Аннотация

Internet tizimi sirlari deb nomlangan ushbu o'quv qo'llanma internetning ishlashini tushunish va undan foydalanish bo'yicha qo'llanmadir. Kitob bu yo'nalishda ta'lim olayotgan o'quvchi-talabalar uchun mavjud darsliklarga qo'shimcha sifatida foydalanilishi mumiin.

Аннотация

Ma'lumotlar bazalarini boshqarish tizimi ACCESS da ishlash bo'yicha ushbu o'quv qo'llanma shu amaliy dasturni o'rganishni istagan o'quvchi-talabalar uchun mo'ljallangan va unda dasturni o'rganish uchun bir qancha oddiy misol, masala va topshiriqlar berilgan.

Аннотация

Ушбу китобча ACCESS маълумотлар базасини бошқариш тизимида ишлашни ўрганиш бўйича бир канча содда лаборатория машғулотларини ўз ичига олади ва у бу тизимни ўрганмокчи бўлганлар учун бошланғич ўқув-услубий кулланма бўлиши мумкин. Китобча ўқувчи-талабалар ва бу тизимда ишлашга қизиққанлар учун мўлжалланган

Аннотация

Informatics and information technology: Tests competency deb nomlangan ushbu kitobchada informatika fanining turli bo'limlariga tegishli bo'lgan testlar bo'lib, ularning yechimlari kitobcha oxirida jadval ko'rinishida keltirilgan. Bu kitobcha informatkani o'rganmoqchi o'quvchi-talabalar uchun mo'ljallangan.

Аннотация

Diqqatingizga havola etilayotgan va raqamli iqtisodiyot sharoitlarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish hamda turli tizimlarni boshqarish masala va muammolariga bag'ishlangan ushbu o'quv qo'llanma hozirgi paytda tezkorlik bilan rivojlanayotgan va bir qancha shov-shuvlarga sabab bo'layotgan raqamli iqtisodiyot hamda uning tarkibiy qismi bo'lgan innovatsion texnologiyalar sohasiga bag'ishlangan hamda uning infratuzilmasini atroflicha tavsiflab beradi. Unda zamonaviy elektron tijorat hamda raqamli iqtisodiyotning asosi bo'lgan muammolar bilan bog'liq masalalar, raqamli iqtisodiyotga o'tish mexanizmi, elektron tijorat va elektron biznesning bir qancha samarali biznes modellari haqida ko'plab qimmatli ma'lumotlar berilgan. Undan so'ng, raqamli iqtisodiyotning hamda elektron tijoratning hozirgi davrda shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir qancha asosiy turlari, shu jumladan, bulutli texnologiyalar, moliyaviy texnologiyalar, buyumlar interneti, sun'iy inttelekt, raqamli valyutalar, virtual voqe'lik va ularning asosiy xususiyatlari atroflicha bayon etilgan. Turli hildagi loyihalarga investitsiyalar jalb qilish uchun ishlatiladigan ICO mexanizmi haqida tushunchalar va uning ma'no-mohiyati, elektron tijorat tashkil qilishning samarali zamonaviy usul va vositalari hamda mavjud platformalari hamda qobiqlari ham ko'pchilikka tushunarli holda ko'rsatilgan. O'quv qo'llanmaning oxirida unda ishlatilgan atamalarni tushunish bo'yicha to'liq glossariy berilganki, uning yordamida bu sohani yanada chuqurroq anglash, tushunish va o'rganish mumkin bo'ladi. Ushbu o'quv qo'llanma oliy ta'limning bakalavr va magistr mutahassisliklarida ta'lim olayotgan talabalarga tavsiya etilib, raqamli iqtisodiyot, elektron tijorat va elektron biznes yo'nalishda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotgan ilmiy xodimlarga hamda bank-moliya hizmatchilari hamda raqamli iqtisodiyot va elektron tijorat sohasidagi innovatsiyalar bilan qiziqqan barcha tadbirkorlik sub'ektlari foydalanishi uchun mo'ljallangan.

