Аннотация

Mazkur o'quv qo'llanma kimyoviy texnologiya sohasi bo'yicha tayyorlanayotgan bo'lajak muhandis-pedagoglarning kasbiy ta'lim metodikasi fanidan nazariy bilimlarini puxta egallashlariga ko'maklashish, amaliy bilim va ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan bo'lib, undan oliy ta'lim muassasalari hamda kasb-hunar kollejlari o'quvchilari, soha tadqiqotchilari ham foydalanishlari mumkin.O'quv qo'llanmada keltirilgan ma'lumotlar 5111000 – Kasb ta'limi (Kimyoviy texnologiya) bakalavriatura yonalishi o'quv dasturi asosida yozilgan. O'quv qo'llanmada uzluksiz ta'limni standartlashtirish asoslari, ta'limning tarbiyaviy xususiyatlari, nazariy ta'lim tizimlari, o'quv rejalashtirish xujjatlari, kasb-hunar kollejlarida o'qitish jarayoni, mustaqil ta'limni tashkil etish, o'qitishda ko'rsatma, qo'llanmalar va texnika vositalaridan foydalanish, o'quv jarayonining uslubiy ta'minoti, o'quvchilarning kitob bilan ishlash, talabalar bilim, ko'nikma va malakalarini shakllantirish va baholash, ishlab chiqarish ta'limi asoslari hamda o'quv ustaxonalarida o'qitishga oid ma'lumotlar keltirilgan.

Аннотация

"Hozirgi zamon muhandisligi muammolarini jahon andozalari darajasida hal qila oladigan malakali mutaxassislarga bo'lgan talabni qondirish zarurati, ulardan zamonaviy texnik vositalardan unumli foydalana olish ko'nikmalarini egallashni taqozo etadi. Uning ilmiy-nazariy, metodik echimlarini topish, foydalanish tamoyillari va mezonlarini belgilash hamda eng qulay metodlar tizimini yaratishni ko'zda tutadi. Ushbu monografiyada muhandislar tayyorlash ahvolini muayyan bir paytda tanlanma-statistik o'rganish yordamida uning matematika sohasida pasayishining ba'zi sabablarini o'rganish va kelgusida oliy texnika o'quv yurtlarida ta'lim sifatini algoritmik metod va kompyuter yordamida oshirishning didaktik modelini yaratish keng yoritilgan. Monografiya oliy texnika o'quv yurtlari o'qituvchilari, talabalari va ilmiy tadqiqot olib borayotgan barcha oliy ta'lim xodimlari uchun dasturilamal bo'lib xizmat qiladi. "

Аннотация

"Jizzax viloyati tabiati va uni muhofaza qilish" mavzusidagi monografiya A7-HT-0-30670 raqamli «Aydar-Arnasoy ko'llar tizimining shakllanishi, dinamikasi va atrof-muhitga ta'sirini tadqiq qilish» yo'nalishidagi ilmiy-amaliy-tadqiqot doirasida bajariladi.

Аннотация

Mazkur risola O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan lizing shartnomasiga bag'ishlangan. Unda lizing shartnomasi tushunchasi, huquqiy belgilari, ob'ektlari va sub'ektlari, shartnomaning shakli va mazmuni, shartnoma bo'yicha taraflarning javobgarligi va bekor bo'lishi kabi masalalar yoritilgan. Risola oliy o'quv yurtlarining «Yurisprudensiya» ta'lim yo'nalishining bakalavriyat bosqichi talabalariga va lizing shartnomasini o'rganishga qiziquvchi kitobxonlarga qo'shimcha manba bo'lib xizmat qiladi.

Аннотация

"Lotin tili va tibbiy farmatsevtik terminologiya asoslari" fani o'quv qo'llanmasi tibbiyot oliygohi talabalari uchun fan namunaviy dasturi asosida yozildi. O'quv qo'llanma 3 ta yo'nalish – anatomiya, klinika va farmatsevtika bo'limi uchun kiritilgan bo'lib, u fundamental va muta­xassislik fanlarini integral o'qitishda talabalarga, ilmiy izlanuvchilarga yaqindan yordam beradi.Uch bo'limdan iborat bo'lgan mazkur qo'llanmada barcha grammatik mavzular keng yoritildi. Stomatologiya oliygohi barcha fakultetlari uchun leksik minimumlar hamda nazorat ishlari variantlari kabi qismlar kiritildi.Mazkur qo'llanmaning maqsadi talabalarni lotin tilida tibbiy matnlarni o'qish, anatomik atamalarni tarjima qilish va tushunishga tayyorlash, bemorga klinik tashxisni to'g'ri qo'yish, terminlarni grammatik va orfografik jihatdan retseptni to'g'ri yozishdir.Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat stomatologiya institu­tining barcha fakulteti birinchi kurs talabalari uchun lotin tili fanini o'zlashtirishda tavsiya etiladi.

Аннотация

Boshlang'ich sinf o'quvchisining tafakkuri o'ziga xosdir: bu esa unda turli tafakkur shakllariga doir qobiliyatlar hali rivojlanmaganligi bilan ifodalanadi. Tabiiyki, bu o'qitishda ma'lum qiyinchiliklar yaratadi. Bu yoshda bolalar yuqorida tilga olingan logik operatsiyalarni egallaydilar. Bu ona tili, matematika kabi matkab o'quv fanlarini o'rganishda yaqqol ko'rinib turadi. Ushbu qo'llanma bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari, magistrantlar, pedagogika yo'nalishidagi kasb-hunar kolleji o'quvchilari uchun mo'ljallangan.

