Аннотация

Monografiyada g'o'za seleksiyasida yangi yo'nalishlardan hisoblangan chigiti tarkibida (+)-gossipol miqdori yuqori bo'lgan g'o'za navlari seleksiyasi borasida mualliflar tomonidan amalga oshirilgan genetik-seleksion tadqiqotlar natijalari yoritilgan. Unda mahalliy va xorijiy olimlar tomonidan har xil g'o'za turlarida uchraydigan umumiy gossipol va uning shakllari hamda insonlar, kavsh qaytaruvchi va kavsh qaytarmaydigan hayvonlar uchun ahamiyati borasidagi adabiyotlar tahlili keltirilgan. Shuningdek, mualliflar tomonidan g'o'zaning generativ organlarida umumiy gossipol miqdorining irsiylanishi, duragay avlodlarda belgining o'zgaruvchanligi, shakllanishi hamda ayrim xo'jalik uchun qimmmatli belgilar, kasalliklar va zararkunandalarga chidamliligi bilan bog'liq jihatlari tahlil qilingan.

Аннотация

Mazkur o'quv qo'llanmada pedagogik innovatika pedagogikaning alohida sohasi ekanligi, innovasiya va uning turlari, pedagogik innovasiya va uning o'ziga xosliklari, innovasion jarayonlarni boshqarish, o'qituvchining innovasion faoliyati va innovasion salohiyatini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Qo'llanmaning muhim jihatlaridan biri – o'zida ham nazariy, ham amaliy mashg'ulot ishlanmalarini aks ettirganligidadir. Qo'llanma pedagogika oliy o'quv yurtlarining pedagogika va psixologiya bakalavriat yo'nalishi talabalari hamda magistrant lari uchun mo'ljallangan. Shu bilan birga, mazkur o'quv qo'llanmadan pedagogika sohasida faoliyat yurituvchi barcha mutaxassislar foydalanishlari mumkin.

Аннотация

"Respublikamizda barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, ularni har tomonlama yetuk shaxs qilib voyaga yetkazish davlat siyosatining ustuvor masalalaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda yosh avlodning shakllanishida zamonaviy axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar va multimedia vositalarini joriy etishning ahamiyati kattadir. Mazkur ilmiy qo'llanma kichik maktab yoshidagi o'quvchilarni tarbiyalashda dars jarayonida multimedia vositalaridan foydalanish asoslari yoritib berilgan. Ilmiy qo'llanma talabalar, ta'lim muassasalarining boshlang'ich sinf o'qituvchilari va keng jamoatchilikka mo'ljallangan."

Аннотация

Adabiyot bor ekan, kitobxon hamisha Aytmatov asarlarini o'qishga o'zida ehtiyoj sezaveradi. «Turkiy dunyo vakillari ichidan Alisher Navoiydan keyin besh yuz yil otib, faqat Aytmatovgina adabiyot cho'qqisiga ko'tarila oldi», deb yozgan qirg'iz adabiyotshunosi Rustan Rahmanaliyev ham shu jihatni nazarda tutgan bolsa, ajabmas.Xalqining qadriyat va an'analariga sodiq yozuvchi bu jihatlarni adabiyotga, o'z asarlariga olib kirdi. Va qirg'iz xalqi­ning mard, tanti odamlarini dunyoga tanitdi.Adib bir qancha mavzuni bir vaqtning o'zida asarlarining bosh mavzusiga aylantirolgan yuksak iste'dod sohibidir. Muhabbat, inson qadri, mehr, odamzotni ulug'lovchi fazilatlar Aytmatov ijodining gultojidir. O'zi ko'rgan, bilgan, boshidan kechirgan, qalbini o'rtagan hodisalarni jonli manzaralarda kitobxonga havola etish va uning muhabbatini qozonish oson bolmagani holda bu sharaf Aytmatovga nasib etdi.E'tiboringizga havola etilayotgan kitobga atrofidagi voqea-hodisalar, insonlar taqdiriga befarq bolmagan va shu mavzularni yozganlarida jonkuyarlik bilan aks ettirgan Chingiz Aytmatovning hikoyalari jamlandi. Ularni aynan maktab o'quvchilariga taqdim etishdan murodimiz farzandlarimiz ham xalqiga, Vataniga sadoqatli bolsinlar, millatini dunyoga tanitsinlar.

Аннотация

Angliyaning ovloq shaharlaridan biridagi «Mehnat uyi» – «G'aribxona». Taqdir taqozosi bilan bu yerga kelib qolgan yosh va ko'hlikkina juvonning shu mudhish dargohda ko'zi yoridi. Bola dunyoga keldi-yu, ona esa olamdan o'tdi. Sho'rpeshona go'dak muhtojlik va qiynoqlar ostida o'n yoshga to'ldi. Uni tobutsozga shogirdlikka berdilar. Bola bu yerdagi azob-uqubatlar, haqoratlarga dosh berolmay, boshi oqqan tomonga qarab qochdi. Mana katta London yo'li. Tuguncha ko'targan, ust-boshi yupun, boshida homiysi, bisotida sariq chaqasi yo'q so'qqabosh, qiltiriq bolakay ketib boryapti… Aziz kitobxon, keling, kitobni birgalikda o'qib ko'raylik-chi, bolakay qaylarga oshiqyapti-yu, uni oldinda ne savdolar kutyaptiykin?

