Аннотация

Аннотация

Ушбу китоб атоқли созанда, бастакор, устоз Фахриддин Содиқов ҳаёти ва ижодий меросини ёритишга бағишланган. Унда санъаткорнинг беназир чолғу ижрочилиги, ҳассос ижодкорлиги ҳамда самарали устозлик фаолияти кузатилган ҳолда сара мусиқий асарлари таҳлил этилади.Мусиқачилар, санъатшунослар, мумтоз ва ҳозирги замон ўзбек миллий мусиқа санъати ихлосмандлари учун мўлжалланган.

Аннотация

Ushbu risolada bulutli texnologiyalar bilan ishlash bir qancha masala va muammolari, uning asosiy turlari, shu jumladan, bir konkret misol sifatida hozirgi paytda keng miqyosda qo'llanilayotgan Microsoft Cloud bulutli platformasi optsiyalari imkoniyat doirasida yoritilib berilgan. Risolada bir qancha bulutli platformalar tahlil qilinib, bizning nazarimizda ularning ichdan faoliyati va qamrab olinishi bo'yicha eng innovatsion platforma sifatidagi Microsoft Cloudning tarkibiy qismlari va ulardan foydalanish tavsif etilib berilgan

Аннотация

Ушбу китобча MS WORD матн муҳарририни ўрганмоқчи бўлган ўқувчи ва талабалар учун мўлжалланган. Таҳрирлагичда ишлаш бир қанча ҳаётий мисол ва масалалар ёрдамида амалга оширилади.

Аннотация

Ушбу ўқув қўлланма информатика ва информацион технологиялар соҳасига бағишланган бўлиб, унда Информатика фанидан маъруза матнлари тўплами келтирилган ва у бу соҳада таълим олаётган ўқувчи-талабалар учун мўлжалланган.

Аннотация

"Matn muhariri bo'yicha testlar" deb nomlangan ushbu o'quv-uslubiy qo'llanmada informatika va axborot texnologiyalari faning asoslari va matn muharirida ishlashni yoritishda o'rganiladigan testlar ularning javoblari bilan birgalikda keltirilgan. Bir qancha muhim testlar yordamida mavzular bo'yicha bajarila olinishi mumkin bo'lgan amaliyot uchun kerakli amaliy operatsiyalar ko'rsatilgan. Informatika fani bilan unchalik tanish bo'lmagan yoki unda ishlash tajribasi bor insonlar uchun ham qo'llanmada keltirilgan ma'lumotlar foydali bo'lib, ularning malakasini yanada oshirish uchun xizmat qiladi. Testlarning ketma-ket hamda bir maromda berilishi va ma'nosi foydalanuvchilarning o'rganilayotgan amaliy dastur bo'yicha chuqur hamda atroflicha nazariy hamda amaliy bilim olishlari nuqtai-nazaridan ishlab chiqilgan. Qo'llanma informatika va axborot texnologiyalari fanini chuqurroq o'rganmoqchi bo'lgan barcha insonlarga, shu jumladan, maktab, litsey va oliy o'quv yurtlarida «Informatika va axborot texnologiyalari» fanidan saboq olayotgan o'quvchi va talabalar hamda ish jarayonida komp'yuter texnologiyalarini tadbiq etishni istagan mutaxassislar hamda xisobchilarga mo'ljallangan.

Аннотация

Ushbu kitobchada Microsoft Office ning Front Page amaliy dasturida ishlash yo'l-yo'riqlari keltirigan va ushbu qo'llanma informatika sohasida tahsil olayotgan o'quvchi-talabalar uchun foydali bo'lishi mumkin.

Аннотация

Ушбу амалий йўналишдаги китобда кўпчилик томонидан иш жараёнида ишлатиладиган EXCEL жадвал ҳисоблагичида ишлаш жараёни бир қанча мисол ва масалалар ёрдамида атрофлича тушунтирилади ва у бу оммабоп дастурни яхши ўрганмокчи бўлган талаба ва ўкувчилар ҳамда ҳисобчилар учун мўлжалланган.

Аннотация

Ushbu kitobcha MS Word matn muharririni o'rganish bo'yicha o'quv qo'llanma bo'lib, unda bir qancha misol va masalalar berilganki, ularni yechgan holda matn muharirini o'rganib olish mumkin. Qo'llanma Word ni mustaqil ravishda o'rganmoqchi bo'lganlar uchun mo'ljallangan.

Аннотация

Hozirgi davrda "Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish "bo'yicha prezident qarorlarini amalga oshirish bo'yicha ishlar tezkorlik bilan davom etmoqda. Hukumat qarorlarida belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirish va koordinatsiya qilish uchun Bosh vazir maslahatchisi lavozimi ham joriy etildi. Yuqorida aytilganlarning barchasi hozirgi o'tish davrida masovafiy ta'limning ahamiyati luda ham katta ekanini ko'rsatadi. Shuning uchun ham usbhu qo'llanmada masofaviy ta'lim videoplatformalaridan biri ZOOM dan foydalanishga bag'ishlangan ushbu qo'llanmada masofaviy videokonferentsiyalarni qanday qilib va qanday vositalar yordamida tashkil qilish va amalga oshirish mumkinligini masala va muammolarini yaqindan ko'rib chiqamiz.