Аннотация

В руководстве приводятся современные данные о патогенезе, диагностике, фармакотерапии неотложных состояний, основанные на результатах отечественных и зарубежных исследований, а также на опыте авторов. Подробно описаны клиническая симптоматика неотложных состояний, современные методы экстренной диагностики и оказание помощи больным. Книга предназначена для анестезиологов-реаниматологов, кардиологов, терапевтов, токсикологов, пульмонологов и эндокринологов.

Аннотация

Mazkur uslubiy qo'llanmada malaka oshirish jarayonida o'qituvchilarning innovatsion salohiyatini rivojlantirish mazmuni, ta'limda an'anaviylik va novatorlikning namoyon bo'lishi, ilg'or pedagogik texnologiyalarni tatbiq etishda an'anaviy va innovatsion yondashuvni uyg'unlashtirish zaruriyati hamda malaka oshirish jarayoniga pedagogik innovatsiyalarni tatbiq etish metodikasi, malaka oshirish kursi tinglovchilarida qadriyatlar tizimini shakllantirish mazmuni, pedagogik qadriyatlar asosida pedagog kadrlar malakasini oshirish tizimini takomillashtirishning amaliy jihatlari va ta'limiy qadriyatlar asosida amaliyotchi o'qituvchilar malakasini oshirish tizimi kabi masalalar yoritib berilgan.

Аннотация

В основных направлениях денежно-кредитной политики Республики Узбекистан на 2014 год особо подчеркнуто переход бухгалтерской и финансовой отчетности системы на международные стандарты финансовой отчетности (МСФО), при этом отмечено необходимость осуществления следующих мероприятий:– подготовить предложения, по обновлению автоматизированной банковской системы, соответствующей международным стандартам финансовой отчетности (МСФО), совместно со специалистами, имеющими сертификат по проведению внешнего аудита.Для эффективного продолжения и выполнения вышеуказанных поручений, совместно с Мировым банком, предусматривается осуществление следующего этапа проекта «Внедрение в банковскую систему Республики Узбекистан международных стандартов финансовой отчетности и аудита».В свете этих требований, актуальность работы обусловлена тем, что существует необходимость в совершенствовании методологии и практики планирования банковского аудита с использованием международного опыта в условиях модернизации экономики в Республике Узбекистан.В прикладном аспекте, актуальность монографии призвана настоятельной потребностью совершенствования процесса планирования банковского аудита, путем разработки и внедрения инструментов дистанционного аудита, компьютерной обработки данных, оценки надежности системы внутреннего контроля, направленных на повышение эффективности аудиторских проверок и обеспечивающих снижение стоимости аудиторских услуг.

Аннотация

"Boshqa hammualliflar: Sh.Mardonov, Sh.Axmеdova Mazkur monografiya umumiy o'rta ta'lim maktablarida mеhnat ta'limi darslarida boshlang'ich sinf o'quvchilarning dizaynеrlik tafakkurini shakllantirishning nazariy asoslari, muammoning o'ziga xosliklari, xususiyatlari, ijtimoiy ahamiyati, dizaynеrlik tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish muammosining amaldagi holati, uning psixologik jihatlari hamda didaktik asoslari yoritilgan. Biz tomonimizdan ishlab chiqilgan metodika umumiy o'rta ta'lim maktablari boshlang'ich sinf o'quvchilarida badiiy-estetik tarbiya samaradorligini oshiradi. Biz taklif qilayotgan mehnat ta'limi (tasviriy san'at) darslari zamon talablariga javob beradi hamda o'quvchilarda tabiatga, narsa-hodisalarga hissiy munosabatda bo'lishga o'rgatadi, ularda ijodkorlik, bunyodkorlik hissiyotlarini uyg'otadi. Monografiya umumiy o'rta ta'lim maktablari boshlang'ich sinf o'qituvchilari, oliy ta'lim muassasalari bakalavr, magistr bosqichi talabalari, ota-onalar hamda mazkur sohaga qiziquvchi kеng omma uchun mo'ljallangan."