Аннотация

Axborot-kommunikatsion texnologiyalar va raqamli iqtisodiyot atamalarining ushbu izohli lug'ati bu sohami o'rganayotganlar, bu sohada ishlayotganlar, bu sohaga qiziqqanlar hamda bu sohada ta'lim olayotgan o'quvchi-talabalar uchun juda ko'pchilik tushunarsiz yoki noaniqlikka ega bo'lgan atamalarni imkon darajasida aniqlashtirish va tushuntirish uchun hizmat qiladi. Albatta biz bu miqyosi juda ham keng bo'lgan axborot-konnunikatsiyon texnologiyalar, raqamli iqtisodiyot, komp'yuter texnologiyalari va dasturlash sohasidagi barcha atamalarni ham qamrab ololmadik, shuning uchun, agar bu soha atamalaridan ushbu kitobga kirmaganlarini bilsangiz, bizga jo'nating va biz ularni minnatdorchilik bilan bu kitobning keyingi tahrirlarida uni yanada yaxshilash maqsadida kerakli bo'limlarga qo'shib qo'yamiz.

Аннотация

Ushbu kitobda zamonaviy Python dasturlash tili imkoniyatlari boshlang'ich o'rganuvchilar, ya'ni, maktab o'quvchilari, talabalar va mustaqil o'rganuvchilar tushunishi uchun nihoyatda yengil, tushunarli, kerakli izohlar bilan va sodda halq tilda izhor qilingan. Python dasturlash tili samarador yuqori darajadagi ma'lumotlar tuzilmasini hamda oddiy, ammo samarador bo'lgan ob'yektga yo'naltirilgan dasturlash uslublarini taqdim etadi. Undan tashqari, bu til o'rganish uchun oson va shu bilan birga, imkoniyatlari ancha yuqori bo'lgan oz sonli dasturlash tillari jumlasiga kiradi va shu bilan birgalikda unda dasturlash jarayoni juda ham oddiy ravishda amalga oshiriladi. Agar Siz zamonaviy fan va texnikaning asosi bo'lgan ushbu dasturlash tilini pishiq-puxta egallamoqchi hamda uning mohiyatini anglab, millionlab muvaffaqiyatli va to'kis hayot kechiradigan insonlar safiga qo'shilishni istasangiz – bu kitob huddi siz uchundir!

Аннотация

Zamonaviy matematika fanida bu fanga mutaxassislashgan amaliy dasturiy vositalardan foydalanish katta ahamiyatga ega, chunki bunday dasturiy vositalar matematika faniga oid masalalarni tezkorlik bilan va aniq yechishga hamda ularning ma'no-mohiyatini to'liq tushunishga imkon beradi. Ushbu o'quv qo'llanma pedagogika oliy o'quv yurtlarning magistratura mutaxassisligining 5A110701 – «Taʼlimda axbort texnologiyalari» taʼlim yo'nalishida o'qitiladigan «Ixtisoslashtirilgan dasturiy vositalar» o'quv faniga mansub bo'lib, Nizomiy nomidagi TDPU da tasdiqlangan «Ixtisoslashtirilgan dasturiy vositalar» o'quv fan dasturi asosida yaratildi. Ushbu o'quv fanini o'qitishdan maqsad – har bir bo'lajak mutaxassislarning o'z kasbiy sohalariida qo'llashi zarur bo'lgan amaliy matematika, informatika va axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish haqidagi zamonaviy bilimlarga ega bo'lishlari va ulardan samarali foydalanishlari uchun mos bo'lgan ko'nikma va malakalarini shakllantirish hamda rivojlantirishdan iborat. Shunday maqsadlarni amalga oshirish uchun o'quv qo'llanmada bir qancha amaliy dasturiy vositalar, ularning turlari va tasniflari, foydalanuvchining amaliy dasturiy taʼminoti, avtomatlashtirilgan ish joylari, ixtisoslashtirilgan dasturiy vositalarning ishlash tamoillari, ularning asosiy turlari hamda matematik masalalarni yechishda foydalaniladigan amaliy dasturiy vositalar, belgili hisoblashlarni amalga oshirish uchun mo'ljallangan dasturlar, shu jumladan, Microsoft Math, Google Math, Mathematica, Maple, MathCad, MatLab, Tex(LaTex), Statistika, Auto CAD kabi amaliy dasturlar, ularning umumiy ko'rinishi va imkoniyatlari, shuningdek, ushbu dasturlarda turli hil masalalarni yechish usullari bilan tanishish masalalari yoritilgan. O'quv qo'llanmaning oxirgi VIII-bobida zamonaviy Python dasturlash tili bo'yicha bir qancha ma'lumotlar berilgan, shu jumladan, amaliy darslarlar, video manba'lar va mustaqlil ishlash uchun masalalar berilganki, bu ma'lumotlar Python dasturlash tili imkoniyatlari bilan tanishib olishga yordam beradi. O'quvchi-talabalar va magistrantlarga bag'ishlangan ushbu o'quv qo'llanmadan yuqorida sanalgan amaliy dasturiy tizimlarni o'rganish va pedagogik jarayonlarda qo'llashni tushuntirishni o'z tarkibiga olgan boshqa fanlarda ham qo'shimcha adabiyot sifatida foydalanish mumkin.

