Аннотация

Аннотация

Mazkur asarda o'zbek xalqining tarixida o'chinas iz qoldirgan, xalq ozodlik harakatiga boshchilik qilgan qahramonlaridan biri Namoz botir haqida so'z boradi.Keng kitobxonlar ommasida katta qiziqish uyg'otgan ushbu roman adabiyotimiz xazinasiga qo'shilgan nodir javohirlardan biri hisoblanadi.0'quvchilarimiz hukmiga havola etilayotgan mazkur kitob ularnmg kitob javonlaridan munosib o'rin oladi, degan umiddamiz.

Аннотация

"Yangi asr avlodi" nashriyotida bolalarning sevimli va ardoqli yozuvchisi Xudoyberdi To'xtaboyevning asarlari bir necha yillardan beri qayta-qayta nashr etilmoqda.Orangizda Xudoyberdi To'xtaboyevning asarlarini o'qimagan, yayrab, ko'zidan yosh chiqqudek miriqib kulmagan o'quvchi topilmasa kerak."Bir chelak gaz bersangiz bo'ldi", «Uyimda televizorim yo'q, seni olib ketib, qulog'ingni burab tomosha ko'raman, burningni bosib, ovozingni balandlataman», «Echkining terisidan kavush tikib oldi», «Osmondan tinmay yog'ilib turgan muzqaymoqlarni maza qilib yeyishdi» kabi bir-biridan qiziq iboralar-u o'xshatishlarga to'la hikoyalarni ushbu kitobda o'qiysiz.Hikoyalardagi har bir qahramonning soddaligi, xushchaqchaqligi, olijanobligi, xayolparastligi, topqir-u shumligi zamirida yozuvchi o'quvchining ma'naviy dunyosini boyitadi, mehnatkash va bilimli bo'lishga undaydi.

Аннотация

Хudoyberdi To'хtaboyevning o'quvchilarimizga navbatda havola etilayotgan kitobini biz umumiy nom bilan «Qaylardasan, bolaligim» deya nomladik. Yangi tuhfaga yozuvchining siz sevgan, shu vaqtga qadar qo'ldan qo'ymay o'qib kelayotgan qissa va hikoyalari, shu jumladan, ertaklar jamlangan. Taqdim etilayotgan har bir asar Хudoyberdi To'хtaboyevning bolalik yillari, bolalik orzulari, bolalik sevinchlari, bolalik sog'inchlari haqida so'zlaydi. Bir paytlar siz kabi bola qalbi bilan dunyoga sig'magan, orzularini qahramonlari timsolida gavdalantirgan va o'z o'quvchisini hayratlar ummoniga g'arq qilgan adibni bu gal bolaligini, tug'ilgan qishlog'ini sog'ingan, yuraklari gup-gup urib, o'sha manzil tomon talpintirgan tengdoshingiz siymosida ko'rasiz.Kitobdan o'rin olgan har bir asar qalbingizda shunday iliqlik va yorug'lik paydo qiladi!

Аннотация

Mazkur asarda o'zbek xalqining tarixida o'chmas iz qoldirgan, xalq ozodlik harakatiga boshchilik qilgan qahramonlaridan biri Namoz botir haqida so'z boradi. Keng kitobxonlar ommasida katta qiziqish uyg'otgan ushbu roman ababiyotimiz xazinasiga qo'shilgan nodir javohirlardan biri hisoblanadi. O'quvchilarimiz hukmiga havola etilayotgan mazkur kitob ularning kitob javonlaridan munosib o'rin oladi, degan umiddamiz.

Аннотация

Muhabbat odamni ne yo'llarga boshlamaydi, deysiz?! Ayniqsa, u balog'at yoshida hayotingga kirib kelsa! Taassuflisi, bunday paytda negadir, albatta, uchinchi odam paydo bo'ladi. Xuddiki, bu ishq muhabbat qonuniyatidek! Nachora, jon kuydirmasang, jonona qayda, toqqa chiqmasang, do'lona qayda! Olimjon bilan Beksulton o'zlari sevgan qizlarning visoliga yetish uchun har ishga shay, kerak bo'lsa, tog'ni talqon qilib berishmoqchi! Ularning tengqurlari ham haqiqiy oshiqlar. Qizlar ham qolishmaydi. Hurliqo qahramonlarimiz Zulxumor va Oysuluv, ularning dugonalari sevgida sobit…

Аннотация

O'zbekiston xalq yozuvchisi, bolalarning sevimli adibi Xudoyberdi To'xtaboyevning «Sariq devni minib» sarguzasht romanining ikkinchi qismi – «Sariq devning o'limi»da asar qahramoni Hoshimjon hayotida mas'uliyatli davr boshlanadi. Tabiatan ziyrak, fahm-farosatli Hoshimjon katta bir operatsiyada qatnashib, uning muvaffaqiyatli yakunlanishini ta'minlaydi. Voqealar rivoji bilan esa asarni mutolaa qilish davomida tanishasiz.

Аннотация

Xudoyberdi To'xtaboevning ushbu asari sarguzashtlarga boy bo'lib, o'zbek bolalar adabiyotining noyob durdonalaridan biridir. Unda bolalikning sodda va samimiy, quvnoq va zavqli onlari teran nigoh bilan qalamga olinadi. Bu asarni, asardagi kulgiga boy sarguzashtlarni bemalol zamonaviy Garri Potterga qiyoslasa bo'ladi. Asarni o'qib chiqsangiz bunga amin bo'lasiz.

Аннотация

Аннотация

Ota-onaga farzandining baxtidan bo'lak ne'mat kerak emas. Xuddi shuningdek, farzand ham eng baxtiyor damlarida ota-ona yonida bo'lgisi, baxtini ular bilan baham ko'rgisi keladi. Ota-ona diydori, ota-ona mehrini ular har narsadan aziz biladilar.Qimmatli kitobxon! Sevimli yozuvchimiz Xudoyberdi To'xtaboyevning siz, aziz kitobsevar do'stlarimiz uchun taqdim etilayotgan mazkur kitobida ana shu mavzu qalamga olingan. Asarning yozilganiga oradan ancha fursat o'tgan bo'lishiga qaramay, u badiiy qimmatini hamon yo'qotmagan, aksincha, har bir kitobxon ushbu asarni har gal qo'liga o'zgacha mehr va iztirob bilan oladi.Mol-dunyoni har narsadan ustun bilgan va oxir-oqibatda guldek farzandlarining achchiq qismatiga sabab bo'lgan ota-ona haqida hikoya qiluvchi mazkur asar umid qilamizki, yana bir karra o'zining yangi o'quvchilarini kashf etadi.