Скачать книгу

umumiy o’rta ta’lim muassasalarida boshqaruv jarayonini takomillashtirish omillari, ta’lim muassasasi rahbarlarining ish vaqti va undan foydalanish, ta’lim muassasasini boshqarish texnologiyalari, boshqarishda innovatsion faoliyat, ta’lim muassasalari rahbarining boshqaruv faoliyati samaradorligi, umumiy o’rta ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etishda hamkorlikdagi boshqaruv kabi masalalar yoritilgan/12/.

      R.X.Djuraev, S.T.Turg’unovlar tomonidan zamonaviy maktab rahbarlarining funktsional vazifalari va boshqaruv faoliyati samaradorligi, boshqaruv funktsiyalari va metodlari, umumiy o’rta ta’lim muasasalaridagi tashkiliy to’zilish, strategik boshqaruv va rejalashtirish, boshqaruv jarayonidagi tarbiyaviy munosabatlari, rahbarlik uslublari, ta’lim muasasalari rahbarlarining boshqaruv qobiliyatlari va umuminsoniy xislatlar, boshqaruv algoritmi, boshqaruvda mehnat munosabatlari etikasi, rahbarning ish vaqti va undan foydalanish, xodimlar va rahbarlar faoliyatini tashkil etish masalalari o’rganilgan/13/.

      O’qituvchilarning kasbiy kompetentliligini rivojlantirishda ta’lim muassasasi rahbarlarining funktsional vazifalari o’qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish yo’nalishidagi funktsional vazifalar, ularning kasbiy faolligini, shuningdek, malakasini oshirish, kasbiy kompetentliligini rivojlantirish hamda innovatsion faoliyatini tashkil etishda Ta’lim muasasasi rahbarlari oldida turgan vazifalarni samarali amalga oshirishga doir tavsiyalar berilgan/14/.

      O’qituvchilarning kasbiy mahoratitva kompetentliligini rivojlantirish /15/ bo’yicha ta’lim muassasasi o’qituvchilarining kasbiy kompetentligi va uning kompetentlari, pedagogik kompetentlilik ko’rsatkichlari va baholash mezonlari, o’qituvchilarda kasbiy kompetentlikni rivojlantirish jarayonlari, metod, vositalari, kasbiy mahorat va kompetetntlikni rivojlantirish jarayonida korporativ asoslari, pedagogik innovatsion faoliyat, o’zluksiz malaka oshirish jarayoni modeli kabi masalalar yuzasidan so’z yuritiladi.

      Mazkur muammolarni ijobiy yechimini topish uchun texnologiya fani o’qituvchisining texnologik jarayonlarni tashkil etishni bilishi va boshqaruv mehanizmini takomillashtirish omillarini izlab topish yo’nalishida ilmiy tadqiqot ishlari olib borish  shu kunning asosiy muammosidir.

      Bu esa texnologiya fani o’qituvchilarining texnologik jarayonlarni tashkil eta olishi va boshqaruv faoliyatida esa kompetentli, dars mavzusini bayon etishda innovatsion yondashuvlarga asoslanishi, pedagogik va psixologik sifatlarga ega bo’lishi, shuningdek, zamonaviy talablar asosida o’quvchilar guruhi faoliyatini boshqarish kompetentligini yuqori yuqoriga ko’tarishda mamlakatimiz prezidentining farmonlari, qarorlari va VM qarorlari hamda mazko’r sohaga aloqador bo’lgan mehyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazko’r dissertatsiyaning ilmiy tadqiqot natijalari  muayan darajada hizmat qiladi /15-19/.

      Texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqaruv mehanizmini takomillashtirish jarayonida innovatsion Ta’lim texnologiyalaridan foydalanish, dars jarayonida boshqaruv faoliyati kompetentligi darajasini  oshirish va ko’nikmalarini shakllantirish bilan bog’liq  ilmiy izlanishlar jahonning yetakchi ilmiy markazlari  va oliy Ta’lim muassasalarida, jumladan London universiteti  qoshidagi TA’LIM instituti Angliya), Nant universiteti  (Frantsiya), Kaliforniya va Ogaya universitetlari (AQSH), Vullongog universiteti (Avstraliya), Tokio pedagogika universiteti (Yaponiya), CHonnam miliy universiteti (Koreya respublikasi), SHanxay Ta’limni baholash instituti (XXR),  Moskva davlat universitetining boshqaruv kadrlarni tayyorlash o’quv-ilmiy markazi (Rossiya) da olib borilmoqda.

