Аннотация

Аннотация

…Romanda katta xonadon boshliqlari – ota va onaning o'n bir farzand g'am-tashvishini chekishi, ularning ishlari yurishsa, suyinib, orqaga ketsa, kuyinib, barchasini ahillikka chaqirib, bir-biriga madad berishni o'rgatadilar. Farzandlarning ko'pchiligi o'z oilasi bilan band bo'lsa-da, ota-onaga buyuk mehr, izzat-hurmat ko'rsatishlari asarda ancha keng yoritilgan…

Аннотация

Аннотация

Аннотация

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Qashqadaryo yurti va qashqadaryolik insonlar to'g'risidagi fikrlari – yangilanayotgan mustaqil O'zbekiston ravnaqi yo'lida fidokorona mehnat qilayotgan zamondoshlarimiz haqida eng yuksak bahodir. Ushbu kitob ana shu ezgu fikrlar hosilasi sifatida dunyoga keldi.

Аннотация

Monografiyada O'zbekistonning mustaqillik yillarida qishloq fuqarolari ijtimoiy qiyofasida sodir bo'lgan o'zgarishlar tahlil qilinadi. Bu o'zgarishlarga olib kelgan omillar va vositalar aniqlanadi. Tadqiqotchi ushbu omillarning eng asosiysini agrar islohotlar bilan bog'laydi. Shuningdek, monografiyada bugungi kunda qishloq fuqarolarining ijtimoiy qiyofasiga salbiy ta'sir ko'rsatayotgan ayrim muammolarni ham umumlashtirishga ham harakat qilgan.

Аннотация

Mazkur monografiyada baxshichilik va dostonchilik tarixi, uning ma'naviy asoslari, milliy qadriyatlarimiz borasidagi o'rni, tarixiy ahamiyati, baxshichilik maktablarining dolzarbligi, sovet hukmronligi davridagi mafkuraviy siyosat ta'sirida dostonchilik va baxshichilikning kamsitilishi, mustaqillik yillarida baxshichilik va dostonchilik sohasida erishilgan ma'naviy-milliy yutuqlar kabi masalalar keng qamrovli tarzda ochib berilgan. Monografiya baxshichilik va dostonchilik bo'yicha izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilarga, ilmiy jamoatchilikka, baxshichilik va dostonchilikka qiziquvchi baxshilarga, shoir, yozuvchilarga, keng kitobxonlar ommasiga, talabalarga, professor-o'qituvchilarga mo'ljallab tayyorlangan. Shuningdek, mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan ma'naviy merosni o'rganish, qayta tiklash, urf-odatlar, an'analar va qadriyatlar bo'yicha tashkil etilayotgan ommaviy xalq bayramlari, marosimlari, xalq o'yinlarini yanada takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Аннотация

Bugun boshimizdan kechirayotgan o'ta murakkab zamonda oldingi davrlarga nisbatan rahbarlik va etakchilik vazifasining kundan-kunga mas'uliyati oshib borayotgan bir sharoitda har bir rahbar oldida o'zi boshqaradigan hududning (jamoaning) bugungi taqdiri, uning ertangi kuni, istiqboli, iqboli va nimaning hisobidan hududning yorqin kelajagini, aholining farovonligini ta'minlash mumkinligi juda muhim ahamiyatga ega. Rahbarlik mas'uliyatini uddalash uchun uning salohiyati shakllangan va faol harakatga ko'chgan bo'lishi shart. Bunday o'ta mas'uliyatli vazifalarni uddalash uchun rahbarlikni zimmasiga olgan har bir shaxs muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimovning rahbar kadrlarga qarata aytgan qimmatli so'zlarini nafaqat tushunib etishlari, balki unga amal qilishlarini ko'zlab ushbu to'plam tayyorlandi.

Аннотация