Аннотация

Inson salomatligini ta'minlash va turli xil kasalliklardan himoyalanishda sog'lom turmush tarzining asosiy omillaridan biri to'g'ri (ratsional) ovqatlanishdir. Kitobda to'g'ri ovqatlanish qoidalari zamonaviy fiziologiya, biokimyo, ekologiya hamda tibbiyot yutuqlariga suyangan holda bayon qilingan. Unda, dastavval, hazm a'zolarining qisqacha funksiyalari, makrova mikronutriyentlarning o'ziga xos xususiyatlari, manbalari, ularni iste'mol qilish me'yorlari, ushbu oziq moddalarining tanqisligida va ularni keragidan ziyod iste'mol qilinganida kelib chiqadigan salbiy oqibatlar batafsil yoritilgan. Shuningdek, yilning har xil fasllarida, mamlakatimiz iqlim sharoitida turli kasb egalarining hamda yosh bolalar, o'quvchilar, talabalar, homilador va emizikli onalar, keksalarning to'g'ri ovqatlanish tamoyillari bayon qilingan. Kitob ovqatlanish masalalari bilan shug'ullanuvchi mutaxassislar, shu sohani o'rganuvchi talabalar, biologlar, ekologlar hamda keng xalq ommasi uchun mo'ljallangan.

Аннотация

Инсоннинг кексайиши,қариши табиий жараёндир. Бунда танадаги барча аъзо ва тизимларнинг функционалимкониятлари камайиб боради. Бу жараённи имкон қадар кечиктириш кўп жиҳатдановқатланишга боғлиқ. Мазкур китоб кексалар ва қарияларнинг турли касалликларданҳимояланиб узоқ умр кўришларида муҳим омил ҳисобланган тўғри ва соғломовқатланиш ҳақида батафсил маълумот беради.

Аннотация

Аннотация

Hozirgi zamon pedagogik va axborot texnologiyalarini o'quvtarbiya jarayoniga o'rinli va mohirona qo'llash o'quvchilarning mavjud imkoniyat va aqliy qobiliyatlarini, intellektual faolligini oshishini, ijtimoiy munosabatlar tizimida o'z o'rnini to'g'ri belgilashiga yordam beradi. Mazkur qo'llanmada bayon qilingan pedagogik texnologiyalardan har bir o'qituvchi o'z mahorati, tajribasi, ta'lim-tarbiya maqsad va mazmunidan kelib chiqib foydalanishi lozim. Qo'llanmada pedagogik texnologiyalarni o'quv-tarbiya jarayoniga qo'llashning o'ziga xos xususiyatlari bayon qilingan. Qo'llanmada bayon qilingan pedagogik texnologiyalardan uzluksiz ta'lim tizimining barcha bo'g'inlarida maqsadga muvofiq foydalanish mumkin.

Аннотация

Kommunal gigiyena – aholi turar-joylari gigiyenasi bo'lib, mazkur kitob shu haqidagi ilmiy dastur hisoblanadi. Qo'lingizdagi ushbu o'quv adabiyotida aholining sihat-salomatligi, uning turmush-tarziga tashqi omilning ta'siri xususida so'z borib, unga har tomonlama baho beriladi. Shuningdek, darslikda Respublikada aholi turar-joylariga tashqi ta'sir etuvchi omillarni kamaytirish, ularning oldini olish, bundan aholini ogohlantirish va kundalik sanitariya nazoratini tashkil etish kabi masalalarni hal etish yo'l-yo'riqlari haqidagi bilimlar o'quvchilarga ishonarli qilib tushuntiriladi. Shular qatorida turar-joy loyihasi va ularni rejalashtirish, aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash, suv havzalari, tuproq muhofazasi, aholi turar-joylarida kimyoviy, biologik va fizik ta'sirlarning ginetik ahamiyati, qishloq xo'jaligida zaharli ximikatlarning keng ko'lamda ishlatilishi natijasida tashqi muhit obyektlari (suv, tuproq, havo)da ro'y beradigan o'zgarishlar va ularniig oldini olish masalalari to'g'risida ham ma'lumotlar keltirilgan. Darslik O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan shu yo'nalishdagi oliy o'quv yurtlari uchun zarur deb topildi va sanitariya- gigiyena qonun-qoidalariga, rejalariga asoslanib tuzildi. Bunda O'rta Osiyo davlatlarining o'ziga xos geografik iqlim sharoitlari ham hisobga olingan.

