing), gapirish (Speaking) o'qish (Reading) bo'limlarida to'g'ri qo'llashga qaratilgan kommunikativ mashqlar ham berildi. Shuningdek, B1 va B2 darajalaridagi leksik-grammatik testlar namunalari ham keltirildi.O'qib tushunish ko'nikmalarini rivojlantirish uchun badiiy va akademik matnlar bilan ishlash bo'yicha tavsiyalar hamda B1, B1+ va B2 darajalaridagi matnlar asosida testlar ham tavsiya etildi. Ayrim testlarning izohli kaliti ham keltirildi.Kitobning so'nggi bobida akademik inshoning strukturasi va insholar namunalari berildi.
Аннотация
Mazkur qo'llanma Respublikamizning litsey va kollejlari hamda oliy o'quv yurtlarida tahsil olayotgan, Yevropa Kengashining 2001 yilda qabul qilingan CEFR (Xorijiy tillarni bilishning Umumyevropa kompetensiyalari) asosidagi B1/B1+ va B2 darajasi talablariga javob bera oladigan o'quvchilar uchun mo'ljallangan. Shuningdek, kitobdan ingliz tili o'qituvchilari, mutaxassislar, mutaxassis bo'lmagan shaxslar hamda mustaqil o'rganuvchilar ham asosiy manba sifatida foydalanishlari mumkin.Kitob ikki qismdan iborat bo'lib, 1- qism ingliz tilining nazariy asosini tashkil etadi. Bunda ingliz tili grammatikasidagi alohida qoidalar va muhim istisnolar izohlar shaklida hoshiyaga chiqarilib, ularga alohida urg'u berildi. Har bir bo'lim yakunida keltirilgan umumlashtiruvchi jadvallar o'rganilgan grammatik qoidalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Kerakli grammatik qoidani topishni osonlashtirish maqsadida kitobning oxirida grammatik qoidalarning indeksi keltirildi.
Адабиёт. Филология фанларига ихтисослашган мактабларнинг 11-синфи ва академик лицейларнинг 2-босқичи учун дарслик - Жалилов Комил
Аннотация
Mazkur darslik O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika ta'lim tomonidan filologiya fanlariga ixtisoslashgan maktablarning 11-sinfi va akademik litseylarning 2-bosqichi uchun darslik sifatida tasdiqlangan (2019 yil 14 iyundagi 2- sonli bayonnoma). Unga o'quv dasturida belgilangan badiiy asarlar kiritilgan va Davlat ta'lim standartlarida ko'rsatilgan kompetensiyalarni rivojlantirishga urg'u berilgan. Kitobda Britaniya, AQSH, Germaniya singari rivojlangan mamlakatlarning adabiy ta'limidagi ilg'or tajribalarga tayanildi va badiiy asar tahlilidagi yangicha yondashuvlar ilk marotaba kitobxonlarga taqdim etildi.Mazkur darslik o'quvchini badiiy so'zning sehrli olamiga olib kirishda, adabiyotga qiziqtirishda va adabiyot darslarini mazmunli tashkil qilishda muhim manbalardan biri bo'lib xizmat qiladi, deb umid qilamiz.