ТОП просматриваемых книг сайта:
«Mavzu ishlanmasi» tayyorlashning innovatsion xarakterga ega bo’lgan metodi. Monografiya. Salim Madraximovich Otajonov
Читать онлайн.Название «Mavzu ishlanmasi» tayyorlashning innovatsion xarakterga ega bo’lgan metodi. Monografiya
Год выпуска 0
isbn 9785005918666
Автор произведения Salim Madraximovich Otajonov
Издательство Издательские решения
– o’qituvchining hususiy va kasbiy kompetentsiyalarini bilishi va uni dars jarayonida tadbiq etishni bilishi zarur.
Mazko’r muammolarni ijobiy yechimini topishda texnologik ta’lim jarayonini tashkil etishda, dars jarayonini boshqarish faoliyati va kasbiy kompetentlilik darajasiga bog’liq. SHu bilan birga o’qituvchilardan o’z fanini bilish salohiyati, ijodkorligi va pedagogik mahoratga ega bo’lishi talab etiladi. SHuningdek, dars mavzusini bayon etishda innovatsion yondashuvlarga asoslanishi, pedagogik va psixologik sifatlarga ega bo’lishi, shuningdek, zamonaviy talablar asosida o’quvchilar guruhi faoliyatini boshqarish kompetentligi darajasini yuqori bo’lishini bir qator olimlar tomonidan o’rganilgan /53—55/.
Ushbu tadqiqotlar texnologiya fanida texnologik ta’lim jarayonini tashkil etishda o’qituvchining boshqaruv faoliyatini shakllantirishning natijaviyligiga alohida ehtibor qaratilishi ta’lim-tarbiya jarayonida o’qituvchining boshqaruv faoliyati kompetentligi darajasi nuqtai nazaridan yondashishi, ta’limning sifati va samaradorligining uyg’unligini tahminlashi, ilmiy jihatdan kafolatlovchi asosiy takliflarni ishlab chiqish malakasiga ega bo’lishi, rahbar hodimlarni tayyorlashda fan o’qituvchisining ilmiy salohiyati, pedagogik mahorati va metodik qobiliyatini ehtiborga olish muhim omil sifatda ehtirof etiladi.
1.2.Texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqaruv faoliyatini takomillashtirishning psixo-pedagogik asoslari
O’qituvchi o’quv mashg’ulotida texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish, boshqaruv faoliyatini mexanizmini takomillashtirish, subьektning kompetentligi darajasini kundalik faoliyatda amaliyotga qo’llay olish qobiliyatlariga oid ilmiy tadqiqotlar natijalari hozirgacha mahlum bir tizimga keltirilmagan. Buni ko’p sonli misollar tasdiqlaydi. Masalan, nazariy bilimlarni yaxshi o’zlashtirgan talabalar amaliy faoliyatda duch keladigan texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish harakteridagi masalalarning mohiyatini tushuntira olmaydilar. Bu holat nazariyani amaliyot bilan o’zviy bog’lab o’rganmaslik oqibatida kelib chiqadi. ta’lim mazmunini loyihalashdagi kamchilik va nuqsonlar oqibatida talabalar amaliyotdan ajralib qolgan, normal hamda yaxlit bo’lmagan shakldagi bilimlarni egallaydilar. Talabalar bilimlarining formal ekanligini yana bir sababi ko’pchilik holatlarda ularning tayyor holda, mohiyatini tushunmay, mexanik ravishda o’zlashtirilishidir. Bunday bilimlardan faqat standart holatlarda foydalanish mumkin, ammo o’zgargan (nostandart) sharoitda ulardan foydalanish muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
Hozirgi paytda texnologiya fanida texnologik ta’lim jarayonini tashkil etish malakasiga ega bo’lgan va boshqaruv qobiliyatini biladigan o’qituvchilarini tayyorlashning qiyosiy tahlil, ijtimoiy anketa so’rovlari natijalaridan ko’rinadiki, bu borada mahlum darajada ziddiyatlar mavjudligi ko’rsatmoqda.
Jumladan, oliy pedagogik ta’lim muassasalarida nazarda tutilgan DTS talablarining mazmun-mohiyatiga maktab tomonidan qo’yilayotgan yangi, zamonaviy talablar bilan bo’lajak pedagoglarga va ysh mutahassislarga kasbiy-metodik ta’lim berishga yondashishning yetarlicha nazariy va amaliy nuqtai nazardan ishlab chiqilmaganligi;
– fan-texnika taraqqiyotining zamonaviy mutaxassislarga qo’yadigan talablari hamda umumiy o’rta ta’lim tizimi o’quvchilarining tayanch bilimlari darajasi yetarli emasligi;
– texnologik ta’lim jarayonini tashkil etishga qo’yilgan talablarning kuchaytirilishi, mustaqil o’rganish faoliyati va ularni tashkil etish bo’yicha kompetentlik darajasining yetishmasligi;
– ta’lim tizimining ko’p jihatdan reproduktiv orqaliga ega ekanligi va oliy pedagogik ta’lim muassasasi bitiruvchisi-bo’lajak o’qituvchining pedagogik moslashuvchanligini shakllantirishga individual-ijodiy yondashish zarurligi;
– o’qitish jarayoniga mavjud qarashlar va jamiyatning kasbiy ta’lim rivojlanishiga qo’yadigan zamonaviy talablari o’rtasidagi farqning mavjudligi;
– o’qituvchining kasbiy faoliyatiga bo’lgan talablardan kelib chiqib maktabning ijodiy fikrlovchi, ijodkor, pedagogik maxoratga ega bo’lgan o’qituvchiga ehtiyoji borligi;
– yangi pedagogik texnologiyalarni ta’lim amaliyotiga tatbiq etilishida bayon etilishi lozim bo’lgan mavzuning mazmun-mohiyatiga mosligi tanlash muammosining mavjudligi;
– o’qitishning zamonaviy ta’lim texnologiyalariga bo’lgan ehtiyojning o’sganligi an’anaviy metodlar o’rtasidagi farqlarning ortayotganligi;
– ijodkor o’qituvchilar faoliyati natijasida paydo bo’lgan o’qitishning ta’lim texnologiyasining sifat ko’rsatkichi bilan ularni baholashdagi eski metodlar o’rtasida farqning mavjudligi.
