Аннотация

Amerikaning mashhur fantast yozuvchisi Rey Bredberining nomi va asarlari o'zbek o'quvchilariga ham yaxshi tanish. Endi adibning shoh asari «Marsga hujum»ni siz aziz fantastika ixlosmandlariga havola etmoqdamiz. Oltmish yoshida ilk marta uchoqqa chiqqan, uyida eski yozuv mashinkasidan boshqa bironta zamonaviy texnika uskunasi bo'lmagan Rey Bredberi favqulodda quvvai zehni bilan olis-olis galaktikalarga xuddi fazogirlarday «sayohat» qiladi va mo''jizaviy taassurotlarini jahon ahli bilan baham ko'radi. Muallifning fantastika vositasida bunday g'aroyib «sayohat»lari zamirida ulkan majoziy ma'no yotadi – u Erdagi hayot, xususan, ona tabiatga munosabat allaqachon izdan chiqqanligini alam, o'kinch va zaharxandalik bilan ifoda etadi. Hatto biz shaffof marsliklar istiqomat qiladi deb tasavvur etganimiz Mars sayyorasining ham mana shu odamlar allaqachon boshiga etib bo'lganini alohida uqtiradi. Bu esa Erdagi har bir odamni chuqurroq o'ylashga, hushyor bo'lishga da'vat etadi.

Аннотация

O'zbek mumtoz musiqasi o'quv qo'llanmasi musiqa va san'at kollejlari hamda akademik litseylar tizimidagi an'anaviy ijrochilik bo'limlari o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda o'zbek xalqining boy merosi bo'lmish mumtoz musiqasi janrlari haqida ma'lumot beriladi. Ko'p asrlar davomida sozandayu xonandalar va baslakorlar tomonidan ijro etib kelinayotgan mumtoz musiqa namunalari — ashula, katta ashula, dostonlar va maqomlar — avloddan avlodga, ustozdan shogirdga o'tib, saqlanib, sayqal topib hozirgi kungacha rivoj olib kelmoqda. Mazkur qo'llanmada mumtoz musiqaning har bir janri mavqei, mazmuni, shakli va ijro uslublari ma'lum darajada yoritilib beriladi.

Аннотация

Ушбу китобда Тошкент вилояти Паркент туманидаги Заркент қишлоғи тарихи, географик жойлашиши, тарихий жойлари хақида сўз боради. Муаллиф она қишлоғининг тасвиру тавсифи, тарихий шахслар ҳаётига, ҳамда фаолиятига алоҳида тўхталади. Шунингдек битикдан Заркентга доир турли ҳикоят ва ривоятлар ҳам ўрин олган. Китоб кенг ўқувчилар оммасига мўлжалланган ва сизга манзур бўлади деган умиддамиз.

Аннотация

Ushbu kitobda beg'ubor bolalik olamining turli manzaralari va o'ziga hos falsafalari aks etgan. Mohir qalamkash olamni va borliq tabiatni sinchkovlik bilan kuzatib, o'z fikr-xulosalarini yorqin tasvirlar va badiiy shakllarda ifoda etishga intilgan.

Аннотация

Darslik oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi fanining obyektlari hisoblangan don va don mahsulotlari, ho'l va qayta ishlangan meva-sabzavotlar, kraxmal, asal va qandolat mahsulotlari, lazzatli mahsulotlar, oziqabop yog'lar, sut va sut mahsulotlari, tuxum va tuxum mahsulotlari, go'sht va go'sht mahsulotlari, baliq va baliq mahsulotlarining sifat ekspertizasini o'tkazish bilan bog'liq bo'lgan bilimlarni mujassamlantirgan. Kirish qismida esa oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi fanining maqsadi, vazifalari, tamoyillari kabi masalalar yoritilgan.

Аннотация

Аннотация

Mazkur kitobning to'rtinchi nashrida bugungi Navoiy viloya­tining ko'hna va navqiron tumanlaridan biri – Qiziltepa tarixi haqida so'z boradi. Mualliflar o'tmishda turli nomlar bilan aytilgan hamda tarixiy Buxoro viloyatining ajralmas qismi bo'lgan bugungi Qiziltepa tumani va shahri tarixini birlamchi manba­lar asosida eng qadimgi davrlardan to bugungi kungacha qisqacha ma'lumotnoma tarzida xolis yoritishga harakat qilishgan.

Аннотация

Ишқ ўзи нима? Бу сеҳрли қудрат бугун ҳам азалий моҳияти билан яшаб қолдими? Биз уни тарк этмадикми? Балки у бизни тарк этдимикин?Азиз ўқувчи!Бу оламда ному насабсиз, моду матохсиз, шону шавкатсиз ҳам яшаб ўтса бўлади. Ахир, худди шу нарсаларсиз ҳам яшаб ўтаётганлар ёнимизда қанча. Аммо ишонинг, ишқсиз яшаб бўлмайди. Донишмандлардан бири: «Дунёни гўзаллик қутқаради» деган эди.Китоб билан танишгач эса дунёни фақат ИШҚ қутқаришига ишона бошлайсиз.

Аннотация

Tilning leksik sistemasini o'rganishda, to'g'ri yozish qoidalarini o'zlashtirishda so'z variantlarining imlo lug'ati katta ahamiyatga ega. Ilk marta tayyorlangan mazkur lug'atda imlo qoidalariga muvofiq yoziladigan 1500 dan ortiq so'z variantlari berilgan. Qo'llanma oliy o'quv yurti talabalariga, litsey, kollej, umum-ta'lim maktablari o'quvchi va o'qituvchilari hamda o'zbek tiliga qiziquvchi kitobxonlarga mo'ljallangan.

Аннотация

Mazkur qo'llanmada o'lkamiz tarixini o'rganishga, xususan, Jizzax viloyatining tarixiy manbalaridan keng foydalanildi. Unda tarix va o'lkashunoslik darslarida arxeologiya, toponomika, etnografiya, o'lkashunoslik to'garaklari va maktab muzeylari faoliyatini yoritishga ham alohida o'rin berilgan. Qo'llanma oliy o'quv yurtlari o'qituvchilari va talabalari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va umumta'lim maktablarining o'quvchilari hamda shu soha bo'yicha ilmiy-tadqiqot olib borayotgan magistr va doktorantlar uchun mo'ljallangan.