Аннотация

Китоб «Муваффақият мактаби» туркумининг давомидир. Муаллиф ўқувчига бозор муносабатлари даврида бизнесда ўзини топишнинг аниқ амалий йўлларини таклиф этади. Молиявий муваффақиятга эришиш ва психологик тўсиқларни енгиб ўтишда ҳар бир бизнесмен билиши шарт бўлган билимларни содда тилда баён қилади. Кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.

Аннотация

E'tiboringizga havola etilayotga ushbu monografiya hozirgi paytda tezkorlik bilan rivojlanayotgan va bir qancha shov-shuvlarga sabab bo'layotgan raqamli texnologiyalar sohasiga va uning infratuzilmasini tavsiflashga bag'ishlangan. Unda raqamli texnologiyalarning asosi bo'lgan muammolar bilan bog'liq masalalar, raqamli iqtisodiyotga o'tish mexanizmi, kriptografiyadan raqamli valyutalarga o'tish mantiqi, kriptovalyutalarning asosiy turlari va ularning xossalari bayon etilgan. Turli hildagi loyihalarga investitsiyalar jalb qilish uchun ishlatiladigan ICO haqida tushuncha va uning mohiyatlari ko'rsatilgan. Monografiyada raqamli texnologiyalar bo'yicha bir qancha muhim ma'lumotlar, shu jumladan, bulutli texnologiylar, buyumlar interneti, sun'iy intellekt, zamonaviy moliyaviy texnologiyalar kabilar ham bu soha bo'yicha glossariy berilganki, ular yordamida bu sohani yanada chuqurroq o'rganish mumkin bo'ladi. Ushbu monografiya oliy ta'limning bakalavriat va magistratura mutaxassisliklarida ta'lim olayotgan talabalarga tavsiya etilib, shu yo'nalishda tadqiqot ishlari olib borayotgan ilmiy xodimlar va professor-o'qituvchilarga hamda raqamli texnologiyalar sohasidagi innovatsiyalar bilan qiziqqan barcha tadbirkorlik sub'yektlari foydalanishi uchun mo'ljallangan.

Аннотация

Ushbu qo'llanma Interfaol ta'lim usullaridan bir qanchasini tavsiflahsga bag'ishlanib, o'qituvchilarning ish faoliyatida asqotishi mumkin. Undan tashqari, bu kitob o'quvchi talabalar uchun bilim jarayonini faollashtirish uchun o'ziga hos qo'llanma ham bo'lishi mumkin.

Аннотация

В книге рассказывается об авиакатастрофе 11 августа 1979 года случившейся с ташкентским «Пахтакором», футболистах, тренерах и наставниках, об успехах и неудачах, о становлении и возрождении народной команды.Издание предназначено, прежде всего, для болельщиков и широкого круга читателей и всех тех, кто интересуется футболом.

Аннотация

Ilm-fan sohasida 1-darajali Davlat mukofotining laureati, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan tibbiyot xodimi, tibbiyot fanlari doktori, professor Ravshan Davlatovich Qurbonov – jahonning rivojlangan mamlakatlari tibbiyot olamida bilimini boyitgan, buyuk ustozlar rahnamoligida malakasini oshirgan, endilikda o'zi ham o'z maktabini yaratgan atoqli olim. Mustaqillik yillarida olim o'nga yaqin darslik-qo'llanmalar yaratdi, bir-biridan ajoyib o'nlab shogirdlar etishtirdi. Dastlabki shogirdlarining o'zlari bugun ajoyib ustoz; elu yurt mehrini qozonayotgan ajoyib mutaxassis shifokorlardir. «Yuz yil yashashni xohlasangiz…» – atoqli olimning navbatdagi kitobi. Ushbu kitobning afzalligi shundaki, u – ayni bir paytning o'zida bo'lajak shifokor talabalar uchun darslik, tibbiyotning ko'pgina sohalari bo'yicha mutaxassis shifokorlar uchun qo'llanma va chinakamiga salomatligi uchun qayg'urayotgan zamondoshimiz uchun muhim ko'rsatmalar majmui hamdir. Hullas, bu qadar kuyinchaklik bilan o'rganib yozilgan asarlar bir yaralib qoladi.

Аннотация

Hind adabiyoti Hindistonning o'zi kabi g'aroyib va qiziqarlidir. Hind adabiyotining hajm va ma'no rang-barangligi Rabindranat Tagor nomi bilan bog'liqdir. «Derazani ochsam butun Hindiston ko'rinib turadi», deydi Tagor o'z asarlaridan birida. Darhaqiqat, ularda hind xalqining bor fazilat va nuqsonlari ko'zga tashlanadi. Qo'lingizdagi ushbu kitobda ham siz boshqa emas, aynan hind kishisining mehr-u muhabbatining, matonat-u jasoratining guvohi bo'lasiz.

Аннотация

Монография посвящена разработке новых высокоэффективных катализаторов для гидроизамеризации – реформы химического состава нефтяных дистиллятов на базе смеси полиметаллических оксидов с учетом местного происхождения.Исследованы технологические режимы синтеза и приготовления катализаторов как методами сухого таблетирования и мокрого формования, которые вписываются технологии имеющиеся в республике действующих технологии.Также катализаторы, синтезированные по разработанными методами и технологии на модельных установках под давлением водородсодержащего газа в аналоги (соответствии) промышленными условиями.Монография предназначена для профессорской – преподавательского состава высших учебных заведений, научных работников, специалистов, а также рекомендуется студентам, магистрам и старшим научным сотрудникам – исследователями соответствующих специальности.Рекомендована к изданию решением Ученого совета Ташкентского государственного технического университете имени Абу Райхона Берунии.

Аннотация

"Mazkur o'quv qo'llanma asalarichilik fermer xo'jaliklarini tashkil etish va yuritish haqida bo'lib, unda asalarilarni boqish, asalarilar oilasini ko'paytirish hamda ulardan turli asalarichilik mahsulotlarini ishlab chiqarish samaradorligini oshirish usullari bayon etilgan.Ushbu o'quv qo'llanma kasb-hunar kollejlari o'quvchilari, oliy o'quv yurti talabalari, shuningdek, soha mutaxassislari hamda havaskor asalarichilarga mo'ljallangan."

Аннотация

Ушбу ўқув қўлланма илмий ҳамда ижтимоий-иқтисодий ривож­ланти­ришнинг энг муҳим устувор йўналишларида белгиланган вазифаларга асос­ланган ҳолда Ўзбекистон Республикаси иқтисодиётида инвестициялардан самарали фойдаланиш учун унинг фаолиятини баҳолаш усуллари, ишлаб чиқариш тармоқларига кири­ти­лаётган инвестиция жараёнларида юзага ке­ладиган хатарлилик, тавак­калчилик да­ра­жаларини аниқлаш, инвестиция­лардан самарали фойдаланиш йўллари ҳамда усул­ларини ўрганиш бўйича иқтисодий ва ноиқтисодий таълим йўналишлари тала­балари билимини янада ошириш, шунингдек, ушбу соҳамутахассисларини муста­қил равишда ўрганишига асосланган.Ўқув қўлланма ТДИУ «Эконометрика» кафедраси томонидан амалга оши­ри­ла­ётган Ф-4-45 «Ўзбекистон иқтисодиётида инвестицияларнинг тар­моқлараро тақ­сим­ла­нишини эконометрик моделлаштириш услубиётларини такомиллаштириш» мавз­усидаги фундаментал лойиҳа доирасида тайёр­ланган.Ўқув қўлланмада олий ўқув юртлари талабалари, ўқитувчилар, илмий ходимлар ва тадқиқотчиларга мўлжалланган.