Аннотация

"Kamolot kutubxonasi" rukni orqali taqdim etilayotgan navbatdagi kitobni qo'lga olishingiz bilan qalbingiz sevinchga to'ldi, to'g'rimi? Darhaqiqat, quvonchingizga sherik bo'ladigan, quvonchingizga sabab bo'ladigan yangi qahramonlar bilan endi Oskar Uayld ertaklari orqali tanishasiz. Tabiiyki, bu galgi ertak qahramonlari oldingilaridan biroz boshqacharoq, g'ayritabiiy xarakterga ega, ular bilan sodir bo'ladigan voqealar ham noodatiy.Demak, ertaklar olamiga yangicha hayrat va yangicha g'ayrat bilan sho'ng'iymiz.

Аннотация

Ушбу монографияда мураккаб жарёнларда компьютерли модел­лаш­тириш босқич­ларига атрофлича тўхталиб, кенг маънода тушунча берилган.Шунингдек, янги ноинвазив усул яратиш концепцияси, яъни қондаги глюкоза миқдорини биофаол нуқталарнинг биофизик параметр­лари ёрдамида аниқлаш, ва гли­кемия миқдорини баҳоловчи информатив биофаол нуқталар маж­муасини шакллан­тиришда мавжуд локал критериялар асосида кўп мезонли усул яратиш ҳақида тўлиқ маълумотлар берилган ва глюкометр датчигининг ноинвазив математик моделини яратиш ва модел адекватлигини баҳолаш мезонлари, уларни қўллаш қоидалари ҳақида маълумот берилган.Монография талабалар, докторантлар, шу соҳа мутахассислари ва про­фессор-ўқитувчилари учун мўлжалланган.

Аннотация

Mazkur o'quv qo'llanma talabalarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qurilish sohasida qo'llash tamoyillari va qurilish sohasini axborotlashtirish jarayonlaridagi o'rni va qo'llash sohasi bilan tanishtirib boradi. O'quv qo'llanmada turli dasturlar yordamida axborotlarni hosil qilish, qayta ishlash imkoniyatlari keng yoritilgan.O'quv qo'llanma texnika oliy o'quv yurtlari uchun mo'ljallangan bo'lib, mustaqil foydalanuvchilar ham foydalanishlari mumkin.

Аннотация

Mazkur o'quv qo'llanmada pedagogika institutlari boshlang'ich ta'lim yo'nalishidagi talabalar uchun amaliyotning barcha bosqichlarida umumiy o'rta ta'lim maktablaridagi o'quv-tarbiyaviy ishlar taqvimini o'rganish, ta'lim hamda ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy-boshqaruv ishlar jarayonini tashkil etish, ularni o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad va vazifalar, amaliyotlar dasturi, talabalar bajaradigan ish faoliyatining mazmuni, shuningdek, amaliyotlarni nazorat qilish, tashkil etish, baholashda qo'llaniladigan reyting tizimi va baholash me'yorlari, amaliyotlar jarayoniga doir me'yoriy hujjatlar va ularni rasmiylashtirish haqidagi barcha ma'lumotlar bayon qilingan. Uning ilova qismida talabalarning amaliyotlarda maqsadli foydalanishlari uchun metodik tavsiyalar va tegishli jadvallar berilgan.

Аннотация

Horazmlik havaskor shoir O'ktam Davletovning mazkur to'plami ijodkorning turli yillarda yozilgan she'rlaridan jamlangan. Shoirning ona-Vatan, muhabbat va vafo, sadoqat, samimiyat haqidagi she'rlari sizga manzur bo'ladi degan umiddamiz.

Аннотация

Ҳадисларнинг маънавий ҳаётимизга нақадар сингиб кетганлигини шундан ҳам билса бўладики, Турсуной Содиқованинг мазкур талқинлари мисоли жамиятнинг ойнаи ҳаёти, деб ўйлайсиз. Ўзига хос тарздаги ушбу талқинларни ўқиган ўқувчининг мушоҳада олами бойиб, мулоҳаза кўлами кенгайиб, ўзини қуршаб турган жамиятда ҳақиқий муомала одамига айлана боришига умид билдирамиз.

Аннотация

Азиз китобхон! Эзгулик йўлида яратилган, фақат яхшилик ва олижанобликка чорловчи ушбу китоб қалбингизни умрбоқий маънолар, энг покиза ният ва даъватлар ила обод этади, деган умиддамиз.

Аннотация

Taniqli ijodkor Tursunoy Sodiqovaning ushbu kitobi oila mavzusida. Kuyovlik ilmi, kelinlik ilmi, qaynotalik ilmi, qaynonalik ilmi haqida ta'sirchan tushunchalar beradi. Muallifning mazkur asari keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.

Аннотация

Ушбу китобда замонавий ўзбек болалар шеъриятининг айрим вакиллари ижоди ҳақида фикр-мулоҳазалар билдирилган. Муаллифлар уларнинг шеърияти хусусидаги нозик кузатишларини аниқ мисоллар ва жиддий асосли хулосалари билан баён этади.

Аннотация

"Qo'lingizdagi ushbu kitobda shoir Turob Niyozning bir necha yillar mobaynida yozilgan 1011 ta to'rtligi jamlangan. Bu to'rtliklar turli mavzularda bitilgan bo'lib, ularda vatan, xalq, mustaqillik va ona tilimizning hayotimizda tutgan o'rni, ahamiyati ohorli misralar orqali aks ettiriladi. Do'stlik, vatanparvarlik, saxiylik va mehmondo'stlik singari qadriyatlar ulug'lanadi. Shuningdek, muhabbat, yaxshilik va ezgulikning boqiyligi, yomonlikning esa umri qisqaligi ta'kidlanadi. O'ylaymizki, Turob Niyozning bu yangi she'riy guldastasi ham siz aziz kitobxonlarni xursand qiladi."