Скачать книгу

su iç gel! diyerek anam eliyle sol tarafı işaret etti. “Çabuk çabuk kımılda!”

      Alagöz topallayarak ahırın kenarına gitti ve koca demir kaptan su içti. Sonra ise yerine dönüp tekrar yattı.

      – Hayret! derken alkış tuttum ben.

      Bu sırada kırdan endişeli böğürme sesi duyuldu. Meraklanıp o tarafa baktım. Kaşka, kulaklarını dikerek bu tarafa bakıyordu.

      – Ödün kopmasın, dedi anam ahırdan çıkarak. “Artıklarına kimse dokunmuyor.”

      Ancak bu laf Kaşka’yı sakinleştirmemiş olmalı ki birden küstü. Şimdi soğana dalacağım dercesine arka arkaya böğürüp, soğan tarlasına doğru yürüdü.

      – Yaptığın işe bak, dedi anam memnuniyetsizce, “Durup duruken Kaşka’yı rahatsız ettik. Şimdi o zor razı olur. Hayvan diyorsun ama bak, soğana dalmanın kötülüğünü o da biliyor. Kasten gidiyor. Ses çıkarmasan gider de. Sonra başıma bir sürü kavga, gürültü patlar.”

      Gerçekten de Kaşka tedirgin bir şekilde adımlarını yavaş yavaş hızlandırıyordu. Anamın azarları de ona kâr etmemeye başladı. Çaresiz kalan anam demir küreği alıp yal kabına tak tak vurarak sevecen bir sesle çağırmaya başladı.

      – Kaşka, gel hadi! Gel buraya! Kaşka! Kaşkacığım!

      Kaşka durdu ve kuşkuyla kafasını bizim tarafa çevirdi. Anam kaba vurmaya devam etti.

      – Gel hadi! Çabuk gel!

      Kaşka hâlâ kuşkulu bir şekilde burnunu uzatarak biraz bakındı, sonra da küçük bir buzağı gibi oynaşarak bahçe tarafına koşmaya başladı. Buzağılar da arkasından takıldı. Üçü oynaşarak, zıplayarak geliyordu.

      Başka çarem kalmayınca, orağı omzuma atıp yonca tarlasına doğru gittim. Gün ısındıkça ısınıyor, ama verilen sözde durmak gerek. Giderken suçluya, Alagöz’e tekme atmaktan kendimi alamadım. Ancak o rahatını hiç bozmadı.

      Bu sırada buzağılar Kaşka’nın önderliğinde kaptan kana kana yal içiyorlardı.

      (Narmurad Narkabilov, “Kaşka”, Pehmak, Okıtuvçı, Taşkent, 1997, s. 68– 76.)

(Aktaran: Kamila Topal)

      NORMUROD NORQOBILOV QASHQA

      (hikoya)

      “Jonivorlarda faqat til yo‘q, emasam, nafi-zalolni sendan-mendan yaxshiroq fahmlaydi”.

      Enamning mana shu gapini hech hazm qilolmayman. “Mol – molda, – deyman ba’zan jinim qo‘zib, – unda fahm nima qiladi, aql nima qiladi, haydasang – yura- di, indamasang – yotadi, sizga qolsa, ularni ahli donishga ham chiqarib qo‘yasiz”. Ammo enam gaplarimga mutlaqo e’tibor bermaydi, kamina bilan pachakilashishdan ko‘ra ko‘proq qo‘radagi mollar bilan andarmon bo‘lishni afzal biladi.

      Qo‘ra enam uchun bir hayot. Kunu tun qo‘radan chiqmaydi: hali qarasang, mollarning tagini tozalagan, tappi yopgan, hali qarasang, podaga qo‘shilmaydigan mollar bilan tillashgan, hali qarasang, soyada kavsh qaytarib yotgan echkilarni urishib-turtkilab suvga haydagan. Xullas, g‘imir-g‘imir, qimir-qimir, tili ham tinmaydi, qo‘li ham. Uning uchun jonivorlar qo‘y, echki, sigir, taka deya turlarga ajratilmaydi. Qo‘rada nechta jonivor borki hammasining o‘z oti bor. Mollarning tusi va fe’liga qarab nomlaydi – qashqa, targ‘il, ola, mug‘ambir, olako‘z… deganday. Muomalasi ham shunga yarasha – biriga shirin gapiradi, birini jerkiydi, birini esa silab-siypaydi.

      Ayniqsa, Qashqaga mehri bo‘lakcha. Enamning ta’biri bilan aytganda, Qashqa zotdor nasldan, biror ikki yildan so‘ng tomday sigir bo‘larmish, idish-tovoqni sut-qatiqqa to‘ldirarmish. Shu bois, kunora silab-siypaydi, topganini og‘ziga tutadi. Faqat bir fe’li bilan hech chiqisholmaydi: Qashqa yuvindini yaxshi ko‘radi. Oxuri to‘la yemishu mudom qo‘ra eshigi yonidagi idishni poylaydi. Idishga yuvindi to‘kildi deguncha yuz yil och yotgan yuhodek idishga talpinadi, yutoqibyutoqib yuvindi ichadi. Ba’zan unga buzoqlar sherik bo‘ladi. Qashqa qizg‘anmaydi, chetga xiyol surilib, sherikchilik oshni totuvlik bilan baham ko‘radi.

