ТОП просматриваемых книг сайта:
Kitobxon
Все книги издательства KitobxonАннотация
In the monograph the history of Kokand since the ancient period to the third quarter of the XIX century is considered. The major data on social and economic, political and cultural life of the population of the city, on political and trading relationship with neighboring countries are included in it, and also interesting historical events. We hope that the book will help to fall in love with the history and to be proud of Kokand.
Модернизациялашган дидактик таъминот воситасида умумтаълим мактаблари ўқувчиларида тарихий тафаккурни ривожлантириш - Б. Ходжаев
Аннотация
Мазкур монографияда замонавий шароитда ўқувчиларнинг тарихий тафаккурини ривожлантириш зарурияти, унинг янгича тафаккур тарзини таркиб топтириш билан алоқадор жиҳатлари, ўқувчиларда тарихий тафаккурни ривожлантиришнинг манбашунослик хусусиятлари, фалсафий-антропологик ёндашувнинг ўқувчиларда тарихий тафаккурни ривожлантиришдаги имкониятлари, ўқувчиларда тарихий тафаккурни ривожлантириш технологияси, виртуал музей воситасида ўқувчиларда тарихий тафаккурни ривожлантиришнинг педагогик тизими ёритиб берилган.Монография умумий ўрта таълим муассасалари ўқитувчилари ҳамда педагогика олий таълим муассасаларининг тарих ўқитиш методикаси бакалавриат йўналиши талабалари ва ижтимоий-гуманитар фанларни ўқитиш методикаси (тарих) мутахассислиги магистрантлари учун мўлжалланган. Шу билан бирга, мазкур монографиядан педагогика соҳасида фаолият юритувчи барча мутахассислар фойдаланишлари мумкин.
Аннотация
Navoiy viloyat o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi boshqarmasi tashkil topganiga 10 yil bo'ldi. Ushbu kitobda boshqarmaning kechagi kuni, buguni va kelajak rejalari haqida batafsil ma'lumot berilgan.
Аннотация
Ushbu o'quv qo'llanma fanning ta'lim yo'nalishlari: «Agrokimyo va agrotuproqshunoslik», «Agronomiya» (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo'yicha), «Meva-sabzavotchilik va uzumchilik-o'simliklar himoyasi vakarantini-qishloq xo'jaligi ekinlari urug'chiligi va seleksiyasi qishloq xo'jaligida menejment-ipakchilik», «Dorivor o'simliklarni yetishtirish texnologiyasi qishloq xo'jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi», kasb talimi 5410200 — Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo'yicha), 5410500 — Qishloq xo'jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi yo'nalishlarida ta'lim olayotgan guruhlarga mo'ljallangan ishchi o'quv dasturi, ishchi o'quv rejaga muvofiq ishlab chiqildi.
Аннотация
""Tomosha san'ati tarixi va nazariyasi" nomli о'quv qо'llanma xalqimizning kо'p asrlik tomosha san'atining shakllanishi, manbalari, rivojlanish tamoyillari va nazariy asoslari haqida keng kо'lamda bilim berishni о'z oldiga maqsad qilib qо'ygan. О'quv qо'llanmada о'zbek xalq tomosha san'atining nazariyasi, uning tarkibi, dramaturgiyasi, rejissurasi masalalari keng yoritilgan. Unda mustaqillik yillarida mamlakatimizda о'tkazib kelinayotgan «Mustaqillik» bayrami va «Navrо'z» bayrami, shuningdek, boshqa kо'plab bayram va sayillar munosabati bilan bog'liq teatrlashtirilgan maydon tomoshalarini tashkil etish va о'tkazish tajribalarini umumlashtirish asosida magistrantlarga chuqur bilim beriladi. Ushbu qо'llanma О'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti 5A150301 – Aktyorlik san'ati (turlari bo'yicha), 5A150401 – Rejissyorlik (turlari bo'yicha) mutaxassisligining magistrlari uchun mо'ljallangan."
Аннотация
Ushbu o'quv qo'llanma talabalar uchun tayyorlangan bo'lib, sotsiologiya ta'lim yo'nalishi bakalavrlariga mo'ljallangan. Sotsiologiyadagi asosiy oqimlar, maktablar nazariyalarini va ular qo'llagan uslublarni ilmiy tahlil qilishga bag'ishlangan. Qo'llanmada XIX – XX asr G'arbiy Evropa sotsiologlarning qarashlari o'z aksini topgan. Ushbu qo'llanma Sotsiologiya tarixi bo'yicha Davlat ta'lim andozalariga muvofiqdir.
Аннотация
"Boshka xammualliflar: D.Karimova Mazkur qo'llanmada pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya doirasida harakatdagi atamalar va tushunchalarga pedagogikada qabul qilingan mazmun va mohiyatiga ko'ra bir xillikni anglatib kelgan tayanch tushunchalar berilgan. Ushbu qo'llanma ta'lim muassasalarida faoliyat ko'rsatib kelayotgan o'qituvchi va uslubchilar hamda talaba o'quvchilarning keng ommasiga mo'ljallangan."
Аннотация
Ushbu o'quv qo'llanma Axborot-kutubxona muassasalarining kataloglari, Axborot-kutubxonalar ish faoliyatida ularning tutgan o'rni, katalog turlari, tasvir prinsiplari, hujjatlarga ishlov bеrish, sistеmalashtirishning nazariy asoslari, tarixiy negizlari haqida tushuncha beradi. Xususan, kutubxona-bibliografik klassifikatsiyalarining vujudga kelishi: Universal o'nlik klassifikatsiyaning yaratilishi, O'zbekiston Respublikasi kutubxona-bibliografik klassifikatsiyasi jadvalining tuzilishi, u bilan ishlash metodikasi masalalarini, axborot-kutubxona fondi, uning belgi va xususiyatlari, fondni shakllantirish prinsiplari va jarayonlarini qamrab oladi. Shuningdek, Axborot-kutubxona muassasalarining katalog va kartotеkalar tizimini tuzish bo'yicha nazariy va amaliy bilimlar bеradi. Ushbu o'quv qo'llanma Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, shu jumladan qo'llanmadan katalog va kartotekalar tizimi bilan faoliyat yurituvchi mutaxassislar, Axborot-kutubxona muassasalari xodimlari foydalanishlari mumkin.
Аннотация
Metodik qo'llanmada optimallashtirilgan dasturga muvofi q dars o'tishni hisobga olib, informatikani o'qitishda ilg'or pedagogik texnologiyalarni qo'llash bo'yicha umumiy ko'rsatmalar, dars bosqichlari va har bir darsni o'tish texnologik jarayoni keltirilgan. Shuningdek, mashg'ulotlarning samaradorligini oshirish uchun o'qituvchi o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradigan, mantiqiy, mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko'nikmalarni rivojlantirishga imkon beradigan o'qitish metodlari berilgan.
Аннотация
Аюбхон Муҳаммадийнинг битикларида гўзал ахлоқли инсон қал-би акс этиб туради. Ифода бадиий жиҳатдан анча содда, бўёқлару ташбеҳларга бой бўлмаса-да, сўзга айланмиш туйғулар, ўйлар сами-мий. Ана шу самимийлиги билан ўқувчилар кўнглига яқин.Шоирнинг 1999 – 2013 йиллар оралиғида ёзилган энг сара ижод намуналаридан таркиб топган ушбу тўплам сизга манзур бўлади, деган умиддамиз.