Скачать книгу

uchun \underline buyrug’idan foydalaniladi. buyruqdagi majburiy argumenti, bu matn. Misol:

      \documentclass {article}

      \usepackage [T2A] {fontenc}

      \usepackage [russian] {babel}

      \begin {document}

      Бу сўзни ости чизилган бўлади\underline {чизиқли}.

      \end {document}

      Kompanovka qilib, ko‘rish buyrug’ini ishga tushirish bilan hujjatni ko‘rish maydonida quyidagini kuzatamiz:

      Osti chiziladigan matn bitta satrda bo‘lishi kerak.

      Matnni ramkaga olish uchun \fbox buyrug’idan foydalaniladi. Misol:

      \documentclass {article}

      \usepackage [T2A] {fontenc}

      \usepackage [russian] {babel}

      \begin {document}

      Иккита сўз

      \fbox {рамкада бўлади.}

      \end {document}

      Kompanovka qilib, ko‘rish buyrug’ini ishga tushirish bilan hujjatni ko‘rish maydonida quyidagini kuzatamiz:

      \fbox buyrug’i bitta satrda joylashadigan matnlarni ramkaga olish uchun qo‘llaniladi. Agar bir nechta satrni ramkaga olish zarur bo‘lsa unga boshqa buyruqdan foydalanish kerak.

      Nazorat savollari

      1. \underline buyrug’i nima uchun qo’llaniladi?

      2. \fbox buyrug’i nima uchun qo’llaniladi?

      3. Gorizontal chiziq qanday tashkil etiladi?

      4. Vertikal chiziq qanday tashkil etiladi?

      Topshiriqlar

      1. «Ushbu darslik xozirgacha mavjud adabiyotlar, maqola, taqdimotlar va ko’rsatmalar asosida tayorlandi. Barcha foydalanilgan materiallar nomlari va manzillari ko’rsatib o’tildi. Darslikda keltirilgan har bir misolni tizimda sinalgan.» matnida «Darslikda» degan so’zni ramkaga olib chop etishni tashkil etuvchi hujjatni tashkil eting.

      2. Kiritilgan matnda ramkaga olingan so’zni shriftini o’zgartirib chop etishni tashkil etuvchi hujjatni tashkil eting.

      3. Kiritilgan matnda «tayorlandi» so’zni ostini chizib chop etishni tashkil etuvchi hujjatni tashkil eting.

      4. Kiritilgan matnda «tayorlandi» so’zni ostini chizib ramkaga olub chop etishni tashkil hujjatni tashkil eting.

      4-Mavzu. Hujjatlarni formatlash

      4.1.Abzaslar (xatboshlar)

      TeX da abzas xosil qilish uchun maxsus harakat qilishingiz shart emas, faqat paragraf ohirida matnni ko‘rsatuvchi manba matnda bo‘sh satr qoldirish yetarli. Ushbu bo‘limda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan «favqulodda vaziyatlar» ni muhokama qilamiz. TЕX tizimi ushbu holatlarga javob berishning ko‘plab usullarini beradi; ularning ba’zilari barcha foydalanuvchilar uchun muhim, lekin ularning ko‘plari – faqat nashriyot mutaxassislariga zarur.

      Misol, \parindent buyrug’i TeX da abzas boshidagi bo‘sh joy (chetlashish) o‘lchamni o‘zgartirish imkoniyatini beradi. Odatda abzas boshida qoldiriladigan bo‘sh joy tizimni sozlash davrida belgilanadi. Foydalanuvchi zaruriy xolda o‘zi ushbu buyruq orqali boshqarishi mumkin. Buyruq «sm» larda belgilash imkoniyatini beradi. Misol uchun quyidagini ko‘raylik:

      \parindent=2cm

      4.1.1.Abzas ko‘rsatilamgan xolatda

      Misol:

      \documentclass [12pt] {article}

      \usepackage [T2A] {fontenc}

      \usepackage [russian] {babel}

      \begin {document}

      Бу ерда \quad 1em оралиқ.\\

      Бу ерда \quad {} 1em оралиқ.\\

      Бу ерда \quad {} 1em

      Қўшимча яна озгина.

      \end {document}

      Kompanovka qilib, ko‘rish buyrug’ini ishga tushirish bilan hujjatni ko‘rish maydonida quyidagini kuzatamiz:

      E’tibor qarating: abzas boshidagi qoldirishlar oldindan belgilagan (yangi buyruq xali qo‘llanilgani yo‘q).

      4.1.2.Abzas buyruq yordamida belgilanganda (\parindent orqali)

      \begin {document}

      \parindent=5cm

      Бу ерда \quad 1em оралиқ.\\

      Бу ерда \quad {} 1em оралиқ.\\

      Бу ерда \quad {} 1em

      Қўшимча яна озгина.

      \end {document}

      Kompanovka qilib, ko‘rish buyrug’ini ishga tushirish bilan hujjatni ko‘rish maydonida quyidagini kuzatamiz:

      E’tibor qarating: Chetlanish komandasi ko‘rsatilgan «5 sm» ga o‘zgardi.

      (O‘zgartirish faqat ko‘rsatilgan gruppaga ta’sir ko‘rsatadi. Gruppadan keyin yana eski tizimda belgilangan xolat tiklanadi)

      4.2. Matnda probellar

      4.2.1. Matnda gaplar orasidagi probellar

      Ba’zida ikki so‘z bitta satirda bo‘lishi kerak bo‘ladi, yani ular bir biri bilan bog‘langan. Bu xolatlarda uzilmas probel deb ataluvchi ~ simvoldan foydalaniladi. Masalan «na s. 5». Bu yerda s. 5 ni ajratib bo‘lmaydi. Misol:

      \documentclass {article}

      \usepackage [T2A] {fontenc}

      \usepackage [russian] {babel}

      \begin {document}

      Хайвонлар сони тўдада белгиланади

      хариф~$x$ билан. Салом

      император Франц-Иосиф~I!

      Эр ва хотин~ – - бир оила.

      С~из ким билан сиз, мастер культура?

      \end {document}

      Kompanovka qilib, ko‘rish buyrug’ini ishga tushirish bilan hujjatni ko‘rish maydonida quyidagini kuzatamiz:

      E’tibor qarating: «~» simvolni so‘zlar orasiga qo‘yilishi quyidagi so‘zlarni ajralmasligini ta’minlaydi, ya’ni ular bir satrda joylashadi:

      «Франц-Иосиф~I!», «С~из».

      4.2.2. Gaplar orasidagi oraliqlar

      Normal rejimda TЕX biror bandning chiziqlarini o‘ng tomonga tekislab, zarur bo‘lganda defis qiladi va so‘zlar orasidagi bo‘shliqlarni biroz cho‘zadi yoki siqadi. Gaplar orasidagi bo‘shliqlar bir gap ichidagi so‘zlar orasiga qaraganda o‘zlarini kengroq va cho‘ziqroq tutadilar. Quyidagi misolga diqqat bilan qarang («Vinni-Puxa" dan; aniqlik uchun barcha bo‘shliqlar teng ravishda cho‘ziladi):

      North

Скачать книгу