Аннотация

Maktublar tarzida yozilgan ushbu asarda dastlab ayol makri, ayni makonda «xotin dushmani» deya laqab olgan Homongolosga nisbatan Soraning o'ch olish rejasi, ikkinchi qismda esa Homongolosning kechinmalari-yu, nega «xotin dushmani» ekanligi tushuntirib beriladi…"To'kilgan yaproqlar"da o'rta toifaga mansub bir oilaning fojiasi qalamga olingan. Asarning bosh qahramoni Ali Rizobey bolalarning o'zligidan, axloqiy qadriyatlardan tobora uzoqlashib, yo'qlik tomon yuz tutishlariga chorasizlikdan tomoshabin bo'lar ekan, farzandlarini azim daraxtning sarg'ayib to'kilayotgan yaproqlariga o'xshatadi. Yanada dahshatlisi – asar so'nggida Ali Rizobey yaproqlari to'kilgan daraxtdek g'urur va hatto hayotiy maslagidan ham ajraladi. Yozuvchi uslubi va tarjimon mahorati mahsuli bo'lgan har ikkala roman adabiyot ixlosmandlariga manzur bo'ladi, degan umiddamiz.

Аннотация

"Юрган дарё, ўтирган бўйра", дейди доно халқимиз. Дунё кўриб, дунёларни кашф этишга нима етсин! Бу билим ва сабоқлар она юртинг равнақига ҳисса қўшишини англасанг, нур устига нур!"Беш денгиз оша" китобида ёш қахрамоннинг ўз орзу- мақсадларига етишиш йўлидаги интилишлари ҳақида ҳикоя қилинади. У молиявий оламнинг биз билган билмаган сир-асрорлари борасида бой маълумот бериши билан ҳам аҳамиятлидир. Китоб ўз ҳаётини яхшилаш ва фаровонлигини оширишни истаган кенг ўқувчилар доирасини қизиқтиради, деган умидцамиз.

Аннотация

Розия Тужжор ҳозирги замон Эрон адабиётининг йирик намояндаларидан биридир. Асосан, ҳикоя жанрида қалам тебратиб келаётган адибанинг бир неча ҳикоялар тўплими дунё юзини кўрган, айрим ҳикоялари эса турли тилларга таржима қилинган. Розия Тужжор ўзига хос услубда ёзади. Унинг ёзганлари фалсафий мушоҳадалар билан бойлиги, тил ва услуб гўзаллиги ҳамда ижтимоий муаммоларнинг ўртага қўйилиши жиҳатидан бошқа ёзувчиларнинг асарларидан ажралиб туради. Розия Тужжор шарқона тафаккур билан дунёга қарайдиган сюрреалист ёзувчидир. У кўпроқ қаҳрамонларининг руҳий кечинмалари ва ботиний ҳолатларини моҳирона тасвирлашга интилади.

Аннотация

Юртнинг асосий бойлиги – одамлари, хонадонлари. Қадимий кечмиш­га эга бўлган ўзбек диёрида тагли-тугли оилалар, сулолалар жуда кўп. Совет тузуми одамлар тақдирига салбий таъсир кўрсатганидек, қадриятлар бобида ҳам бемисл тажовуз, зуғумни амалга оширган эди. Уруғ-ай­моғини, бобокалонларни билиш, ўзликни таниш, элпарварлик қатағонга тортилган эди. Мазкур «Авлоднома» икки жилдлигининг 1-китоби «Оқар дарё»да бир хонадон ортда қолдирган йиллар, замона зайли, катта рўзғор­ни тиклаш, эл ишига фидойилик, тўғрилик талқин этилади. Бош қаҳра­мон туҳмат-бўҳтонларда синовдан ўтади, ноҳақ қамалади, ўзи яхшилик қилган нокаслардан етказилган изтироблар исканжасида шаънини, ор- номусини сақлаб қолади. Асар воқеалари ХХ аср Совет даври учун хос бўл­ган зиддиятлар асосида ёритилади, инсон лаёқати, садоқати, меҳнатининг қадрсизланиши, аксинча, шўрофурушлик, иғво, амалпарастликнинг қўл­лаб-қувватланиши ёрқин ифода этилади.Азалий сулолавий удумлар ҳақлигига ишонч, ёруғ кунлар умиди – яшовчанлик омили бўлади. Оиланинг бардавомлиги Ватан тарихига уйғун тасвирланади.

Аннотация

"O'z asarlari bilan jahon ilm-fani tarixida o'chmas iz qoldirgan buyuk allomalardan biri Muhammad Horazmiydir. Mazkur qissada allomaning hayot yo'li va boy ilmiy merosi qiziqarli hikoya qilingan."