Аннотация

Ушбу ўқув қўлланмада меҳнат бозори инфратузилмаси, меҳ­нат бозори инфратузилмасининг функционал элементлари ва тарки­бий қисмлари, уларнинг ўзаро алоқадорлиги, ривожланиш мезон­лари ва кўрсаткичлари, унинг ривожланиши бўйича хори­жий ёнда­шувлар, меҳнат бозори инфратузилмасининг ривожла­ниш ҳолати ва унга таъсир этувчи ижтимоий-иқтисодий омиллар, давлат ва нодавлат иш билан бандлик хизмати фаолиятининг асосий йўна­лишлари, иш билан бандликка кўмаклашиш ва аҳо­лини ижтимоий ҳимоялаш марказлари хизмати, уларнинг фао­лият­лари самарадор­лигини баҳолаш усуллари, меҳнат бозорида ҳудудий ахборот ти­зимининг шаклланиш йўналишлари ва усул­лари, меҳнат бозори инфратузилмасининг тартибга солиш меха­низмлари ва ташкилий таркиблари фаолиятларининг истиқбол­лари каби ижтимоий-иқти­содий муаммолар кенг ёритилган.Қўлланма олий ўқув юртларининг иқтисодий таълим йўна­лишлари талабалари, магистрлари, шунингдек, меҳнат бозори инфратузилмасини ривожлантириш билан шуғулланувчи иш билан бандлик хизмати ходимлари ва мутахассислар ҳамда ушбу соҳага қизиқувчиларга мўлжалланган.

Аннотация

Ushbu monografiyada muallifning ko'p yillik ilmiy tadqiqotlari natijalarining mahsuli sifatida bozor iqtisodi munosabatlari rivojlanishi sharoitida qishloq mehnat bozori shakllanishi va rivojlanishini kompleks ekonometrik modellashtirish metodologiyalari va bu jarayonni aprobasiyalashning metodik asoslari batafsil aks ettirilgan, shuningdek, yaratilgan iqtisodiy-matematik apparat va mexanizmlar negizida mazkur bozor rivojlanishining strategik konsepsiyasi ishlab chiqilganligi qayd qilingan. Monografiya iqtisodchi olimlar, ilmiy tadqiqotchilar va pro-fessoro'qituvchilar uchun mo'ljallangan.

Аннотация

""«Кompyuter dasturlari asosida qurilish konstruksiyalarini hisoblash va loyihalash»" fanidan yaratilgan o'quv qo'llanmada qurilish konstruksiyalarini avtomatik ravishda hisoblash va loyihalash masalalarini yechish bo'yicha ilk saboqlar berilgan. Matematik modellashtirish usullari va texnologiyalari har tomonlama ifodalangan. Chekli elementlar modellarini qurish usullari taqdim qilingan. O'quv qo'llanma qurilish yo'nalishlari bo'yicha ta'lim olayotgan oliy o'quv muassasalari talabalari, magistrantlar, o'qituvchi va loyiha lash tashkilotlari qurilish muhandis xodimlari uchun mo'ljallangan."

Аннотация

Аннотация

Mazkur о'quv qо'llanma 5110800 ‒ «Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi» ta'lim yо'nalishi «Tasviriy san'at о'qitish metodikasi» о'quv fanining muhim kursi – Pedagogik tasvirlar ishlashning nazariy va amaliy asoslarini о'rgatishga bag'ishlangan. Kitobda bо'lajak pedagog – rassomlar tayyorlashda pedagogik rasmning ahamiyati keng yoritilgan.