      Enam nechog‘li band ko‘rinmasin, kundalik yumushni ma’lum bir tartib asosida olib boradi. Ertalab mollarni podaga haydaydi. Poda qir oshib ketguncha qo‘rani tozalaydi. Shundan so‘ng, oyoqlaringni chigalini yozib kelinglar deya, qo‘rada qolgan jonivorlarni dalaga haydaydi-da, idish-tovoqqa unnaydi. Hovlidan dala kaftdagidek ko‘zga tashlanib turadi. Biror jonivor o‘zboshimchalik qilsa, enam hovlidan turib ovoz beradi, ya’ni tartibga chaqiradi.

      Enamning jonivorlar bilan tillashuvi negadir bu gal qattiq g‘ashimga tegdi. Hamma gap shundaki, kuni kecha shahardan qaytib, endilikda tomning soyasiga tashlangan o‘rinda maza qilib kitob o‘qib yotardim. Ko‘zim ilingan ekan, enamning ovozidan uyg‘onib ketdim. Enam kim bilandir gangir-gungir suhbatlashmoqda edi. Biror qo‘shni kiribdi-da, degan o‘yda o‘rnimdan turib, u yoq-bu yog‘imni tuzatgan bo‘ldim. Ammo razm solsam, yakkash enam gapirar, qo‘shnining esa sasi chiqmasdi. Beixtiyor quloq tutdim..

      – Agar yana bevoshlik qilsang, naq mendan kaltak eysan, – deya enam endi ochiqdan-ochiq do‘q-po‘pisaga o‘tdi. – Kechagi qilig‘ing esingdami? Kap-katta bo‘lib, uyalmadingmi shunday qilgani? Hay, bezbet, senga aytayapman! Miq etmaydi-ya, uyatsnz. Qilg‘iliqni qilib, bez bo‘p turishini qara buni. Ammo bu gal kechirmayman, manovu kaltak bilan qo‘lim tolguncha savalayman! Siylaganim sayin toza bevosh bo‘p ketayapsan, sen quloqsiz.

      Ajablanib oyoqqa qalqidim: “Kimni bu qadar qasdi-basdiga olayotgan ekan? Jiyanlardan birovi yomon sho‘xlik qilganga o‘xshaydi. Lekin uyquni beliga tepdi”, – degan xayolda tom aylanib o‘tarkanman, ko‘z o‘ngimda hosil bo‘lgan manzaradan og‘zim lang ochilib qoldi. Ne ko‘z bilan ko‘rayki, gunohkor jiyanim emas.

      Qashqa bo‘lib chiqdi. Enam hanuz koyir, u esa uzun tili bilan tumshuq yalab, uning koyishlarini kiprik qoqmay tinglab turardi.

      Endi jo‘na! – dedi enam so‘nggi burda nonni uning og‘ziga tiqishtirarkan, boshiga yengil shapatilab. – Ukalaring bilan dashtda aylanib kel. Piyozga tushsang, etingni nimtalayman. Jo‘na-jo‘na! Ko‘p yaltoqlanma! Kap-katta bo‘la turib hech esing yo‘g‘-a seni. Bor-bor!

      Qashqa uning amriga bo‘ysunib, noiloj dala tomon yurdi. Unga ikki buzoq ham ergashdi. Qashqa yo‘l-yo‘lakay yuvindi idishni tumshug‘i bilan turtib o‘tarkan, norozilanib mo‘ngradi.

      – Yuvindi yo‘q, – dedi enam qo‘lidagi cho‘pni xo‘jako‘rsinga silkib. – Yuvindini kep ichasan. Voy, haliyam shu yerda turibsanmi? Qani, tez-tez qimirla! Yo‘g‘asam, yuvindini Olako‘zga beraman.

      Qashqa haqiqatan qadamini tezlatdi. Dashtga chiqqisi kelmayotgani yurish-turishidan shundoqqina sezilib turardi. Bora-borguncha mo‘ngrab ketdi. Enam esa bolasini maktabga kuzatgan onaday ularning ortidan kuzatib qoldi. Keyin iziga qaytib, qozon-tovoqqa unnadi.

      U kishining qilig‘ini kuzatarkanman, bir oz koyib qo‘ymoqni o‘z burchim deb bildim. Eshitgan quloq nima deydi degan andisha ostida shunday dedim:

      – Ena, bunaqada jinni degan nomga ega bo‘lasiz- ku, nima qiliq bu?!

      – Bilmadim, haligacha hech kim jinniga chiqargani yo‘q, – dedi enam qolgan-qutgan narsalarni yuvindi idishga ag‘dararkan. – Xo‘sh, nima deb jinnilik qipman?

      – Tilsiz jonivor bilan shunaqa gaplashadimi odam? —dedim u kishining beparvoligidan battar jinim qo‘zib. – Eshitgan quloq nima deydi? Falonchi xola g‘irt tentak ekan deb o‘ylamaydimi?

      – Kim shunday deb o‘ylarkin?

      – Masalan, men…

      – Sen kimsan?

      – Kim bo‘lardi, o‘g‘lingizman.

      – O‘sha o‘g‘lim molning fahmiga yetarmikan?

      

Скачать книгу