Аннотация

Ushbu o'quv qo'llanmada bir qancha amaliy dasturiy vositalar, ularning turlari va tasniflari, foydalanuvchining amaliy dasturiy taʼminoti, avtomatlashtirilgan ish joylari, ixtisoslashtirilgan dasturiy vositalarning ishlash tamoillari, ularning asosiy turlari hamda matematik masalalarni yechishda foydalaniladigan amaliy dasturiy vositalar, belgili hisoblashlarni amalga oshirish uchun mo'ljallangan dasturlar, shu jumladan, Microsoft Math, Google Math, Mathematica, Maple, MathCad, MatLab, Tex(LaTex), Statistika, Auto CAD kabi amaliy dasturlar, ularning umumiy ko'rinishi va imkoniyatlari, shuningdek, ushbu dasturlarda turli hil masalalarni yechish usullari bilan tanishish masalalari yoritilgan. O'quv qo'llanmaning oxirgi VIII-bobida zamonaviy Python dasturlash tili bo'yicha bir qancha ma'lumotlar berilgan, shu jumladan, amaliy darslarlar, video manba'lar va mustaqlil ishlash uchun masalalar berilganki, bu ma'lumotlar Python dasturlash tili imkoniyatlari bilan tanishib olishga yordam beradi.

Аннотация

Zamonaviy matematika fanida bu fanga ixtisoslashgan amaliy dasturiy vositalardan foydalanish katta ahamiyatga ega, chunki bunday dasturiy vositalar matematika faniga oid masalalarni tezkorlik bilan va aniq yechishga hamda ularning ma'no-mohiyatini to'liq tushunishga imkon beradi. Ushbu o'quv qo'llanma pedagogika oliy o'quv yurtlarning magistratura mutaxassisligining 5A110701 – «Taʼlimda axbort texnologiyalari» taʼlim yo'nalishida o'qitiladigan «Ixtisoslashtirilgan dasturiy vositalar» o'quv faniga mansub bo'lib, Nizomiy nomidagi TDPU da tasdiqlangan «Ixtisoslashtirilgan dasturiy vositalar» o'quv fan dasturi asosida yaratildi. Ushbu o'quv fanini o'qitishdan maqsad – har bir bo'lajak mutaxassislarning o'z kasbiy sohalariida qo'llashi zarur bo'lgan amaliy matematika, informatika va axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish haqidagi zamonaviy bilimlarga ega bo'lishlari va ulardan samarali foydalanishlari uchun mos bo'lgan ko'nikma va malakalarini shakllantirish hamda rivojlantirishdan iborat. Shunday maqsadlarni amalga oshirish uchun o'quv qo'llanmada bir qancha amaliy dasturiy vositalar, ularning turlari va tasniflari, foydalanuvchining amaliy dasturiy taʼminoti, avtomatlashtirilgan ish joylari, ixtisoslashtirilgan dasturiy vositalarning ishlash tamoillari, ularning asosiy turlari hamda matematik masalalarni yechishda foydalaniladigan amaliy dasturiy vositalar, belgili hisoblashlarni amalga oshirish uchun mo'ljallangan dasturlar, shu jumladan, Microsoft Math, Google Math, Mathematica, Maple, MathCad, MatLab, Tex(LaTex), Statistika, Auto CAD kabi amaliy dasturlar, ularning umumiy ko'rinishi va imkoniyatlari, shuningdek, ushbu dasturlarda turli hil masalalarni yechish usullari bilan tanishish masalalari yoritilgan. O'quv qo'llanmaning oxirgi VIII-bobida zamonaviy Python dasturlash tili bo'yicha bir qancha ma'lumotlar berilgan, shu jumladan, amaliy darslarlar, video manba'lar va mustaqlil ishlash uchun masalalar berilganki, bu ma'lumotlar Python dasturlash tili imkoniyatlari bilan tanishib olishga yordam beradi. O'quvchi-talabalar va magistrantlarga bag'ishlangan ushbu o'quv qo'llanmadan yuqorida sanalgan amaliy dasturiy tizimlarni o'rganish va pedagogik jarayonlarda qo'llashni tushuntirishni o'z tarkibiga olgan boshqa fanlarda ham qo'shimcha adabiyot sifatida foydalanish mumkin.