Скачать книгу

itargan edim, zanjiri omonat ekanmi, sharaqlab ochilib ketdi. Qarasam… birov yerga muk tushib yotibdi. Ustozim, Salim Qaror! Sharpani sezib, u apil-tapil yerdan nimanidir yigishtirib olib, stoli tagiga urib yubordi. Joynamozmi? Keyin belini ushlagancha inkillab o‘rnidan turdi-da, hadaha stol ustida yotgan allanimani kafti bilan bosdi va sath bo‘ylab surib borib, bilintirmaygina cho‘ntagiga solib qo‘ydi. Qizil narsa, hujjatga o‘xshaydi…

      – Keling-keling, jiyanjon, sahifa hali tayyor bo‘lmabdi, – dedi Salim Qaror gunohkorona ohangda va nolish bilan ilova qildi: – Qurg‘ur bel og‘riydi. Shunga birpas yonboshlab olay deb…

      Gapni olib qochishini! Namoz o‘qir ekansan, ochiq o‘qiyvermaysanmi, menga nima? Bundan chiqdi, kunduzlari meni nariga xonaga chiqarib yuborib… Uzoq-uzoq qolib ketsam ham indamasliganing sababi bu yoqda ekan-da, hah, mug‘ambir! Lekin, anovi nimarsa edi? Nega tura solib shunga yopishdi?..

      O‘sha oqshom Salim Qarorni tanib bo‘lmay qoldi. Allanechuk jonsarak, yaltoqi, odatdagidan sergap. Uzi choy damlab, menga manzirat qilgan. Sahifalarga to‘liq imzo chekib bo‘lindi hamki, uyga ketishga shoshilmaydi. Zarofatdan yiroq ko‘ringan to‘nkamijoz kimsa, mendan she’r tinglab charchamaydi. O‘tgan-ketgan hangomalardan so‘z ochadi. “Otangizdan so‘rang-da”. Ketayotganimizda, bobom tengi odam, ustozim, bir qadam uyimizga kajavali mototsiklida eltib qo‘ymoqni taklif qildi… Taajjub!

      Salim Qaror ertasi ishga kelmadi. “Betobman”, debdi sim qoqib. Ikki kundan keyin otpuska so‘rab o‘g‘li orqali ariza yubordi.

      Bebosh qolganimni ko‘rib, muharrir meni intiq bo‘lib yurganim – madaniyat bo‘limiga o‘tkazdi. Sho‘xshan ulfatlar davrasida yurib, kuz kelib qolganini sezmabman. Sevimli Toshkentimga jo‘nadim.

      Salim Qarorni boshqa ko‘rmadim. Keyingi yili kelganimda redaktsiyaga kirib surishtirsam, “Shu ukkag‘arni sen bir balo .kilib ketding-ov, shoir, – dedi kulib Nazir aka. – O‘sha bo‘yi qaytib ishga chiqmadi. Ko‘z qurg‘ur xat ishiga yaramay qoldi, deb boshqa sohaga o‘tib ketdi. Bog‘dorchilik brigadasiga qorovul deb zshitaman. Ko‘cha-ko‘yda ko‘rinmaydiyam”. Bu jumboqdan boshim qotdi.

      Unutilmas ustozim haqida bilganim mana shular. Keyin-keyin u xotiramdan ham ko‘tarilib ketay degan ekan, bugun kelib…

      Bog‘ko‘chalar bo‘ylab bir oz aylangach, devorlari nuragan, xarobroq hovliga yetib mashinadan tushdik. Ota-bola sipo tortib, qiyshayib qolgan qadimiy darvoza orqali “keling-keling”siz, to‘ppa-to‘g‘ri hovliga kirib bordik. Etakdagi egri o‘sgan olma tagida odam ko‘rinib, o‘sha yoqqa yurdik.

      Zarang yerga to‘shalgan sholchada ikki-uch kishi “manqa” gurung qilib o‘tiribdi. Borib biz ham cho‘kkaladik. To‘rda, yuzlari qat-qat ajin, qabariq ko‘zoynak taqqan ko‘hna bir mo‘ysafid chilcho‘p oyoqlarini betakallufona chalchaytirgancha yostiqqa yonboshlab mudrab yotibdi. Beriroqda undan tetikroq yana bir qariya, to‘xtab-to‘xtab sherigiga gap beradi. Poygakda do‘ppi-belbog‘li kayvonisifat bir yigit. Gap-so‘zlaridan – marhumning jiyani. O‘g‘li negadir ko‘rinmaydi.

      Bosh irg‘ab salom-alik. Duoi fotiha. Keyin bafurja hol so‘rashuvga o‘tildi.

      Fursatdan foydalanib men hovli-tuzga ko‘z yugurtirdim. Do‘ppidekkina, tor. Mahalliy sharoitga sira to‘g‘ri kelmaydi, bamisoli shaharhovli. Vaqti-zamonida birmuncha obodroq bo‘lgan uy-joy ham endi xarob, fayzi ketgan. Hammayoq patarot, olmalarni qurt kemirib yotibdi, kuzaki mevalarini g‘ubor bosgan, kahrabo tusda.

      Kayvoni jiyan mendan qachon kelganimu necha kunga kelganimni so‘radi.

