Аннотация

Ushbu qo'llanmada zardushtiylikda g'oyaviy yakka xudolik bilan amaldagi ko'p xudolik munosabatlarining tarixiy ildizlari jins e'tibori bilan ayollikka mansub yazadlar turkumi asosida atroflicha tahlil etilgan. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesta» diniy tizimining ma'budalari Zam, Spenta Armaitiy, Ardvi Sura, Ashi, Chisti, Daena va boshqalarning genezisi, vazifalariga ko'ra tahlili hamda ijtimoiy, iqtisodiy-ma'naviy hayotda ularga munosabat masalalari keng ko'lamda ko'rsatib berilgan. Taqdim etilayotgan ushbu qo'llanma oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari talaba yoshlari hamda shu mavzuga qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo'ljallangan.

Аннотация

Mustaqillikka erishganimizdan so'ng ta'lim tizimini tubdan is- loh qilinishi tarix fanini o'qitishni yuqori sifat darajasiga ko'tarish vazifasini qo'ydi. Ushbu qo'llanma NDPI tarix fakultetida o'qilgan ma'ruzalar kursi tajribasi hisobga olingan holda tayyorlangan. Osquv qo'llanmada qadimgi dunyo tarixini eramizdan awalgi IV ming yillikdan eramizning V asrigacha bo'lgan davri yoritiladi. Qadimgi Sharq svilizatsiyalari, Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rimning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyoti, ular yaratgan ma- daniy yutuqlarning asosiy jihatlari ochib beriladi.Qadimgi dunyo tarixining Qadimgi Sharq, Yunoniston, Rim tarixi bo'yicha ushbu o'quv qo'llanma pedagogika institutlarining tarix fakultetlari I kurs talabalari uchun mo'ljallangan. O'quv qo'llanma darslildarni takrorlamaydi, faqat fanning asosiy muam- molarini yoritadi va talabalaiga qadimgi dunyo tarixini o'rganishga yordam beradi. Har bir mavzu bo'yicha asosiy sanalar, tayanch iboralar, reyting savollari, mustaqil ishlar, kurs ishlari, manba va adabiyotlar tavsiya qilingan. Qo'llanma davlat ta'lim standartlari asosida tarix fakultetilarining umumiy tarix bo'yicha zamonaviy dasturlariga mos keladi. 0'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlari-ning tarix fakultetlari I kurs talabalari va boshqa qadimgi dunyo tarixi bilan qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.

Аннотация

"В монографии исследуются этико-философские проблемы феномена героизма, раскрываются значение национальной идеи в патриотическом воспитании молодежи. Монография предназначена для философов, научных работников и педагогов."

Аннотация

1-sinfda Savod o'rgatish darslarini o'tishda o'qituvchilarga metodik yordam sifatida yaratilgan ushbu qo'llanma qayta ishlangan 2-nashr sifatida Alifbe darsligiga tatbiq etilgan qator o'zgarishlarni (yangi matnlar, so'zlar, rasmlar kiritilganligini) hisobga olgan holda ishlab chiqilgan bo'lib, unda savod o'rgatishning zamonaviy texnologiyalarini aks ettirishga e'tibor berildi. Qo'llanmada savodga o'rgatish darslaridan qator namunalar keltirilib, ular o'qituvchilarga darslarni zamonaviy ta'lim talablariga muvofiq tarzda o'tish imkonini beradi.

Аннотация

Takror undoshli so'zlar lug'ati birinchi marta nashr qilinmoqda. Lug'atda so'zlar kirill va lotin alifbosida, o'zbek kirill alifbosi tartibida berildi. Lug'atga so'z to'plashda o'zbek tilidagi mavjud imlo va izohli lug'atlardan foydalanildi. Lug'atga 2600 dan ortiq takror undoshli so'zlarning kirill va lotin alifbolarida yozilishi ko'rsatildi. Lug'at oliy ta'lim talabalari, umumiy o'rta ta'lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litsey o'quvchilari va o'qituvchilariga mo'ljallangan.

Аннотация

Ushbu muxtasar risolada atoqli sozanda – ustoz Murod Toshmuhamedov hayoti, serqirra faoliyati – keng yoritilgan bo'lib, undan barcha bosqich maxsus ta'lim muassasalarida ham foydalanish mumkin.

Аннотация

Mazkur tavsiyanoma respublikamizda yangidan tashkil etilgan Olimpiya zaxiralari hamda bolalar va o'smirlar sport maktablarining (BO'SM) o'quvchilari, mutaxassislari, jismoniy tarbiya va sport murabbiylari uchun mo'ljallangan. Tavsiyanomada sport psixologiyasi fanidan reja, mavzu va dars ishlanmalari, sport mashg'ulotlari jarayonida yosh sportchilarni faollashtirishning uslublari, murabbiy va sportchi muloqotlari hamda turli vaziyatlarni joyida hal etishni va ularning pedagogik-psixologik masalalari o'rin olgan.

Аннотация

"Qo'llanma «OTMda o'quv jarayoni va o'quv-uslubiy faoliyatni modernizasiyalash va innovasion ta'lim texnologiyalarini joriy etish» moduli doirasida ishlab chiqilgan bo'lib, uning mazmunida ta'limdagi innovasion jarayonlar, oliy ta'lim muassasasi professor-o'qituvchisining innovasion kompetentligi, trenerlik faoliyati, mahorati va madaniyati, treninglar texnologiyasi hamda andragogik ta'lim tushunchalarining mohiyati yoritilgan. Qo'llanmadan pedagog va rahbar kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi hamda oliy ta'lim muassasalarining o'quv amaliyotida keng foydalanish mumkin."

Аннотация

Аннотация