Аннотация

Аннотация

Jismoniy tarbiya bilan shug'ullanish har bir inson uchun juda foydali ekanligi barchamizga ma'lum. Bu saboq bolalik davridan bilim va o'yin turlari bilan batafsil tanishish va darslar jarayoniga bog'liq kechsa nur ustiga nur. Ushbu kitob ota-ona va murabbiylar uchun o'quv qo'llanma sifatida o'quvchilar e'tiboriga havola etiladi.

Аннотация

Muhabbat – bu ezgulik, muhabbat bu go'zallikka shaydolik, muhabbat bu jaholatni yondiruvchi quyosh. Nurali Jalil ushbu to'plamidagi har bir she'riga shu ko'hna va yangi tuyg'uni kiritishga harakat qiladi, bu tuyg'uga insonlar qalbi doimo bog'lanishini istaydi. Bu fikrlarning qanchalik haqligiga baho berish Sizga havola, aziz kitobxon.

Аннотация

"Bugungi o'zbek she'riyatining iste'dodli shoirlaridan Abdulhay Nosirning qo'lingizdagi navbatdagi kitobi – «Bog'ning to'rt surati», «O'zim yaxshi ko'rganim» kitoblarining mantiqiy davomi bo'lib, u ijodkorning eng sara lirik- publisistik, falsafiy she'rlaridan jamlangan. Shoir Davr va Zamon tomirini tutib, Dunyo va Odamlar, Tarix va Mustaqillik mavzularida dard va quvonch, alam va ishonch bilan yana o'quvchini samimiy suhbatga chorlaydi."

Аннотация

Ушбу рисолада Носир Хисрав «Сафарнома»сидан бевосита ҳаж зиёрати билан боғлиқ лавҳаларнигина форс тилидан ўзбек тилига ўгирдик ва унга изоҳлар ҳам илова қилдик. Таржима «Сафарнома»нинг Берлин нашри (1921 й.) асосида бажарилди.Мазкур рисолада бундан салкам минг йил бурун Каъба зиёрати учун сафар қилган ўртаосиёлик машҳур сайёҳ-олим Носир Хисравнинг «Сафарнома» асаридан олинган маълумотлар берилган. Рисола қадимги Макка шаҳри, Каъба уйи ва ҳаж зиёратига оид қимматли тафсилотларни ўз ичига олган бўлиб, кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.

Аннотация

Китоб муаллифи ихтисослиги қишлоқ хў­жалик ходими бўлса-да, ўзбекларнинг келиб чиқиши ҳақида «Сурхон воҳасида этно маданий ҳаёт» китоби­ни тарихчи олимлардан хулоса олиб, 2014 йилда чоп эттирган.Ки­тобда баён этилган ҳар бир воқеа, ҳар бир шахс ҳақиқий тарихдир. Умуман, китобни ўқиган киши республикамизга оид кўп маълумотлардан хабардор бўлади, деб ўйлайман. Албатта, ўтмишдан кўз юмиб бўлмайди, уни бил­моқ ва ўрганмоқ тарихдан сабоқ олмоқ демакдир.

Аннотация

Достончилик азал-азалдан халқимиз учун севимли ва қадрли бўлиб келган. Шунинг учун ҳам ижодкорларимизнинг гўзал ва ажойиб достонларни ёзишлари ҳозиргача давом этиб келмоқда. Умид билан шуни айта оламизки, ушбу достон ҳам адабиёт мухлисларининг кўнглидан муносиб ўрин оладиган достон бўлажак.

Аннотация

Mazkur o'quv-qo'llanma tabiat fanlari orasida, ayniqsa, fizika sohasida, ishlab chiqarish va turmush bilan chambarchas bog'langan. Tarixiy materiallarda pedagog olimlar tomonidan ilmiy haqiqatlarni quruq yodlab olishga o'rgatish yoki fanlarni quruq ishlar va sxemalardan iborat qilib qo'yilishga qarshilik ko'rsatilib, yoshlarning zehnini asosiy ilmiy faktlar, bilimlar bilan to'ldirish va mukammallashtirish zarurligi ta'kidlangan. Shu nuqtayi nazardan, o'quvchilarni fan asoslari bo'yicha puxta bilim bilan qurollantirish, ularda yuksak onglilikni shakllantirish bilan bir qatorda, ularni hayotga, kasblarni ongli ravishda tanlab olishga tayyorlash maktablarning va ayni damda akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlarining asosiy vazifalaridan biridir. Respublikamiz ta'lim muassasalari zimmasiga faqat bilimdon yoshlarnigina tayyorlab qolmasdan, ularga kelgusida hayotni ongli boshqaruv ko'nikmalarini berish vazifasi va maqsad ham yuklatilgandir. Yirik nazariyotchi va metodist olimlar to'g'ri ta'kidlaganlaridek, maktab o'quvchilari hamda talaba-yoshlarni, barcha sanoat ishlab chiqarishning ilmiy asoslari, hozirgi zamon mehnat madaniyati bilan tanishtirmog'i, turli texnika jarayonlari orasidagi bog'lanish to'g'risida tushuncha bermog'i lozim. Hozirgi vaqtda maktab fizika dasturida umumiy ta'lim maktab o'quvchilari uchun zarur bo'lgan fizika fanining asoslarini o'qitish, ularning bilimlarini turmushga yaqinlashtirish maqsadlari ko'zda tutilgan.

Аннотация

Мазкур китоб Тошлоқ тумани қишлоқлари ва ундаги муқаддас зиёратгоҳлар ҳамда улар билан боғлиқ халқона қарашлар ҳақида ҳикоя қилади…