Аннотация

Konfutsiy hikmatlari, pand-nasihatlari nafaqat Xitoyda, balki butun dunyoda e'zozlanib keladi. Ular o'zining oddiyligi, hayotiyligi, samimiyligi bilan e'tiborni tortadi. Hikmatlar falsafly ruhda bo'lib, insonni o'ylashga, flkrlashga va o'ylarining ortidan yetishga chog'laydi. Zero, Konfutsiy so'zining o'zi «falsafa o'qituvchisi» degan ma'noni anglatadi.

Аннотация

Konfusiy insoniyat e'tirof etgan jahon miqyosidagi daho zotlardan biridir. Bu Hitoy faylasufi va mutafakkirining ta'limoti vatani tuprog'ida shakllanib, kamaol topgan bo'lsa-da, yillar, asrlar o'tib dunyodagi ko'plab xalqlarning ijtimoiy-siyosiy, adabiy-madaniy va axloqiy-ma'rifiy tafakkuriga barakali ta'sir ko'rsatdi…

Аннотация

Эрамиздан олдинги VI асрда яшаган буюк хитой файласуфи Конфуций ўзининг устозлик фаолияти ва ҳикматли фикрлари билан жаҳон маънавий ривожига алоҳида ҳисса қушган. Унинг ҳаётий фалсафаси ҳозирги кунгача ўз аҳамиятини йўқотмаган. Ушбу рисолага Конфуцийнинг шеърий тарздаги ҳикматлари жамланган.

Аннотация

Аннотация

Darslikning I qismi – Me'morchilik tarixi ikki bo'limdan iborat bo'lib, 1 -bo'limida jahon me'morchilik tarixi, 2 – bo'limida O'zbekiston milliy me'morchilik tarixi masalalari bayon etilgan. Kitobning II qismi – Fuqarolik binolar to'rtta bo'limni o'z ichiga oladi, uning 1 – bo'limida binolarni loyihalash asoslari, 2- bo'limida turar – joy binolari, 3 – bo'limida fuqarolik binolarining konstruksiyalari va 4 – bo'limida jamoat binolarining loyihaviy va konstruksiyaviy masalalari bayon etilgan. Darslikning ushbu III qismi – Sanoat binolari uch bo'limdan iborat bo'lib, 1 – bo'limida sanoat binolarini loyiqalash asoslari, 2 – bo'limida binolarning konstruksiyalari, 3 – bo'limida me'morchilik fanini o'qitish metodikasi yoritib berilgan. Kitobning barcha qismlari tarkibidan mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar ham o'rin egallagan.

Аннотация

Uch qismdan iborat bo'lgan me'morchilik darsligining ushbu ikkinchi qismida binolarni loyihalash asoslari (1-bo'lim), turar-joy binolari (2-bo'lim), fuqarolik binolarining konstruksiyalari (3-bo'lim) va o'ziga xos jamoat binolarining loyiha va konstruktiv masalalari (4-bo'lim) yoritilgan. Shuningdek, ishda mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar ham keltirilgan.

Аннотация

Risolada oila instituti tushunchasi va uning huquqiy maqomi, O'zbekiston Respublikasida oila institutini shakllantirishning nazariy-huquqiy asoslari, oilaviy munosabatlarni tartibga soluvchi O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, Oila kodeksi va qator qonun hujjatlarining qisqacha tahlili yoritilgan. Qo'llanma keng kitobxonlar ommasi va oilaviy munosabatlar bilan qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.

Аннотация

Ўзбекистон, ўзбеклар, Озодлик… Бу сўзлар Қутлибека шеърларида кўп такрорланади. Такрорланган сайин қалбга яқин келади, севимлироқ, азизроқ туюлади. «Айтсам ҳар товшимдан сачраб чиқар чўғ…» Шоира «мен»ини ўйлатган, куйдирмоқ қисматини бериб сийлаган қай куч, қай қудрат экан? Тўпламдан бу саволга ишончли жавоб топасиз.

Аннотация

Ushbu darslikda kasb-hunar ta'limining metodologik asoslari, tamoyillari va metodlari, o'qitish jarayonini tashkillashtirish va o'tkazish, kasb-hunar kollejlarida mustaqil ishlarni hamda bo'lajak kasb ta'limi o'qituvchisining kasbiy faoliyatini tashkil etish va talabalar bilimini baholash metodikalari bayon etilgan. Ushbu darslikdan malaka oshirish tinglovchilari va magistratura talabalari ham foydalanishlari mumkin.***В данном учебнике описываются методологические основы, принципы и методы профессионального образования, методики организации и проведения учебного процесса, организации самостоятельных работ, оценки знаний студентов а также профессиональной деятельности преподавателя колледжа. Данный учебник рекомендуется для студентов бакалавриата, магистратуры и слушателей курсов повышения квалификации.

Аннотация

Ushbu darslik qishloq xo'jaligi sohasida tahsil oladigan talabalarga «Matematika» fanini o'zlashtirishlariga yordam berish maqsadida tayyorlandi. Darslikka bakalavriyat talabalari uchun rejalashtirilgan o'quv soatiga mos mavzular kiritilgan. Har bir mavzu bo'yicha nazariy tushunchalar bayon etilib, namunaviy misol va masalalar yechib ko'rsatilgan.