Аннотация

Mehribon va gamxo'r onajonisi! Bolajoningiz qaysarmi? Yo uning o'ziga nisbatan ishonchi sustmi? Ehtimol, biror bir nojo'ya harakati bilan ko'nglingizni xira qilayotgandir? Murg'akkina yurakchasi vahimaga to'lib, har narsadan qo'rqayotgandir? Ishtahasi bo'lmay, ovqat tanlayotgandir? Yo tirnoq oldirishdan qo'rqib injiqlanayaptimi? Hullas, kichkintoyingiz bilan bog'liq nimayiki muammo bo'lsa, ushbu kitobga murojaat qiling. Unga jamlangan tarbiyaviy ertaklarning har biri aynan bir muammo va mavzuga yo'naltirilgani bilan boshqa ertaklardan ajralib turadi. O'ylaymizki, kichkintoyning tarbiyasi bilan bog'liq muammolarni hal etishda u sizga yordam beradi.

Аннотация

Шаҳрисабз шаҳри тарихи билан боғлиқ илмий адабиётларни ўрганиб ва таҳлил қилиб, Амир Темурнинг ватани – Кеш-Шаҳрисабз тарихи ҳақида ушбу илмий-оммабоп рисолани яратган. Рисолада шаҳарнинг шаклланиши ва ривожланиши, Оқсарой биноси, Шаҳрисабз ҳунармандчилиги, Амир Темур ва Темурийлар даврида шаҳар маданияти каби масалалар ёритилган. Рисола Ўзбекистон тарихи ва маданияти билан қизиқувчи кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.

Аннотация

She'r – shoir qalbining ko'z yoshlari. Bu ko'z yoshlar quvonch yoki ayriliq sabab to'kilishi mumkin. Yor vafosi, vasl istagi, muhabbat hijroni, azobli ayriliq – bularning bari har qanday ko'ngilni hayajonga, iztirobga soladi. Axir aytadilar-ku, suygan ham, kuygan ham shoir deb.Ijod olamiga ezgu niyatlar bilan qadam qo'yayotgan Oybek Xolmatov ham o'z his-tuyg'ularini, ichki kechinmalarini chiroyli kalomlarga jo etib, ularni dur kabi tizgan va o'z muxlislariga taqdim etgan.

Аннотация

Ушбу китобдан О.Холматовнинг Ватан, муҳаббат, табиат, инсоний муносабатлар мавзусидаги шеърлари ўрин олган.Ёш ижодкорнинг шеърий машқлари талабчан китобхонларга манзур бўлади, деган умиддамиз.

Аннотация

Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy «Hamsa»sidagi epik tasvir an'analari zamonlar o'tsada o'z ahamiyatini yo'qotmaydi. Yosh tadqiqotchi Oybarchin Abdulhakimovaning ushbu kitobida «Saddi Iskandariy» dostoni misolida Navoiyga xos epik tasvir qirralari o'rganilgan. Muallifning tahlil va kuzatishlari, ilmiy xulosalari sizni befarq qoldirmaydi, degan umiddamiz.

Аннотация

Аннотация

Inson yashar ekan, hayoti davomida o'z oldiga qator maqsadlar qo'yadi. Orzular va rejalar bilan kunlarining fayzini oshiradi. Niyatlarning ijobati yaxshi, ammao bir narsani unutmasligi lozim: har qancha harakat qilmaylik, orzuyimiz sari qanchalik kurashmaylik mavridi etmagan ish amalga oshmaydi. Demak, har narsaning o'z vaqti bor. Vaqtning darajasi va imkoniyati insonlar harakati va xohishidan ancha yuqori turadi. Hohishlarimiz va vaqt haqida bilganlarimizni oshirish uchun ushbu kitobni o'qiylik. Balki vaqtni o'z tomonimizga og'dirarmiz…

Аннотация

Hayotimizda, umuman, kundalik turmush tarzimizda uchraydigan muammolar bilan kurashganimizda ko'p hollarda vaziyatni fojiaga aylantiramiz, oqibatda hayotdan zavqlanish, umr mazmunini tuyish va yashash zavqini yo'qotamiz. Hayot abadiy kurashga, norozilik va qarshiliklarga aylanmasligi uchun nima qilsak bo'ladi? O'zimizni eshitish, o'z haqiqatimizni anglash, ko'ngil qa'ridagi ehtiyojlarimizni bilish uchun nimalar qilishimiz darkor? Kitob aynan shu savollar asosida yozildi va o'ylaymizki, mutolaadan keyin o'tayotgan kuningizdan hikmat izlaysiz…

Аннотация

Ҳозир одамларда чиройли уй қуришга қизиқиш жуда кучайган. Ҳатто кўп қаватли уйларнинг хонадонлари ҳам бир-бирига ўхшамаган кўринишда қайта таъмирланмоқда. Булар фаровон турмуш тарзига эришиш йўлидаги интилишлардан дарак беради. Аммо натижалар-чи? Ўша чиройли уйлар ичидаги ҳаёт ҳам кўзланаётган мақсадга мосми? Ҳашамат деганимиз баъзан совуқ ҳайбатга, жимжимадорлик деганимиз эса бошни айлантирувчи бачканаликка айланиб қолмаяптими? Энг муҳими, фаровон ҳаёт асоси саналадиган файз етарлими бу уйларда? Тажрибали психолог олима мазкур саволларга жавоб излар экан, ўз мулоҳазаларини соҳа олимларининг фикрлари ва ҳаётий мисоллар билан асослашга ҳаракат қилади. Шу жиҳати билан ҳам ушбу китоб хонадонига файз киритишни истаган ҳар бир оилапарвар инсон учун яхши дастуриламал бўла олади.