Аннотация

Google LLC, Amerika Qo'shma Shtatlarining internetga oid xizmatlar va mahsulotlar, jumladan, onlayn reklama texnologiyasi, qidiruv xizmatlari, dasturiy taʼminot, bulutli hizmatlar va suníy intellekt sohasidagi ixtisoslashgan koʻp tilli tinnovatsion texnologiya kompaniyasidir. Bu kompaniya Amazon, Apple va Facebook bilan birga Katta Toʻrtlik texnologiya kompaniyalaridan biri sanaladi. Ushbu tizim hozirda internetda mashhurligi boʻyicha birinchi oʻrinda bormoqda (Google jahondagi mutlaq ko'pchilik qidiruv soʻrovlarini amalga oshiradi). Hozirda u kuniga bir necha o'nlab million qidiruv soʻrovlarini roʻyxatdan oʻtkazadi va ayni vaqtda bir necha milliarddan ortiq veb sahifalarni indeksatsiyalagan. Google qidiruv tizimi 100 dan ortiq tillarda soʻrovlarni qayta ishlaydi va bir necha yuz mingdan ortiq kompyuterlardan iborat. Google ning halq orasida ancha ma'lum va mashhurligiga qaramay, aksariyat ko'pchilik uning ajoyib va g'aroyib smart imkoniyatlarini hamda ulardan real hayotda va ish faoliatida, biznesda foydalanishni bilmaydi. Bu qo'llanma huddi shu bo'shliqni to'ldirish maqsadida yozilgan. Qo'llanmadagi kamchiliklar va u boýicha taklif-mulohazalar haqida ravshanr1x1[@]gmail.com elektron manziliga yosizishingiz yoki [@]RavshanHamdamovich telegram messenjeri orqali ma'lumot yuborishingiz mumkin

Аннотация

Ushbu risolada turli xildagi bulutli platformalar haqidagi zamonaviy ma'lumotlar va ular bilan ishlash bo'yicha bir qancha masala va muammolar ko'rib chiqilgan, ularning asosiy turlari, shu jumladan, bir konkret misol sifatida hozirgi paytda keng miqyosda qo'llanilayotgan Microsoft Cloud bulutli platformasi optsiyalari imkoniyat doirasida yoritilib berilgan. Bundan tashqari, risolada hozirgi paytda ko'pchilik tomonidan keng miqyosda foydalanilayotgan telegram messengerida ishlash usullari ham atroflicha, bir qancha aniq misollar vositasida yoritilgan holda keltirilgan.

Аннотация

Ushbu kitobchada Excel jadval hisoblagichida ishlash bo'yicha bir qancha testlar keltirilgan bo'lib, ular informatika sohasida tahsil olayotgan o'quvchi-talabalar uchun foydali bo'lishi mumkin.

Аннотация

Raqamli valyutalar va ularning rivojlanish istiqbollari deb nomlangan ushbu o'quv-metodik qo'llanma bu sohaga qiziqqan o'quvchi-talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, ularning raqamli valyutalar bilan ishlash va ularning mohiyati tushinish ko'nikmalarini rivojlantirish uchun hizmat qilishi mumkin.

Аннотация

Ushbu kitobcha Web-sahifalar yaratish va ularni boshqarish mavzusiga bag'ishlangan bo'lib, bu jarayon bir qancha real va hayotiy misol hamda masalalarni yechish jarayonida amalga oshriladi. Kitobcha bu sohani va usullarni o'rganmoqchi bo'lgan o'quvchi va talabalar uchun mo'ljallangan.

Аннотация

Ушбу ўқув қўлланма информацион технологиялар соҳасига бағишланган бўлиб, унда Информатика фанидан муаммоли маъруза матнлари тўплами келтирилган ва у бу соҳада таълим олаётган ўқувчи-талабалар учун мўлжалланган.

Аннотация

"Axborot tizimlari" faniga bag'ishlangan ushbu o'quv-uslubiy qo'llanmada turli xildagi va ko'rinishdagi axborot tizimlari loyihalarni tuzish, boshqarish va ularni moliyalashtirish haqida so'z yuritiladi. Unda hozirgi paytda qo'llanilish sohasi tobora kengayib borayotgan loyihalar turlari to'g'risida, ularda ishlatiladigan turli modellar va algoritmlar, loyihalarni moliyaviy jihatdan ta'minlash va ularni boshqarish masalalari haqida batafsil ma'lumotlar beriladi. Undan tashqari, turli xildagi iqtisodiy yondoshuvlarga asoslangan loyihaviy modellarining qo'llanilish imkoniyatlari muhokama qilinadi. Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanma moliya va bank ishi yo'nalishida axborot tizim yaratish asoslari bo'yicha ta'lim olayotgan talaba, magistrant va ilmiy tadqiqotchilar hamda axborot tizimni loyihalashtirish jarayonlarini yaqindan o'rganmoqchi bo'lgan doktorantlarga mo'ljallangan.

Аннотация

Ушбу китоб иқтисодий ҳавфсизликни таъминлаш соҳасига бағишланган бўлиб, унда бу соҳа бўйича бир қанча хаётий материаллар келтирилган ва улар муаллиф нуқтаи-назаридан таҳлил қилинган. Бу китобча ушбу соҳада таълим олаётган ёки бу муаммоларни тушунишга ҳаракат қилаётган ўқувчи-талабалар учун мўлжалланган.

Аннотация

Ушбу дарслик иқтисод олий ўқув юртларида бериладиган кичик бизнес ва тадбиркорлик соҳасига бағишланган бўлиб, унда бу соҳа билан боғлиқ бўлган бир қанча масала ва муаммолар кўриб чикилади. Дарслик иқтисод таълим муассасаларида кичик бизнес ва тадбиркорлик фанини ўрганаётганлар учун керакли ва муҳим маълумотлар манбаи бўлиши мумкин

Аннотация

"1С:Бухгалтерия дастурини ўрганиш бўйича услубий қўлланма"деб номланган ушбу рисола компьютерда бухгалтерия ҳисобини юритиш сирларини ўрганишга ахд қилган бухгалтерлар ва барча соҳалар мутахассислари учун мўлжалланган бўлиб, унинг воситасида 1С:Бухгалтерия дастурий маҳсулоти бўйича амалий кўникмаларни хамда унда самарали ишлаш бўйича керакли бўлган назарий билимларни етарли даражада эгаллаш мумкин. Унда бир қанча амалий маълумотлар, кўрсатмалар ва маслаҳатлар бериладики, уларнинг ёрдамида бу қизиқарли хамда замонавий дастурни янада яқинроқ билиб олиш, унинг қулай ва фойдали имкониятларидан фойдаланиш хамда бухгалтерия юмушларини компьютерлар ёрдамида юритишни малакали равишда ўзлаштириб олиш мумкин.Услубий қўлланма амалиётда банд бўлган бухгалтерлар, талабалар, индивидуал шахслар, тадбиркорлар ва барча тоифадаги мутахассисларнинг 1С:Бухгалтерия дастурини мустақил равишда ўрганишлари учун мўлжалланган.