Аннотация

Kitob tumanidagi maktablarda marhum pedagog-ustozlarning xotira kechalarini o'tkazish an'anaga aylangan. Anashu tadbir tufayli ularning tajribalari, ibratli hayot yo'llari bugungi yosh avlodga etkazilmoqda. Ushbu to'plam bugun oramizda jiman yo'q bo'lsalarda, xalqqa ziyo tarqatib, o'zlaridan yorqin xotira qoldirgan o'sha muhtaram insonlar haqida hikoya qiladi.

Аннотация

Kitobga «Yaypan: kecha va bugun» nomi ramziy ma'noda olingan bo‘lib, aslida kitobxonga umuman Farg‘ona vodiysi, Qo‘qon va shahar atrofidagi hududlar, xususan Yaypan shahri tarixi, bugungi kuni, qatag‘on qurbonlari, xalq xo‘jaligining deyarli barcha sohalari, Shu zaminda etishib chiqqan olimu fuzalolar, shoiru yozuvchilar, san'atkorlar, sport ustalari haqida ma'lumot beradi. Muallif ta'bir joiz bo‘lsa tumanning muxtasar ensiklopediyasini yaratishga harakt qilgan va bunga erishgan ham… Risola maktab, kollej talabalari, umuman tarix, adabiyot bilan qiziquvchilar va keng kitobxon ommasiga mo‘ljallangan.

Аннотация

В учебном пособие «Агрохимическое картирование почв» подробно описывается содержание выполняемых работ на всех этапах агрохимического обследования почв. Предоставляется информация о подготовительном этапе агрохимического обследования, полевых работах, лабораторных анализах, порядке подготовки и регистрации агрохимического картирования, разработке рекомендации по применению удобрений и их эффективному использованию на основе агрохимической картограммы.Учебное пособие предназначено для подготовки бакалавров по направлениям 5141000-Почвоведение и 5410100-Агрохимия и агропочвоведение, а также для работников фермерских хозяйств.

Аннотация

O'quv qo'llanmada «Elektrotexnikaning nazariy asoslari» fanining barcha qismlariga tegishli bo'lgan tayanch tushunchalar, atamalar, qisqacha nazariy ma'lumotlar, qoidalar, misol va masalalar hamda shaxsiy hisob-grafik ishlarga oid mustaqil vazifalar keltirilgan. Kitob energetika, elektrotexnika, radiotexnika, avtomatika, elektr aloqa va qishloq xo'jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish sohalariga oid ta'lim yo'nalishlari talabalari uchun mo'jallangan. Undan ishlab chiqarish sohalarining mutaxassislari, muhandislar, magistrantlar va ilmiy-texnik hodimlar ham foydalanishlari mumkin.

Аннотация

Darslik Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi fanining ob'ektlari hisoblangan don va don mahsulotlari, ho'l va qayta ishlangan meva-sabzavotlar, kraxmal, asal va qandolat mahsulotlari, lazzatli mahsulotlar, ozuqabop yog'lar, sut va sut mahsulotlari, tuxum va tuxum mahsulotlari, go'sht va go'sht mahsulotlari, baliq va baliq mahsulotlarining sifat ekspertizasini o'tkazish bilan bog'liq bo'lgan bilimlarni mujassamlantirgan. Kirish qismida esa oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi fanining maqsadi, vazifalari, tamoyillari kabi masalalar yoritilgan…

Аннотация

"Tarbiyachi kutubxonasi" rukni ostida chop etilayotgan «3-4 yoshli bolalarga ta'lim-tarbiya berish» deb nomlangan ushbu metodik qo'llanma «Tarbiyachiga ming bir maslahat (1-3 yoshgacha bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish)» metodik qo'llanmasining uzviy davomi bo'lib, pedagogika oliy o'quv yurtlarining «Maktabgacha va oilaviy ta'lim» fakulteti hamda kollej talabalari, maktabgacha ta'lim muassasalari mudiralari, metodistlari, tarbiyachilari, oilada bola tarbiyasi bilan shug'ullanuvchi murabbiylar uchun mo'ljallangan. Qo'llanmada 3-4 yoshli bolalar ta'lim-tarbiyasining asosiy vazifalari, ularni jismonan rivojlantirish faoliyatining yo'nalishlari, bolalar faoliyati va tarbiyasini tashkil etish yo'l-yo'riqlari, nutq o'stirish va tevarak-olam bilan tanishtirish mashg'ulotlari ishlanmalari 3–4 yoshli bolalar nutqini o'stirish va tevarak-olam bilan tanishtirish mashg'ulotlarida fodalaniladigan badiiy asarlardan namunalar, mashg'ulotdan tashqari paytda bolalarga o'qib berish uchun badiiy asarlardan namunalar, shuningdek, o'yinchoq va ko'rgazmali qurollar ro'yxati berilgan.

Аннотация

Республика таълим марказининг 1999 йил 28 декабрдаги мусиқа таълими ва ёшлар ўртасида маданиятни тарғибот этиш бўлимининг илмий -методик кенгаши томонидан нашрга тавсия этилган.

Аннотация

Аннотация

Хорижий тилларни самарали ўқитишда ахборот технологияларининг имкониятлари жуда катта ва шунинг учун педагог кадрларни тайёрлашда унинг ўрни алоҳида. Хорижий тилларни ўқитишда қўлланиладиган ахборот технологиялари, техник ва дастурий воситаларни билиш билан бирга хорижий тилларни ўқитишда мултимедиа ресурсларини яратиш ва ишлов бериш технологиялари, шахсий электрон таълим ресурсларини шакллантириш, хорижий тилларни ўқитиш бўйича электрон ўқув курсларини лойиҳалаштириш, ўқувчилар билимини баҳолаш тизимлари, хорижий тилларни ўқитишда Интернет технологиялари, масофавий ўқитиш технологиялари ва уни ташкил қилиш усулларидан фойдаланиш, видео конференсия, оммавий on-line очиқ курслар (Coursera, edX, Khan Academy, MIT Open Course Ware)ни ташкил этиш каби малакалар муҳим аҳамият касб этади. Ушбу ўкув-услубий қўлланма УзДЖТУ талабалари учун ишлаб чиқилган ва ўзига барча керакли материалларни қамраб олган.

Аннотация

"Ta'limda aхborot teхnologiyalаri" kursining аsosiy mаqsаdi tаlаbаning kаsbiy fаoliyati bo'yichа qo'yilgаn mаsаlаlаrni echishdа zаrur dаsturiy vositаlаrni to'g'ri tаnlаsh, olingаn bilimlаri аsosidа qo'yilgаn mаsаlаlаrni echа olish, zаmonаviy ахborot teхnologiyalаri vositаlаridаn mustаqil foydаlаnа olish ko'nikmаlаrigа egа bo'lishgа qаrаtilgаn. Tаlаbаlаrni zаmonаviy teхnikа vositаlаri vа ахborot teхnologiyalаri аsoslаri bilаn tаnishtirish, erishilgаn yutuqlаr vа ахborot teхnologiyalаrining imkoniyatlаri mohiyatini tushuntirish vа ulаrni tа'lim olish jаrаyonidа аmаliy qo'llаy olish fаnning аsosiy vаzifаsi deb hisoblаnаdi. Bu vazifalar bilan bog'liq bo'lgan ma'ruza matnlari va amaliy mashgúlotlar to'plami ushbu kitobda diqqatingizga havola etilgan.