Аннотация

Беҳзод Фазлиддиннинг ушбу китобини ўқиб, ҳаётнинг ўзи гўзал бир шеъркитоб, кутган – кутмаган кунларимизнинг бари сирга йўғрилган шеърлардир, деган ўй кўнглингиздан кечса, ажаб эмас. Шеър юрак ва руҳ, туйғу ила фикр осон топишган оний кайфият, ўз навбатида, узоқ тўлғонишлар маҳсули эканини китобдаги битиклар туғилган саналардан ҳам билса бўлади. Сиз кўнгил ортидан эргашасизми ёки ақл йўлини танлайсиз? Эҳтимол, кучли ирода, собит эътиқод ёрдамида бу икки буюк кучни бирлаштира олиш мумкиндир? «Кутмаган кунларим, кутган кунларим» мутолааси давомида бу ҳақда ўзингиз бир хулосага келарсиз…

Аннотация

Havaskor shoir Begi Do'stning ushbu ilk to'plamida jamlangan bitiklari voqeilik asosida qalblarga to'lqinli tuyg'ular bag'ishlashi bilan ajralib turadi. Shoirning uzoq yillar Ichki ishlar tizimiga mehnati singganligi bois, aksariyat she'rlari fidoyi yurt posbonlariga bag'ishlangan. Inson umrining hikmatli, ibratli lavhalari, oliy fazilatu xislatlari qalamga olingan ushbu satrlar sizlarga manzur bo'ladi, degan umiddamiz.

Аннотация

Pedagog, shoir va jurnalist Beknazar Toshboevning yangi «Baxt beshigi» to'plamidagi she'rlar sizning qalbingizga oftob nurlarini singdiradi, qaynab turgan Yangiobod buloqlari kabi chanqog'ingizni qondiradi. Shoirning Vatan, ona, odamiylik, mehr-muhabbat mavzularidagi she'rlarini ishtiyoq va hayajon bilan o'qiysiz. Mazkur to'plam she'riyat ixlosmandlariga manzur bo'lishiga va kitob javonlaridan munosib o'rin olishiga ishonamiz.

Аннотация

Китобда Ўзбекистонда хизмат кўрсатган фан арбоби, Беруний номидаги давлат мукофоти лауреати, фалсафа фанлари доктори, профессор Файзуллаев Омонулла Файзуллаевичнинг ҳаёти, илмий ва ижодий фаолияти, устозлари, шогирдлари ва сафдошлари ҳақидаги хотиралари, олимнинг ҳикматли сўзлари ва олим ҳақидаги замон­дошларининг хотиралари жой олган. Китобни олимнинг шогирди, фалсафа фанлари доктори, профессор Тураев Бахтиёр Оманович ёзган.

Аннотация

Аннотация

Kitobda «Falsafa» o'quv dasturining borliq va uning xususiyatlariga bag'ishlangan qismiga oid masalalar muhokama qilingan. Kitobxon bu kitobdan borliq va uning tarkibiy qismlari, shakllari, materiya va uning atributlari, borliqning mavjudlik usuli – harakat, namoyon bo'lish shakllari – fazo va vaqt, borliqning ma'naviy shakli – ong, olamning birligi va xilma-xilligi haqida qiziqarli ma'lumotlar olishi mumkin. Kitob keng kitobxonlar ommasi, o'quvchilar, kollej, lisey va oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan.

Аннотация

Аннотация

Аннотация

Kitobda «Falsafa» o'quv dasturining borliq va uning xususiyatlariga bag'ishlangan qismiga oid masalalar muhokama qilingan. Risoladan borliq va uning tarkibiy qismlari, shakllari, materiya va uning atributlari, borliqning mavjudlik usuli – harakat, namoyon bo'lish shakllari – fazo va vaqt, borliqning ma'naviy shakli – ong, olamning birligi va xilma-xilligi haqida qiziqarli ma'lumotlar o'rin olgan. Kitob keng kitobxonlar ommasi, o'quvchilar, kollej, lisey va oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan.