Аннотация

Инсон тақдири ҳамиша равон кечавермайди. Ҳаётда киши муаммоларга, нохуш ҳодисаларга ҳам дуч келади, дардга чалинади.Ушбу рисола инсон тақдири ҳақида. Агар инсон ҳаётдаги воқеаларни кузатса, уларни таҳлил эта билса, у тақдирини олдиндан била олади. Балки яхши амаллари, эзгу ишлари билан у тақдир ҳукмини ўзгартира олар?!

Аннотация

Мен мухлислардан ушбу асарни фантастика, хаёлий роман сифатида қабул қилишларини сўраган бўлардим. Шунингдек, асардаги воқеалар баъзи мухлисларимиз тасаввуридан, билганларидан фарқ қилиши мумкин. Чунки бу бадиий асар, бир ижодкор тасаввуридир. Мен билганларимни, ўқиб тафаккур қилганларимни ёздим. Яна ҳам Аллоҳ билгувчидир!

Аннотация

Америкалик киноматографчилар томонидан яратилган «Привидение» («Арвоҳ») филми ўзбек томошабинларини ҳам ҳаяжонга солган эди. Бош қаҳрамоннинг ҳалокатга учраши, танасини тарк этгач, ўлганлигини тушунмаслиги, суюклиси билан бўладиган учрашувлар ғоят қизиқарли, ишонарли қилиб суратга олинган. Адиба Нигина Ниёзнинг «Сўнгги кун» асари ҳам у дунёдаги ҳаёт ҳақида ишонарли, мароқли ҳикоя қилади.

Аннотация

She'r – ilhaq ko'ngilning ohu zorlari, tavba-tazarrulari, orzu-umidlari, isyon va itoatlaridir…

Аннотация

Monografiya shaxs o'zini o'zi nazorat qilishning yosh va indivi­dual xususiyatlariga doir nazariy va amaliy bilimlar majmuasini o'zida mujassamlashtiradi. Shuningdek, monografiyada o'zini o'zi anglash psixologik fenomen sifatida sharq allomalarining qarashlari, o'zini o'zi nazorat qilish muammosini xorij va o'zbek psixologlarining tadqiqotla­rining tahlillari keltirib o'tiladi. Ayniqsa, o'smirlik davrida o'zini o'zi nazorat qilish tizimining namoyon bo'lishi, uning irodaviy sifatlar, shaxsning individual psixologik xususiyatlari bilan aloqadorligi masa­lalari maxsus eksperimental tadqiqotlar asosida o'rganilib, asosli fikrlar qayd etilgan. Muhimi o'smirlik davrida o'zini o'zi nazorat qilish­ning shakl­lanishiga ta'sir etuvchi obyektiv va subyektiv omillarning o'rni asoslanishi bilan birga uning ahamiyatli jihatlari psixodiagnostik tekshi­ruvlar asosida izohlab berilgan.

Аннотация

Аннотация

Dаrslikdа qurilish mаtеriаllаri vа buyumlаri hаqidа umumiy mа'lumоtlаr vа ulаrning yong'in shаrоitidаgi hоlаtlаri, qurilish mаtеriаllаrining yong'in shаrоitidаgi hоlаtlаrini bаhоlаsh vа tеkshirish usullаri, ulаrni yong'indаn himоyalаsh vа qurilish mаtеriаllаridаn yong'indаn хаvfsiz fоydаlаnishdаgi mе'yorlаshni аmаlgа оshirish usullаri yoritilgаn. Аsоsiy e'tibоr qurilish mаtеriаllаrining qisqа muddаtli yuqоri hаrоrаt tа'siridаgi, ya'ni ulаrdаgi yong'in shаrоitidа sоdir bo'lаdigаn fizik-mехаnik jаrаyonlаrgа qаrаtilgаn. Dаrslik O'zR IIV tаsаrrufidаgi «Yong'in хаvfsizligi» yo'nаlishidа tа'lim оlаdigаn tinglоvchilаr uchun mo'ljаllаngаn bo'lib, undаn yong'in хаvfsizligi хizmаtining mе'yoriy-tехnik хоdimlаri, lоyihаlоvchi-muhаndislаr, shuningdеk qurilish yo'nаlishidаgi оliy o'quv yurti tаlаbаlаri hаm fоydаlаnishi mumkin.

Аннотация

Ushbu o'quv qo'llanmada tog'-konchilik, issiqlik energetikasi, qora va rangli metallurgiya, kimyo sanoati, yog'ochni qayta ishlash va selluloza – qog'oz sanoati, oziq-ovqat va shahar xo'jaligi chiqin­dilaridan qurilish materiallari va buyumlari tayyorlashning ijtimoiy, ekologik va tashkiliy yechimlari berilgan.Mazkur o'quv qo'llanma arxitektura-qurilish bakalavriat ta'lim yo'nalishlari talabalari uchun mo'ljallangan. Undan magistrantlar, injener-texnik xodimlar foydalanishi mumkin.

Аннотация

Mazkur o'quv qo'llanmada mineral va polimer bog'lovchilar asosidagi energiya va resurs tejamkor qurilish materiallari, innavatsion texnologiyalar va qurilish kompleksidagi samaradorligi hamda masalalar yechimlari keltirilgan.O'quv qo'llanma "Arxitektura va qurilish ta'lim sohasining barcha bakalavriat ta'lim yo'nalishlari uchun mo'ljalangan. Undan magistrantlar, kadrlarni malaka oshirish va qayta tayyorlash tinglovchilari hamda injener-texnik xodimlar foydalanishi mumkun.Ushbu o'quv qo'llanma Ф-4-50 «Kompozision qurulish material­lari yaratishning polistruktura nazariyasi asoslarini rivojlantirish» fundamental va A-14-39 «Mahalliy xom ashyolar va ikkilamchi resurslar asosida energiya tejamkor yangi avlod superplastifikatorli betonlar texnologiyasini yaratish va tadqiq etish» amaliy Davlat grant loyihalari ilmiy natijalari asosida tayyorlangan.