Аннотация

Аннотация

"Ushbu o'quv qo'llanmada xarita va atlaslarga badiiy bezak berish, shrift va fonlarga rang berish, rangli va soya-nur asosida relyefni jihozlash, xaritalarni nashrga tayyorlashda zamonaviy kompyuter texnologiyalarni qo'llash hamda chop etishda xaritalarni rasmiylashtirish va nashrga tayyorlashga oid ma'lumotlar berilgan. O'quv qo'llanma kasb-hunar kollejlarining geodeziya va kartografiya yo'nalishi bo'yicha ta'lim olayotgan o'quvchilar uchun mo'ljallangan."

Аннотация

Ushbu darslik A.Obidovning umumiy tahriri ostida yozilgan bo'lib, unda O'zbekiston qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi tizimi va rivojlanish istiqbollari, jahonda qishloq xo'jaligining mexanizatsiyalashtirilishi haqida umumiy ma'lumotlar, respublikamizning mustaqillik yillaridagi qishloq xo'jalik texnikalari va ularning rivojlanish istiqbollari, qishloq xo'jaligi texnikasining yaratilishi va ishlab chiqarishga joriy etilishi, qishloq xo'jalik texnikalaridan samarali foydalanish va takomillashtirishning mamlakatimizda hamda rivojlangan chet davlatlardagi istiqbollari, dehqonchilikni mexanizatsiyalashtirish qurollari va mashinalarining yaratilishi kabi ma'lumotlar keltirilgan bo'lib, 5410100 — Agrokimyo va agrotuproqshunoslik yo'nalishi talabalariga tavsiya etilgan. Undan qishloq xo'jaligi mutaxassislari ham keng foydalanishlari mumkin.

Аннотация

"Монография посвящена совершенствованию конструкций рабочих органов и методики динамического анализа машинных агрегатов пильного джина, а также обоснованию параметров системы. Монография предназначена для научных работников, студентов магистратуры, занимающиеся проектированием машин первичной обработки хлопка.

Аннотация

Mazkur o'quv qo'llanma «Mustahkam oila ildizlari» deb nomlanib, muqaddas qadriyatlarimizdan kelib chiqqan holda, oilaning mustahkamligini saqlashning ilmiy-tahliliy uslublarini ko'rsatib beradi. O'zbekistonda 2012 yilni «Mustahkam oila yili» deb e'lon qilinishi ushbu o'quv qo'llanmaning ahamiyatini bir karra oshirdi. Qo'llanma hayotiy tajribalar, ko'plab ilmiy anjumanlar va davra suhbatlarida to'plangan ma'lumotlarga asoslanib, nafaqat oliy va o'rta maxsus oliy o'quv yurti talabalari uchun, balki keng kitobxonlar ommasi uchun ham mo'ljallangan.

Аннотация

Mazkur qo'llanma bo'lg'usi pedagoglarning kasbiy ko'nikma, malakalarini amaliy jihatdan shakllantirishda, kommunikativ, konstruktiv xususiyatlarini tarkib toptirishda foydalaniladi. Qo'llanma pedagogik texnologiya, uni loyihalashtirish va ta'limning pedagogik-psixologik omillarini yoritib berish bilan birga, amaliy psixologiyaning o'ziga xos usullarini qo'llanish mohiyatini ilmiy asoslashga alohida urg'u berib o'tilganligi bilan diqqatga sazovordir. O'quv qo'llanma pedagogika oliy ta'lim muassasalari bakalavr bosqichi talabalari hamda o'qituvchilar va mazkur sohaga qiziquvchi keng omma uchun mo'ljallangan.

Аннотация

Ushbu monografiya milliy iqtisodiyotda ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini va iqtisodiy faoliyati samaradorligini ta'minlash, iqtisodiy resurslar unumdorligini oshirish va tannarxni kamaytirish bo'yicha belgilangan me'yorlarga erishish, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirib borish, barcha turdagi resurslardan unumli foydalanish, boshqacha aytganda qat'iy tejamkorlik tizimini joriy qilishga bag'ishlangan. Shu bilan birga tejamkorlik tamoyillarini aniqlash va uni amalga oshirishda ilmiy uslubiy asoslarni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar berilgan. Mazkur monografiyadan iqtisodchilar, mustaqil tadqiqotchilar, magistrlar, talabalar va muammoga qiziquvchi barcha kitobxonlar foydalanishlari mumkin.

Аннотация

Литературное наследие С.П. Бородина уже много лет находится в центре внимания филологов. Тем не менее, многие вопросы поэтики этого художника слова остаются вне поля зрения исследователей. Настоящая монография стремится в некоторой степени восполнить этот пробел. Для работы над прозой С.П. Бородина были привлечены новые материалы, выявленные в ходе четырёхлетнего изучения литературного архива писателя, находящегося в Государственном литературно-мемориальном доме-музее С.П. Бородина. Издание адресовано как узким специалистам в области гуманитарных наук, так и широкому кругу читателей.

Аннотация

В методическом пособии рассматриваются актуальные вопросы педагогики здоровья, направленные на повышение здоровьесберегательного потенциала образования, на основе ознакомления с современными взглядами на различные аспекты здоровья, его изменения под влиянием факторов окружающей среды. Особое внимание обращено на рассмотрение вопросов здоровьесбережения под влиянием компонентов здорового образа жизни и правильной организации и управления здоровьетворческой деятельности образовательных учреждений на разных этапах системы непрерывного образования.

Аннотация

Mаzkur qo'llаnmаdа mаktаbgаchа tа'lim muаssаsаsi tаrbiyalаnuvchilаrini o'zigа хоs ijtimоiy psiхоlоgik хususiyatlаri, bоlаlаrning mе'yoriy rivоjlаnish mеzоnlаri, mаktаbgаchа tа'lim muаssаsаlаrida ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va tаrbiyachi mahorati, mаktаbgаchа tа'lim yoshidаgi bоlаlаr ta'lim-tarbiyasida qo'llaniladigan o'yinlarning psiхоlоgik хususiyatlаri, ulаr bilаn o'tkаzilаdigаn kоrrеksiоn-rivоjlаntiruvchi o'yin-mаshg'ulоtlаr, bоlаlаrni mаktаb tа'limigа tаyyorlаsh hаmdа mаktаbgаchа tа'limgа оid аsоsiy tushunchаlаrning izоhli lug'аti kеltirilgаn. Qo'llаnmа mаktаbgаchа tа'lim muаssаsаsi tаrbiyachilаri, shu yo'nаlishdа oliy o'quv yurtlarida tаhsil оlаyotgаn tаlаbаlаr vа оtа-оnаlаr uchun mo'ljallangan.