Аннотация

Taniqli adib va olim Pirmat Shermuhamedovning ushbu navbatdagi asari o'tmishdagi ilm-fanning yorug' yulduzlaridan biri Abu Nasr Forobiy haqida. Adib yangi asarida Forobiy bobomizning ilm-fandagi ulug' xizmatlarini, ilmiy faoliyatini o'ziga xos uslubda tasvirlashga harakat qilgan. O'ylaymizki, mazkur asar ham muhtaram o'quvchilarimiz uchun ajoyib tuhfa bo'ladi.

Аннотация

Mahoratli yozuvchi Pirimqul Qodirovning ushbu asari o'zbek adabiyotining eng sara tarixiy romanlari sirasiga kiradi. Unda Movarounnahrdek ulkan saltanatning parchalanib ketishi, Temuriylar sulolasining inqirozi, hokimiyatga erishish ilinjida taxt talashib, bir-birlariga qilich ko'targan og'a-ini, tog'a-jiyanlarning fojiaviy qismati aks ettirilgan.Roman voqealari orqali o'quvchi tarixda Temuriylar o'rtasidagi nizolar, fitna, fisq-u fasod tufayli yuzaga kelgan qonli urushlar, ayovsiz xunrezliklar oqibatida behad qonxo'r beklar zulmidan sillasi butkul qurigan xalqning g'oyat nochor ahvoli va uyushqoqlikdan bexabar Temuriylarni Shayboniyxon qanchalar oson mahv etgani bilan tanishadi.Asarning bosh qahramoni mirzo Bobur odamlardagi bemehrlik, bir-birini ko'rolmaslik, xudbinlik, xiyonat singari jirkanch illatlar bilan g'oyat erta, o'n ikki yoshida taxtga o'tirganida ro'baro' bo'ldi. Taqdirning ayanchli zarbalaridan zada bo'lgan shohning kuygan yuragi – shoir qalbi qalandarlikni ixtiyor etgani ajab emas.Asar mutolaasi davomida butun umr Vatan ishqida yonib, sog'inch bilan o'rtanib, «Jonimdin o'zga yori vafodor topmadim…» deya iztirob chekkan bobokalonimiz dardi kitobxon qalbini larzaga soladi.

Аннотация

Mahoratli yozuvchi Pirimqul Qodirovning ushbu asari o'zbek adabiyotining eng sara tarixiy romanlari sirasiga kiradi. Unda Movarounnahrdek ulkan saltanatning parchalanib ketishi, Temuriylar sulolasining inqirozi, hokimiyatga erishish ilinjida taxt talashib, bir-birlariga qilich ko'targan og'a-ini, tog'a-jiyanlarning fojiaviy qismati aks ettirilgan.Roman voqealari orqali o'quvchi tarixda Temuriylar o'rtasidagi nizolar, fitna, fisq-u fasod tufayli yuzaga kelgan qonli urushlar, ayovsiz xunrezliklar oqibatida behad qonxo'r beklar zulmidan sillasi butkul qurigan xalqning g'oyat nochor ahvoli va uyushqoqlikdan bexabar Temuriylarni Shayboniyxon qanchalar oson mahv etgani bilan tanishadi.Asarning bosh qahramoni mirzo Bobur odamlardagi bemehrlik, bir-birini ko'rolmaslik, xudbinlik, xiyonat singari jirkanch illatlar bilan g'oyat erta, o'n ikki yoshida taxtga o'tirganida ro'baro' bo'ldi. Taqdirning ayanchli zarbalaridan zada bo'lgan shohning kuygan yuragi – shoir qalbi qalandarlikni ixtiyor etgani ajab emas. Asar mutolaasi davomida butun umr Vatan ishqida yonib, sog'inch bilan o'rtanib, «Jonimdin o'zga yori vafodor topmadim…» deya iztirob chekkan bobokalonimiz dardi kitobxon qalbini larzaga soladi.

Аннотация

Primqul Qodirov «Yudduzli tunlar»ing mantiqiy davomi sanalmish Boburning sadoqatli, jasur farzandi Humoyun va nabirasi – tarixda «chinakam daho shaxs» deb nom olgan Akbar hayoti haqida hikoya qiluvchi «Avlodlar dovoni» («Akbar») romanini 80-yillarda yaratgan. Asarda pok sevgi, insoniy mehru muhabbat, shavqu shijoat tarixiy qahramonlar qiyofasida yorqin aks ettirilgan.

Аннотация

Jahon adabiyotining etuk namoyandalaridan biri Paulo Koeloning mazkur asarida inson ruhiyatining evrilishlari mahorat bilan ochib berilgan. Unda betakror taqdir egalarining qismatini tasvirlash asnosida yovuzlik va ezgulik, nafs va sabr, nafrat va muhabbat, iymon va gunoh singari umuminsoniy mavzular to'g'risida bahs ketadi.