Аннотация

Taniqli yozuvchi Luqmon Bo'rixon bir qator roman, qissa hamda hikoyalari bilan kitobxonlar e'tibormi qozongan. «Quyosh hali botmagan» qissasida adib yoshlarning turfa sarguzashtlari, hayot so'qmoqlarida duch kelgan sinovlari, jasorat, mardlik va muhabbat mojarolaridan hikoya qiladi.Asar keng kitobxonlar hamda o'smir-yoshlar ommasiga mo'ljallangan.

Аннотация

Таниқли публиц Қурбон Эгамбердиев ижоди билан яқиндан хабардор бўлган ўқувчи ижодкорнинг ҳаётга муносабати, одамлар ўртасидаги меҳр-муҳаббат, садоқат туйғуларини ўзига хос – бошқаларни такрорламаган тарзда ифода этишини ва унинг ҳар бир ёзган асари нечоғли тарбиявий аҳамиятга эга эканлигини яхши билади. Ижодкорнинг навбатдаги «Диёнат ва хиёнат» номи билан чоп этилган китоби ҳам турли ёшдаги ўқувчи эътиборини ўзига тортади. Боиси, адиб қаламга олган мавзулардан китобхон ўзи учун тарбиявий аҳамиятга эга бўлган бир нечта жиҳатларни кўради. Китоб сизга ҳаётий ҳақиқатларни ёдингизга солишига ишончимиз комил.

Аннотация

"Афғон шамоли" туркумида чоп этилган романлар муаллифи Исоқжон Нишоновнинг ушбу асари ҳам афғон урушида қатнашган юртдошларимиз, уларнинг аянчли тақдирлари, фарзанд, ёр доғида не азоб-уқубатларни бошидан кечирган яқинлари кечмиши ҳақида. Ўз Ватанининг, оиласининг устуни, ҳимоячиси – эркак киши қўрқоқ, сотқин, номард бўлса, бу нафақат ота-онани, балки бутун бир миллатни ҳам иснодга қўяди.Китобда афғон юртида қон тўккан бегуноҳ ўғлонларнинг қул сифатида кечирган ҳаётлари, тирик қолиш учун баъзи бирларининг мунофиқликлари турли воқеалар асосида таъсирчан ёритилган.Асар йигитлар қалбида мардлик, шижоат, садоқат туйғуларини тарбиялаши билан ҳам ўта аҳамиятлидир.

Аннотация

"Afg'on shamoli" asarining to'qqizinchi qismida turkiya-lik millatchi ekstremist Baqqol tomonidan terrorchi Hattob yordami da tashkil etilgan «Kulrang bo'rilar» nomli ajal to'dasi va uning kirdikorlari haqida so'z boradi. Bu to'daga qarshi yurtning asl o'g'loni Bo'ronning jasorati, rus asirla-rining qutqarilishi, Vataniga nafi tega boshlagan G'afurning ko'magi bilan Bo'ronning farzandi Afg'on istondan olib chiqib ketilishi, Hattobning yo'q qilinishi va ko'pgina qiziqarli tafsilotlarga boy turfa taqdirlar qalamga olingan.

Аннотация

"Afg'on shamoli" asarining sakkizinchi qismida o'quvchi o'zi uchun Qo'ldoshali, Sabina, Latif, Rasul, Kutuzov kabi yangi qahramonlarni kashf etadi, urushning achchiq qismatini ular bilan birga boshdan kechiradi. Voqealar rivojining asosiy qismi bosh qahramon Bo'ronning Mulla Umar topshirig'i bilan Chechenistonga yuborilishi bilan bog'liq bo'lib, o'quvchi chechen jangarilari bilan bo'lib o'tgan hodisalar, rus-chechen muzokaralari bilan bog'liq tarixiy voqealardan xabardor bo'ladi…