Аннотация

Таниқли озарбойжон шоири, драматурги, публицисти Ҳидоятнинг шеърларида инсон қалбининг нозик тебранишлари, табиат ва инсон ўртасидаги уйғунлик, маънавий-ахлоқий фазилатлар теран фалсафий-поэтик услубда акс эттирилади, ижтимоий воқеа-ҳодисаларга фаол муносабат, воқеликка юксак инсонпарварлик нуқтаи назаридан туриб баҳо бериш бўртиб кўзга ташланади. Шоир юрагида туғилган ҳар бир туйғу, ҳар бир мазмун ўзига мос либос, ўзига муносиб шакл танлайди. Шунинг учун ҳам унинг шеърлари инсон қалбига яқин ва қадрлидир.Икки халқ — ўзбек ва озарбойжон халқлари ўртасида неча-неча асрлардан бери давом этиб келаётган дўстликнинг, тил, дил ва руҳий яқинликнинг янги бир рамзи бўлмиш ушбу тўплам ҳам ўзбек китобхонлари қалбидан ўзига хос ўрин эгаллашига ишонамиз.

Аннотация

Китобда Ғузор туманининг тарихи, унинг ривожланиш йўли, фидойи, меҳнаткаш ғузорликларнинг ўтмишдаги қийинчиликлари, мустақиллик шарофати билан қўлга киритилган ютуқлари батафсил ёритилган. Асар юртимиз тарихи билан қизиқувчиларга мўлжалланган.

Аннотация

Husanboy Karimovning «Burgut changalida» deb nomlangan mazkur asari kiril alifbosidan lotin alifbosiga o‘girilib, birinchi marotaba nashr qilinmoqda. Asarda bugungi kunning eng og‘riqli muammolaridan bo‘lgan narkobiznes, uyushgan jinoyatchilik, tadbirkorlikdagi g‘irromliklarni fosh etishi bilan e’tiborga sazovor. Kitobda bu illatlarga qarshi ayyovsiz kurashishda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining hamkorlikdagi mashaqqatli hamda sharafli faoliyatlari ham samimiy va ishonarli tarzda yoritib berilgan.

Аннотация

Азиз китобхон, «Изтироб титроқлари», «Чўққидан оққан кўз ёшлар», «Бургут чангалида», «Жаҳолат», «Ажал ўйини» каби романлар муаллифи Хусанбой Каримов ўзининг олтинчи детектив асари «Бўрилар изидан» номли романини эътиборингизга ҳавола қилаётир.Истиқлолимизнинг алғов-далғовли илк йиллари тасвирланган ушбу асар иштирокчилари Бўта, Талаб ва уларнинг шопирлари бўрисифат вахшийлар. Роман қахрамони Рахмонали эса она-Ватанига, халқига содиқ. У қаерда ва қай вазиятда бўлмасин, ҳамиша эрк ва мустақиллигимиз учун фидойиларча курашади.Асарни ҳаяжонланиб ўқиётгани асносида, китобхон кўнглида хам мардлик ва жасорат туйғулари мавж уриши шубҳасиздир.

Аннотация

Маҳалла бу – халқимизнинг демократик туйғусини беназир тарзда ўзида намоён этадиган ноёб жамоатчилик тузилмаси. «Демократия бешиги» китоби ана шу долзарб мавзуга бағишланган.Китобнинг биринчи қисмида маҳалланинг узоқ йиллик тарихи, босиб ўтган йўли ҳақида атрофлича маълумот берилган.Асарнинг иккинчи қисмида бевосита «Фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари тўғрисида»ги қонуннинг дастлабки матни (1993 йилги) билан биринчи таҳрирдаги (1999 йилги) матни; сўнгра биринчи таҳрирдаги (1999 йилги) матни билан иккинчи янги таҳрирдаги (2013 йилги) матни қиёсий таҳлил этилган. Шунингдек, фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари фаолиятини янада такомиллаштиришга қаратилган норматив-ҳуқуқий ҳужжатларнинг мазмун-моҳияти атрофлича очиб берилган.Учинчи қисмда мустақиллик йилларида Тошкент шаҳрида маҳалла ҳаракатини муво­фиқлаштирувчи ўзига хос демократик орган – маҳалла маслаҳат Кенгашининг шаклланиш жараёнлари ёритилган.Тўртинчи қисм эса маҳалла ҳаётининг бадиий талқинлари масаласига бағишланган.Китоб қишлоқ фуқаролар йиғинлари раисларига, маҳалла оқсоқоллари ва фаолларига ҳамда кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.