Аннотация

В монографии представлены результаты исследования очистки газовых выбросов энергетических установок от кислых компонентов, включая продуктов неполного горения, с разработкой технологии полу­чение из очищенной газовой смеси диоксида углерода, для привлечения последнего в качестве сырья в других технологических процессах, с целью снижение количество выбросов газов с парниковым эффектом в атмосферу, а с другой стороны экономию природных сырьевых ресурсов с привлечением в производственный оборот диоксида серы, имеющие место в составе газовых выбросов энергетических установок, а также диоксида углерода другого производственного происхождения.Монография предназначена для профессорско-преподовательс­кого состава ВУЗов, научных работников и специалистов, старших научных сотрудников – соискателей, магистрантов, студентов соответствующего профиля, а также для специалистов отраслей экономики.

Аннотация

"Ushbu monografiyada davlat budjeti sohasidagi islohotlarning uzviy davomiyligi bo'lgan maqsadli jamg'armalardan samaradorligini oshirishning o'ziga xos xususiyatlari ochib berilgan. Davlat moliyasini boshqarish yo'nalishlaridan biri bo'lgan budjetdan tashqari jamg'armalar bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan. Mazkur monografiyada iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish sharoitida maqsadli jamg'armalarning ahamiyati, uning ilmiy-nazariy qarashlar evolutsiyasi, xorijiy davlatlar tajribalari hamda bugungi kundagi holati, davlatning maqsadli jamg'armalar tizimini joriy qilish va barqarorligini ta'minlash chora-tadbirlari o'z ifodasini topgan. Monografiyani tayyorlashda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlaridan, Respublika qonunlari va boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlaridan hamda mamlakat iqtisodiy hayotiga tegishli rasmiy statistik ma'lumotlardan o'z o'rnida foydalanilgan. Ushbu monografiya iqtisodiy yo'nalishdagi oliy o'quv yurtlarining talabalari, magistrlari, shuningdek, ilmiy izlanuvchilar hamda davlat maqsadli jamg'armalari bilan qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo'ljallangan. Mazkur monografiya F-1-90 «Tejamkorlikning konseptual asoslari va uning ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari» mavzusidagi ilmiy grant doirasida tayyorlangan."

Аннотация

Ushbu monografiyada ajdodlar ma'naviy merosida reproduktiv xulq, sog'lom oila qurish, barkamol avlod tarbiyasiga doir masalalarning echimlari tahlil etiladi. Bola tarbiyasiga ta'sir etuvchi ijtimoiy va tabiiy omillar o'rni, ya'ni oiladagi shaxslararo munosabatlar, homiladorlik davridagi e'tiborli jihatlar hamda reproduktiv ko'rsatmalar ahamiyati haqida so'z boradi. Har qanday ota-ona bola tug'ilgandan keyin o'z zimmasiga yangi vazifani qabul qiladi. Bu so'zsiz tarbiya masalasi bo'lib, u o'z ichiga bolani sog'lom o'stirish, ta'lim berish, tarbiyalash, oyoqqa qo'yish, voyaga etgach uylantirish va boshqa qator vazifalarni o'z ichiga oladi. Monografiyada ota-onalar, pedagoglar, yaqin qarindoshlarning bolalarga bo'lgan munosabatlari har tomonlama yoritilibgina qolmasdan, balki bolaga bo'lgan e'tibor kelajakka ham bo'lgan e'tibor ekanligini tushuntirishga xizmat qiladi, degan umiddamiz. Olingan ilmiy-nazariy bilimlar asosida amaliyotchi psixologlar, barcha toifadagi pedagoglar, ijtimoiy moslashuv markazlari xodimlari va ota-onalar uchun amaliy ko'rsatma va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Monografiya pedagog va mutaxassis psixologlar, tibbiyot xodimlari, kelgusida ota-ona bo'lishni rejalashtirgan yoshlarga va ayni damda ota-onalarga, talabalarga, o'quvchilarning keng ommasiga o'qish va foydalanish uchun taqdim etiladi.

Аннотация

Darslikning ushbu I qismi – Mе'morchilik tarixi ikki bo'limdan iborat bo'lib, 1 – bo'limida jahon mе'morchilik tarixi, 2 – bo'limida O'zbеkiston milliy mе'morchilik tarixi masalalari bayon etilgan. Kitobning II qismi – Fuqarolik binolari to'rtta bo'limni o'z ichiga oladi, uning 1 – bo'limida binolarni loyihalash asoslari, 2 – bo'limida turar – joy binolari, 3 – bo'limida fuqarolik binolarining konstruksiyalari va 4 – bo'limida jamoat binolarining loyihaviy va konstruksiyaviy masalalari bayon etilgan. Darslikning III qismi – Sanoat binolari uch bo'limdan iborat bo'lib, 1 – bo'limida sanoat binolarini loyihalash asoslari, 2 – bo'limida binolarning konstruksiyalari, 3 – bo'limida mе'morchilik fanini o'qitish mеtodikasi yoritib bеrilgan. Kitobning barcha qismlari tarkibidan mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar ham o'rin egallagan.