      SHuningdek, O’zbyokistonda “Bosh ilmiy metodik markaz” tomonidan professor-o’qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish orqali oliy ta’lim muassasalarida sifatni ta’minlash mexanizmi yaratilgan va ushbu mehanizmni yanada takomillashtirish yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

      Jahonda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida qator oliy ta’lim muassasalari tomonidan quyidagi ilmiy natijalar olingan: jumladan, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifati nazoratining ichki baholash mexanizmlari ishlab chiqilgan (London universiteti qoshidagi TA’LIM instituti, Buyuk Britaniya); ta’lim sifati menejmenti tizimini sertifikatlash va sifatni kafolatlash usullari tavsiflangan (Bavariya akkreditatsiyalash, sertifikatlash va sifatni kafolatlash instituti, Germaniya); ta’lim sifati nazoratining tashqi baholash mexanizmlari takomillashtirilgan (Nant, Frantsiya); sifatning yalpi boshqaruvi kontseptsiyasini oliy ta’lim muassasalarida qo’llash orqalilari ochib berilgan (Kaliforniya va Ogaya universitetlari, AQSH); Ta’lim sifatini baholash mezonlari va ko’rsatkichlari takomillashtirilgan (Vullongong universiteti, Avstraliya); sifat boshqaruvini takomillashtirib borish yo’nalishlari aniqlangan (Tokio pedagogika universiteti, Yaponiya); professor-o’qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish orqali oliy ta’lim muassasalarida sifatni ta’minlash mexanizmi yaratilgan (Bosh ilmiy-metodik markaz, O’zbyokiston).

      Dunyoda ta’lim sifati menejmentini takomillashtirish bo’yicha qator, jumladan, quyidagi ustuvor yo’nalishlarda tadqiqotlar olib borilmoqda:

      – ta’lim sifatini kafolatlashning yagona mezonlari va standartlarini belgilashni aniqlash;

      – ta’lim xizmatlari eksportini rivojlantirish;

      – ta’lim dasturlarini akkreditatsiyalash milliy tizimlarini muvofiqlashtirish;

      – sifatni boshqarish texnologiyalarini takomillashtirish;

      – ta’lim tizimida hususan, texnologiya fanida texnologik jarayonlarni tashkil etishning o’ziga hosligi va boshqaruv mehanizmini  takomillashtirish yo’llarini malaka oshirish tizimi orqali amalga oshirish masalalarini qayta ko’rib chiqish va o’quv ko’rslarida o’qituvchilarning boshqaruv mehanizmi faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari o’rganilmoqda.

      Ushbu muammoning dolzarbligi ilmiy nuqtai nazardan yetarlicha ishlanmaganligi, texnologiya fani, hususan, texnologik jarayonlarni tashkil etish masalalari va boshqaruv mehanizmini takomillashtirish muammolari yuzasidan yetarlicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmaganligi mavzuning “Umumiy o’rta ta’lim maktablarida texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish” deb nomlashga asos bo’ldi.

      Prezidentimiz SHavkat Mirziyaev tomonidan «Bugungi kunning eng asosiy vazifasi – hayotimizning barcha sohalarida, ayniqsa boshqaruvda tarmoq bo’g’inlarini idora etishda yangicha fikrlaydigan, qiyin damlarda mashuliyatni o’z zimmasiga ola biladigan, hayot bilan hamqadam yurishga qodir, imoni pok, bilimdon, ishbilarmon odamlarni topish, ularga ishonch bildirishdan iboratdir», deb tahkidlangan. Zero, boshqaruv sifatining takomillashuvi tegishli sohada erishiladigan yutuq va muvaffaqiyatlarning kafolatidir.

      Ta’lim muassasalari boshqaruvi yo’nalishida kadrlar tayyorlash, ta’lim tizimini rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy va pedagogik shart-sharoitlarini o’rganishga mamlakatimiz olimlari R.Jo’raev, M.Mirqosimov, , S.Turg’unov, N.Ahmedova, Q.SHodmonov, M.Yo’ldoshev/22-26/, shuningdek, MDH olimlari M.Gubanova, V.Gurov, Z.Kretsan, V.Lazarev, N.Nemova, T.SHamova, N.SHmirevalarning ilmiy ishlarida alohida e’tibor qaratilgan hamda umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’qituvchilarining boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ta’lim tizimi dars jarayonini, hususan, texnologikjarayonlarni tashkil etishning zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish va innovatsion Ta’lim texnologiyalarini tadbiq etish muammolari tadqiq etilgan/27-29/.

      Ta’lim muassasalari rahbar kadrlarini tayyorlash va malakasini oshirish masalalari mamlakatimiz olimlari A.Begmatov, J.Yo’ldoshev, H.Yo’ldoshev, M.Quronov, S.Turg’unov,  N.Ahmedova, M.Yo’ldoshev MDH olimlari O.Atlasova, Z.Berdnikova, Ye.Grishina, A.Nekrasov, Ye.Tonkonogaya va boshqalar tomonidan o’rganilgan/30-34/.

      Respublikamiz  tadqiqotchilari R.Ahlidinov, R.Jo’raev, U.Inoyatov, S.Turg’unov va boshqalar, MDH olimlari  P.Anisimov, G.Bordovskiy, D.Gorbachevskaya, D.Kutyova, O.Nazarova, I.Pozdnyakova, M.Potashnik, L.Redьko, P.Tretьyakov, shuningdek, xorijlikolimlar B.Cole, E.El-Khawas, J.Goldberg, L.Harvey,  D.Westerheijden tomonidan umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida sifat menejmenti tizimini takomillashtirish texnologiyalari ishlab chiqilgan, ta’lim sifati boshqaruvining o’zluksiz Ta’limda, shuningdek, malaka oshirish tizimida maktab o’qituvchilarini boshqaruv faoliyatini takomillashtirish orqali ta’lim tizimining sifat va samaradorligini oshirish bo’yicha o’zaro aloqadorligini

Скачать книгу