Скачать книгу

va kolontitullar bilan, sahifa raqamlari bilan va hokazo) bosib chiqarishda 5 chapga, 4.2 pastga siljiydi.

      Rasm 5. Sahifa strukturasi.

      Nazorat savollari

      1. \hoffset buyrug’i vazifasi nima?

      2. \voffset buyrug’i vazifasi nima?

      3. Keltirilgan buyruqlar umumiy ko’rinishini ko’rsating.

      4. Hujjatni shakillanishida zarur bo’lgan buyruqlarni sanang.

      Topshiriqlar

      1. Ixtiyoriy bir betlik matnni kiritib \hoffset, \voffset buyruqlari asosida chapga va pastkga surishni turli qiymatlarga o’zgartirib, chop etishga hujjat tashkil eting. Xar bir o’zgarishni sinab ko’ring.

      5.6. Hujjatlarni tartiblash

      LATEX bilan ishlashda sarlavhalar va bo‘limlarni raqamlash maqsadga muvofiqdir. Hujjatni raqamlash, qo‘lda emas, balki maxsus buyruqlar yordamida. Dastlab, misol sifatida \section buyrug‘idan foydalanib, ulardan qanday natija olishni ko‘rib chiqamiz.

      5.6.1. \section buyrug’i

      Siz hujjatning sarlavhali qismini boshlashingiz kerak deylik « Кое-что о слонах». Buning uchun buyruq quyidagicha yozilishi mumkin:

      \section {Fillar to’g’irisida…}

      \section buyrug‘i bitta majburiy argumenti bor – bo‘lim nomi (xuddi shu kolontitullar, agar siz «yaratish» buyrug‘ini bersangiz). Bo‘limlar orasidagi bo‘shliqlar, ularning raqamlanishi, bir xil sarlavhalar va kolontitullar – bularning barchasi avtomatik ravishda amalga oshiriladi. \section buyrug’i majburiy argumentdan tashqari, majburiy bo‘lmagan argumenti ham bor.

      Majburiy bo‘lmagan argument majburiy argumentdan oldin keladi, u to‘ldiruvchi bo‘lib, sarlavxani qisqartirilgan ko‘rinishi bo‘lishi mumkin.

      Misol:

      \section [Fill mavzusi] {Fillar to’g’irisida…}

      Sarlavhaning qisqartirilgan versiyasiga ehtiyoj qachon paydo bo‘ladi,

      qachonki sarlavha uzunligi kolontitulga mos kelmaydi. U ko‘rinib turadi. Quyidagi yozuv (xabar) ko‘rsatib turadi:

      Overfull \hbox has occurred while \output was active.

      Bo‘limni \label buyrug’i bilan belgilash mumkin. Undan keyin \ref buyrug’i bo‘lim nomerini beradi. Misol:

      \documentclass [12pt] {article}

      \usepackage [T2A] {fontenc}

      \usepackage [russian] {babel}

      \begin {document}

      \section {Нималар филлар тўғрисида}

      \label {elephants}

      Бизни китобни ушбу бўлимида

      Асосан филлар тўғрисида сўз боради.

      Филлар (бўлим аниқловчисига

      қаранг.~\ref {elephants}) ~ – —

      улкан ва кучли хайвон.

      \end {document}

      Hujjat kompanovka qilingandan keyin ekranda quyidagi xosil bo‘ladi:

      5.6.2. Hujjatni taxrirlash

      Endi standart LATEX sinflari tomonidan taqdim etilgan hujjat bo‘limlarini belgilash bo‘yicha barcha buyruqlarni sanab o‘tamiz. Ularning aksariyati aynan \section buyrug‘i kabi ishlaydi. Bo‘limlarni taxrirlash uchun quyidagi buyruqlar mavjud:

      \part (\ qism), \chapter (\ bo’lim), \section (\ qism), \subsection (\ kichik bo’lim), \subsubsection (\ kichik qism), \paragraph (\ paragraf), \subparagraph (\ kichik paragraf)

      Ushbu ro‘yxatda har bir keyingi buyruq avvalgisiga nisbatan kichikroq bo‘limni belgilaydi. \chapter buyrug‘i proc va article sinflarida aniqlanmaganligiga e’tibor bering (ushbu holat tufayli maqola osongina kitob bobiga aylantirilishi mumkin), qolgan buyruqlar to‘rtta asosiy sinfda aniqlangan.

      Ushbu jadval tushuntirishlarni talab qilmaydi, faqat bitta istisno: agar hujjat sinfi article yoki proc bo‘lsa, unda ro‘yxatning ruscha nomini olish uchun ma’lumotnomalarni, siz \refname buyrug‘ini o‘zgartirishingiz kerak, agar report yoki book – keyin \bibname buyrug‘iga. Ushbu ikkita holatni chalkashtirmang, aks holda LaTeX xatoni aniqlaydi va sizning buyrug‘ingizni bajarishni rad etadi.

      Nazorat savollari

      1. \section buyrug’i vazifasi nima?

      2. \section buyrug’i argumentini tushintiring.

      3. \label buyrug’i vazifasi nima?

      4. \section buyrug’i majburiy bo’lmagan argumentini tushintiring.

      Topshiriqlar

      1. Ixtiyoriy uch betlik matnni kiritib matnda bo’limlar tashkil etish buyriqlari yordamida bob, kichik bob, paragraf, paragraf punkit osti ko’rinisidagi sarlavxalarni o’zgartirib, chop etishga hujjat tashkil eting. Xar bir o’zgarishni sinab ko’ring.

      2. Kiritilgan matindagi sarlavhalar shriftini o’zgartirib chop etish hujjatini tashkil eting.

      3. Kiritilgan matnni turli o’lchamdagi qogozlarda chop etish uchun matn chet chegaralarini o’zgartirib hujjatlar tashkil eting va sinab ko’ring.

      4. Kiritilgan matnni abzaslarini tashkil eting.

      6. Jadvallar bilan ishlash

      tabular muhitini (okrujeniya) LaTeX da foydalanish jadvallarni tashkil etishda muhim axamiyatni kasb etadi. U avtomatik tarzda tekislash, ustunlarga bo‘lish simmetriyani saqlash imkoniyatini beradi. Agar jadval formulalardan iborat bo‘lsa array muhitidan foydalaniladi.

      6.1. Oddiy jadvallar

      tabular muhiti jadvalni yaratadi. Muhitni umumiy ko‘rinishi quyidagicha:

      Конец ознакомительного фрагмента.

      Текст предоставлен ООО «ЛитРес».

      Прочитайте эту книгу целиком, купив полную легальную версию на ЛитРес.

      Безопасно оплатить книгу можно банковской картой Visa, MasterCard, Maestro, со счета мобильного телефона, с платежного терминала, в салоне МТС или Связной, через PayPal, WebMoney, Яндекс.Деньги, QIWI Кошелек, бонусными картами

Скачать книгу