Yuqorida zikr o’tilgan farqlarni yo’qotish, texnologik ta’lim jarayonini tashkil etishning va o’qituvchining boshqaruv faoliyati har tomonlama rivojlanishi, texnologik ta’lim jarayonining maqsadi, mazmuni, metodlari, vositalari va shakllari o’rtasidagi mustahkam bog’liqlikni ta’minlay oladigan mutaxassis tayyorlashni vazifasini hal qilish zarur.
SHuningdek, texnologik ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarish faoliyati mehanizmini takomillashtirishda zamonaviy ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda salohiyatli, ijodkorligi, mahoratli, novator va turli hil konstruktiv-loihalarning yechimlarini, shuningdek, tashkiliy-iqtisodiy yechimlaridan foydalanishni biladigan fan o’qituvchisiga bo’lgan ehtiyoj muammosi o’z yechimini topish kerak.
Bu borada o’qituvchi o’z kasbining oddiy va murakkab tomonlarining mavjudliga va unga kasbiy metodik moslashish masalalariga alohida ehtibor qaratishi, o’quv-tarbiyaviy va metodik faoliyati tizimlarini o’zaro mo’tanosibligiga yaqinlashtirish asosida qaraladi. Biz quyida o’qituvchining bilish faoliyatidagi moslashuvchanlikdan kasbiy-metodik yo’nalganlik va kasbiy-metodik moslashishga o’tishi to’g’risidagi E.F.Zeerning fikrlariga e’tibor qaratamiz.
Bo’lajak mutaxassislarning metodik tayyorgarliklarini o’rganishda ko’pchilik tadqiqotchilar asosiy e’tiborni o’qitish mazmuni, metodlari va didaktik vositalarni qo’llashga oid turli metodikalarga qaratadilar. Bularning barchasi, albatta, kasbiy-metodik faoliyatining turli tomonlariga ma’lum ta’sir ko’rsatadi. Lekin, mutaxassisning alohida sifatlari emas, balki ularning yaxlit shakllanishi maqsadlarini samarali amalga oshirish uchun, bilim va malakalarni shakllantirish tizimini, dunyoqarash, motivatsion doirasini, ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishni ta’minlash, keyingi metodik faoliyatida bilim va malakalarni egallash jarayonini ob’ektiv mazmun bilan to’ldirish kerak.
E.G’oziev, A.S.Linda, Z.A.Reshetova va boshqa psixolog olimlarning fikricha, o’qituvchilar, shuningdek, o’qituvchilar ham formal bilimlardan qochishi va uni bartaraf etishda etishda quyidagi didaktik omillardan:
– muammoli va dasturli ta’lim elementlari;
– o’qituvchi tomonidan mustaqil ish rejasini to’zish, mahlumotnomalar bilan ishlash;
– ma’lumotlari to’liq bo’lmagan yo’riqnomalardan foydalanish qo’yilgan masalalarni yechishda jiddiy tahlil etishga to’g’ri keladi.
Texnologiya fani o’qituvchisining texnologik ta’lim jarayonini tashkil etishda pedagogik faoliyati muntazam o’zgarib turadi. SHu kabi vazifalar yechimini topishda K. Davlatovning fikriga ko’ra, pedagogik malakalar tizimi mustaqil ishlarni bajarganlarida shakllanib boradi.
N.V.Kuzьmina o’zining tadqiqot ishlari natijalariga asoslanib, «Pedagogning metodik faoliyatidagi muvaffaqiyat loyihachilik, fikr almashish (kommunikativ), tashkilotchilik qobiliyatlari va ular bilan bevosita aloqador bo’lgan malakalar bilan tahminlanadi» degan xulosaga kelgan.
T.V.Kudryavtsev «Pedagogik faoliyat to’zilmasiga loyihachilik, tashkilotchilik, fikr almashish bilan birga axborotchilik, rivojlantiruvchilik, yo’naltiruvchilik, safarbar etuvchilik va tadqiqotchilik vazifalari”ni ham kiritishni taklif etgan.
O’qituvchidan bu vazifalarni bajarish uchun mahlum darajadagi bilim, ish-harakat usullari, shaxsiy fazilat va qobiliyatlar talab etiladi. Ular barchasi birgalikda o’qituvchining yaxlit kasbiy-metodik mustaqilligi asosini tashkil etadi.
O’qituvchi