Аннотация

"Boshqa hammualliflar: K.F.Kаrimоv Dаrslikdа kimyo vа nеftni qаytа ishlаsh kоrxоnаlаrining mаshinа vа qurilmаlаrini tа'mirlаsh vа mоntаj qilish hаmdа bu ishlаrni tаshkil etish texnologiyalari kеltirilgаn. Tа'mirlаsh vа mоntаj ishlаridа qo'llаnilаdigаn univеrsаl vа mаxsus uskunа vа mоslаmаlаr ko'rib chiqilgаn. Mоntаj – tа'mirlаsh оsnаstkаsini hisоblаsh vа tаnlаsh uslublаri, sаqlаsh, ekspluаtаtsiya qоidаlаri vа yarоqsizlikkа chiqаrishlаr bаyon etilgаn. Qurilmа vа uskunаlаrni tа'mirlаsh vа mоntаj qilish, hаmdа ushbu ishlаrni mаksimаl dаrаjаdа sаmаrаdоrligini оshirishgа аlоhidа e'tibоr bеrilgаn. Uskunаlаrning yеdirilishi vа uni оldini оlish kаbi mаsаlаlаr bаtаfsil ko'rsаtilgаn."

Аннотация

"Boshka xammualliflar: J.F.Qoraboev Mazkur o'quv-uslubiy qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi tinglovchilari, davlat boshqaruvi xizmatchilari, tashkilot rahbarlari, oliy o'quv yurtlarining magistrantlari, tadqiqotchilar hamda axborot-kommunikasiya texnologiyalarini mustaqil o'rganuvchi kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan. Qo'llanmada MS Word va MS Excel dasturlarini o'rganish, va ulardan foydalanib, amaliy masalalarni echish usullari keltirilgan."

Аннотация

В монографии обобщаются результаты исследований, проводившихся автором и многими другими отечественными и зарубежными учеными в области разработки методов, алгоритмов и программных средств для цифровой обработки и восстановления сигналов. Излагается новый подход к проблеме моделирования одномерных и многомерных сигналов в виде последовательностей локальных полиномиальных сплайнов и их спектральных характеристик. Показаны примеры эффективного использования предлагаемых методов и средств обработки сигналов в конкретных областях. Приведены примеры создания программ обработки сигналов в среде MATLAB и моделей спецпроцессоров в среде simulink. Некоторые разделы книги могут быть использованы магистрантами и студентами ВУЗов соответствующих специальностей для изучения цифровых методов, алгоритмов и аппаратных средств ЦОС. Книга предназначена для студентов, магистрантов, докторантов и соискателей, а также для инженеров, занимающихся исследованием, разработкой и проектированием аппаратных и программных средств цифровой обработки и восстановления сигналов.

Аннотация

Аннотация

Ushbu monografiyada o'quvchilarni millatlararo muloqotga tayyorlashning nazariy-metodologik asoslari, pedagogik shart-sharoitlari, vositalari, usullari, metodlari, texnologiyalari, shakl va mazmuni haqida fikr yuritiladi. Unda o'quvchilarni millatlararo muloqotga tayyorlash bo'yicha fan o'qituvchilariga tavsiyalar berilgan. Shu jihati bilan mazkur ish alohida ahamiyatga ega bo'lib, maktab o'qituvchilari, talabalar, malaka oshirish kurslarining professor-o'qituvchilari, tinglovchilari hamda tadqiqotchilar uchun foydalanishga mo'ljallangan.

Аннотация

Boshka soavtorlar: B.Yo'ldoshev O'z lashkariga ega xalq engilmasdir. Bunga ko'hna tariximizda misollar ko'p. Faxrimiz va g'ururimiz bo'lgan milliy armiyamizning ham o'z tarixi va shonli an'analari mavjuddir. Qo'lingizdagi kitob ana shular haqida hikoya qiladi. O'zbekiston Qurolli kuchlarining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari, professional armiya tomon o'tkazilgan islohatlar va kamolat sinovlari haqida keng tasavvur beradi. Qurolli kuchlarimiz me'mori va tashkilotchisi Oliy Bosh Qo'mondoni Islom Karimovning faoliyatini jonli lavhalarda yoritadi. Kitob keng ommaga mo'ljallangan.

Аннотация

Ushbu o'quv qo'llanmada burun va burun yondosh bo'shliqlari kasalliklarining etiologiyasi, patogenezi, zamonaviy diagnostikasi, klinikasi, davolash usullari va profilaktikasi bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan bo'lib qo'llanma avvalombor yosh, endi ish boshlayotgan shifokorlarga hamda, malakali mutaxassislarga ham dasturil amal bo'ladi. O'quv qo'llanma kamchilliklardan holi o'lmagan holda o'quvchilarimizning barcha e'tiroz va takliflarini mamnuniyat bilan qabul qilamiz.

Аннотация

Мазкур монографияда экологик терминларнинг деривацион хусусиятлари таҳлил этилган. Шунингдек, турли тизимли тиллар мисолида экологик терминларни лексик, семантик, синтактик хусусиятлари атрофлича ўрганилган.Монография филология йўналишида таҳсил олаётган талаба­лар, илмий ходимларга мўлжалланган.

Аннотация

Monografiyada axborotli ta'lim muhitida bo'lajak kichik mutaxas-sislarni ma'naviy qadriyatlardan foydalangan holda kasbiy faoliyatga tayyorlashning ilmiy – metodologik asoslari va texnologiyalari yoritilgan.

Аннотация

Монографияда ахборот-коммуникация технологиялари им­ко­ниятларидан фойдаланган ҳолда олий таълим муассаса­лари­даги мутахассислиги чет тиллар бўлмаган педагогларнинг хори­жий тиллар бўйича компетентлигини ривожлантиришга хизмат қилувчи ахборот-методик тизимини яратиш ва шу асосда қайта тайёрлаш ва малака ошириш таълим жараёнининг мазмуни ва методларини такомил­лаштиришга доир масалалар баён этилган.Монография соҳа мутахассислари, илмий-тадқиқотчилар, олий таълим муассасаларининг мутахассислиги чет тиллар бўл­ма­ган педагог кадрлари ҳамда чет тилларни мустақил ўрганувчи кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.