      – Ukaning shu odatlari ma’qul-da, – dedi so‘ng otamga yuzlanib. – Kelasolib darrov el-ulusning mavlid-ma’rakasini ko‘zlaydilar. Uzim ko‘rganman-da bir-ikkida. Sog‘ bo‘lsinlar. Rahmat. Savob. – Keyin, bir zum tin olgach, marhumning egasi sifatida, bu yerda o‘tirganlar necha bor eshitgan, yana eshitajak, o‘zi ham necha bor takrorlagan, tag‘in takrorlayajak o‘lim tafsilotini, taomil bo‘yicha, endi bizga so‘zlay boshladi: – Bilmadim, bippa-binoyi yurgan edilar. O‘sha kuni deng, bir-ikki joyga ta’ziyaga ham boribdilar, qaytishda bozor-o‘char qilib keptilar ro‘zg‘orga. Baloday. Hech kimning xayoliga kelmagan. So‘ngra deng, bu endi peshin namozidan keyingi gap – Samievning oldiga jo‘nabdilar, direktorning. Shundan shu yoqqa. Piyoda. Oyoqlarida bodlari bor edi, keksa odam. Samiev bir vaqtlar qo‘llarida traktorchilik qilgan ekan, shuni orqa qilganlar chog‘i-da. Mana, o‘zlaring ko‘rib turibsizlar: hovli katalakday, boz ustiga, yarimchasi yo‘lga tushmoqchi. Gap o‘zimizniki-yu, qaynonakelinning ham sobiqasi kelishmayroq qolgan. Shunga, ullariga bir parcha yer so‘ramoqchi bo‘lganlar-da, yangamizning aytishicha. Samiev nima depti deng: “NKVDda ishlaganingizda otamni qamatgansiz, sizga yer yo‘q”. Nokasning gapini qarang! Shuncha zamon o‘tib, eski alaming endi, sovxozga direktor bo‘lganingda esingga tushdimi, nomard! Qamatgan bo‘lsa, otang biron ayb qilgandirki, qamatgan-da. Qolaversa, amakimiz milisada ozroq ishlaganlaridan xabarim bor edi-yu, – eski shapkalarini ho‘v yillari, bolalik-da, biz kiyib yurgich edik, – lekin NKVD-pnkvdsini eshitganimiz yo‘q.

      Mudrab yotgan ko‘hna chol daf’atan jonlanib, luqma soldi:

      – E, o‘ vaqtlar o‘ning bari bir edi.

      – Birmidi, bir emasmidi, otasini tus amakim qamatganini kim isbotlaydi, bobo, qani?! – dedi tarafgir jiyan cholga “hujum” qilib. – Samievingiz u vaqtlar enasining qornidayam bo‘lmagandir. Hay, mayli, nimayam derdik endi! – So‘ng bizga o‘girilib, uzr so‘ragandek, gapini aybdorona ohangda davom ettirdi:– Amakimizni bilasizlar: sal haligiday, qizilroq edilar. Boz ustiga deng, keyingi vaqtda bu yerdagi g‘urbatlardan siqilibroq yurgan ekanlarmi, otashin bo‘lib, anovi gaplarini aytibdilar: “O‘n to‘rt yoshimdan marksistman”. “Bor, o‘sha Marksingga bor, Marksing yer bersin!” debdi-ya enag‘ar Samiev. Bo‘lgan gap shu. Qaytib keptilar, yangamizga picha hasrat qilgan bo‘lib, anovi supaga yonboshlabdilaru jonlari chiqibdi…

      Xuddi shuni kutib turgandek, alhol qiziq ish bo‘ddi. G‘ir-g‘ir esayotgan beozor shabada to‘zonga o‘xshab bir guvrandiyu girillab uchib kelgan qandaydir do‘ppi tepamizdagi olma shoxiga ilinib qoldi. Shamol tag‘in bir g‘ayrat ko‘rsatgan edi, shohdan uzilib, pastak devor osha qo‘shni hovli tomon parvoz qiddi.

      Irg‘ib turib devor sari taYapingan jiyanni beri-roqda o‘tirgan qariya to‘xtatdi:

      – Hah, qo‘ying endi, Mardonboy, halizamon bolalaringiz ko‘tarib chiqadi. – Keyin miyig‘ida kulimsiragan bo‘lib dedi: – Rahmatlining boshida do‘ppi ko‘rganimiz yo‘q edi o‘zi.

      Jiyan qaytib joyiga cho‘kkalarkan, xijolatomuz il-jaydi:

      – Yangigina edi. Hali kiyilmagan. Amakim shapka kiyardilar. Rasmiga deb osib qo‘ygan edik-da.

      Shundagina ayvondagi dorga tashlab qo‘yilgan ki-yim-kechakka diqqat qildim. Marhumning usti-boshi. O‘sha, ko‘zga tanish moshrang liboslar. O‘sha kattakon bloknot, o‘sha rang-barang avtoruchkalar.

      Chekkarokda, ustun qozig‘ida shumshayibgina bir dona oq yaktak osilib turibdi. Chamasi, do‘ppi shuning tepasida bo‘lgan. Omonatroq ilingan ekanmi qoziqqa…

      Harchand urinmayin, rahmatlini bu yaktak, bu do‘ppida tasavvur qilolmadim. O‘ ko‘proq anovi liboslarga loyiq edi. Galife bobo…

      Keyin – xayr-xo‘sh. Xudo rahmat qilsin. Joylari jannatda bo‘lsin. Qolgan umrlari bizlarga – tiriklarga nasib etsin…

      Kayvoni jiyan kuzatuvida ota-bola hovlidan chiqdik.

      Qaytyapmiz.

      – Endi Bog‘bologa, – dedilar otam mashinani markazga yetmay yuqoriga burib. – Xalilovnikiga. Yaqinda ukasi mototsikddan uchib o‘ldi. Alomat yigit edi, qo‘li gul. Xalilovning uyini bilarsan, ho‘-o‘ terakzorning orqasida. Asom zo‘rga hamsoya-da.

      – Qaysi Asomni aytyapsiz? – deb so‘radim pari-shonhol. – Asom degan sinfdoshim bo‘lardi…

      – Ko‘nglingga

Скачать книгу