Аннотация

"Monografiyada mamlakatimiz iqtisodiyotining strategik ahamiyatga ega bo'lgan tarmoqlaridan biri – yoqilg'i-energetika korxonalarini soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirishga oid masalalar ko'rib chiqilgan bo'lib, unda yoqilg'i-energetika korxonalarining mamlakat iqtisodiyotida tutgan o'rni, ular taraqqiyotiga xos bo'lgan asosiy tendensiyalar; yoqilg'i-energetika korxonalarini soliqqa tortish mexanizmi, uning tarkibiy qismlari va elementlari; yoqilg'i-energetika korxonalarini soliqqa tortishning xorijiy mexanizmlari; yoqilg'i-energetika korxonalari tomonidan byudjetga to'lanadigan soliqlar tarkibi, tarkibiy tuzilmasi va ularga xos bo'lgan o'zgarishlar; yoqilg'i-energetika korxonalari faoliyatining moliyaviy natijalariga byudjetga to'lanadigan soliqlarning ta'siri; yoqilg'i-energetika korxonalarini soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirishning zamonaviy yo'nalishlari o'z aksini topgan. Monografiya iqtisodiyot yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar, magistrlar, aspirantlar, professor-o'qituvchilar, mamlakatning moliya-byudjet-soliq va yoqilg'i-energetika tizimlarida faoliyat ko'rsatayotgan mutaxassislarga mo'ljallangan."

Аннотация

Mazkur darslik «Maktabgacha pedagogika» o'quv fan dasturi asosida yozilgan bo'lib, maktabgacha ta'lim pedagogikasining umumiy asoslari, maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash mazmuni va metodikasi hamda maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni o'qitish mazmuni va metodikasiga doir masalalarni o'z ichiga qamrab olgan. Shuningdek, darslikda maktabgacha ta'lim muassasasi menejmenti ham yoritib berilgan. Darslikdan pedagogika oliy ta'lim muassasalarining maktabgacha ta'lim va pedagogika-psixologiya bakalavriat ta'lim yo'nalishlarida asosiy o'quv adabiyoti sifatida foydalanish tavsiyaetiladi.

Аннотация

Mazkur o'quv qo'llanmada «Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi» fanining maqsadi, vazifalari, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, metodlari hamda maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirishning ilmiy amaliy asoslari. Tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani bo'lajak tarbiyachilarni bolalarni tabiatga nisbatan mas'ullik, vatanga muhabbat kabi tuyg'ularini shakllantirish, bilim va mahoratga ega bo'lishini ta'minlaydi. O'quv qo'llanma pedagogik Oliy o'quv yurtlarini maktabgacha ta'lim fakulteti talabalari hamda maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachilari uchun mo'ljallangan.

Аннотация

Darslikda dzyudo kurashining rivojlanish tarixi, dzyudo kurashchilarining jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish uslublari va dzyudo kurashining texnik-taktik usullarining nozik tomonlari tushunarli va sodda tilda bayon etilgan. Darslik O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti, Respublika oliy o'quv yurtlari Jismoniy tarbiya fakultetlari hamda Olimpiya zaxiralari kollejlari o'qituvchi va talabalari, shuningdek dzyudo kurashi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasining murabbiylari va sportchilari uchun mo'ljallangan.

Аннотация

Boshka soavtorlar: D.Xudoyberdiyeva Mazkur qo'llanmada boshlang'ich sinf o'quvchilarini lingvistik ta'limiga o'rgatish usullari yoritilgan. Lingvistik ta'lim mazmuni shakliga ko'ra bir necha turli bo'lib, qo'llanmada bu tahlil turlari sinflar kesimida o'tkazish, foydalaniladigan didaktik materiallar, tahlil darslarini o'tkazish texnologiyalari ko'rsatilgan.

Аннотация

Ушбу ўқув қўлланма солиқ текширувларига бағишланган уч қисмли ўқув қўлланманинг иккинчи қисми бўлиб, унда асосий урғу солиқ текширувларини ўтказиш билан боғлиқ масалаларга берилган. Жумладан, мазкур қўлланмада солиқ текширувига тайёргарлик, уни жойида ўтказиш тартиби, текширув объектлари ва текширув усуллари, текшириш жараёнида амалга ошириладиган талаблар, уларнинг натижаларини расмийлаштириш каб масалалар ёритиб берилган ҳамда Япония давлатининг солиқ текширувларини ташкил этиш усулларга доир илғор тажрибаси баён этилган…