Аннотация

"Afg'on shamoli" roman-serialining ettinchi qismida yoritilgan voqea-hodisalar asosan Afg'oniston hududida ro'y beradi. Mazkur qismda o'quvchi toliblarning qurol-yarog'larini yo'q qilishda gumon qilingan Bo'ronning o'z Vatani ravnaqi, tinchligi va afg'on xalqini terror balosidan qutqarish yo'lida uchragan og'ir sinovlarni birga boshdan kechiradi, tolibonlarning manfur basharasi va g'ayriinsoniy jinoyatlariga yana bir bor guvoh bo'ladi. Shuningdek, arzimas boylikni deb o'z yurti, xalqi va diniga xiyonat qilgan, turli tashqi kuchlarning nog'orasiga o'ynab, o'zligini yo'qotgan Ergash, Mirzaahmad, G'afur va Bashir kabi fitnaboshilarning taqdiri, navbatdagi kirdikorlari bilan tanishishda davom etadi.

Аннотация

"Afg'on shamoli" romanining beshinchi kitobida voqealar asosan Istanbul, Samangan, Moskva, Bishkek hamda yurtimizda yuz beradi. Asarda kamikadzelarning qanday ruhiy tayyorgarliklardan o'tishi, hayotining oxirgi kunlarida vatanga, xalqiga qilgan xiyonatidan afsus chekayotgan Chervon xonimning chegaraga etganda Ergashning odamlari tomonidan vahshiylarcha o'ldirilishi, Sharifning Ergash boshchilik qilayotgan to'dadan qochib ketib, yurtda qilayotgan obodonchilik ishlarini o'qishingiz mumkin. Vatanga qilingan xoinlikni o'z vaqtida anglab, xatosini tushungan fuqarolar tavbasi qabul qilinib, bundan keyingi hayotini yurt rivojiga o'zining hissasini qo'shayotgan insonlarni Sharif obrazi orqali ko'rasiz. Sharifning vataniga qilayotgan obodonchilik ishlarini, yurt taraqqiyotiga qo'shayotgan beminnat hissasini eshitgan Ergash necha bor uni o'ldirish uchun odamlarini yuboradi. Lekin vatan ravnaqi yo'lida yurgan inson Allohning panohida ekanligiga kitobni o'qish davomida yana bir bor amin bo'lasiz…

Аннотация

Mo'minjon xorijda jangarilar to'daboshisi Ergashning buyrug'i bilan etimxonadan 10 yoshli qizni asrab oldi. Qizni «tarbiyalab», qulog'iga haqiqiy muslima qiz, ayollar qanday bo'lishini quydi. Lekin bu qiz viloyat rahbarlari, huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari yig'ilgan bayram kechasida belidagi ingichka simni tortib, o'zini portlatishi kerakligini qaydan bilsin? Romanda voqeliklar ta'sirchan bayon qilingan, shu sabab o'quvchi voqealar ichiga kirib ketib, kitobni kiprik qoqmay bir nafasda o'qib chiqqanini sezmay qoladi…

Аннотация

Ezgulik yovuzlik ustidan doim tantana qiladi. Shu kungacha jangarilar safida yurib O'zbekistonda o'z hokimiyatini o'rnatish maqsadida bo'lgan razil kimsalarning topshiriqlarini itoatkorlik bilan bajarayotgan G'afurning yuragida birdan yorug'lik paydo bo'ldi. Begunoh odamlarning daryo bo'lib oqayotgan qoni uning ko'zini ochdi. Nega odamlar bir-biri bilan urishyapti, yosh demay, qari demay oldidan chiqqanni o'ldiryapti, degan savollarga javoban o'z hayoti mazmunini o'zgartirdi. Kindik qoni to'kilgan vatani, ko'z qorachig'idek ardoqlab o'stirgan xalqi tinchini saqlab qolish maqsadida G'afur endi huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlariga yordam bera boshlaydi. Yovuz niyatli kishilarning rejalari haqida ma'lumotlar to'plash uchun boshidan ko'p qiyinchiliklarni o'tkazadi…

Аннотация