Аннотация

Ушбу сайланмага Ўзбекистон Қаҳрамони, Ўзбекистон халк шоири Эркин Воҳидовнинг турли йилларда яратган дилбар шеърларининг энг саралари жамланган.

Аннотация

Ma'lumki, shu vaqtgacha «Gistologiya» kursidan dastur asosida darslik yozilgan emas. Shuni nazarda tutib, ushbu darslikda umurtqalilardan amfibiyalar, rеptiliyalar, qushlar va sut emizuvchi hayvonlar to'qimalarining gistologik tuzilishiga oid ma'lumotlar zamonaviy usullardan foydalanib, hozirgi zamon talablariga javob bеradigan darajada yoritilgan. Darslik univеrsitеtlar va pеdagogika institutlarining biologiya fakultеtlari talabalariga mo'ljallangan.

Аннотация

Ushbu to'plam orqali siz yosh qalamkash Shohista G'ofurovaning sodda, quvnoq va samimiy tuyg'ulariga oshno bo'lasiz. Vatan, mehr-muhabbat, beg'ubor bolalik mavzularida bitilgan bu she'riy mashqlar o'zining samimiyligi bilan sizga ham manzur bo'ladi, degan umiddamiz.

Аннотация

Ушбу китобга ёш қаламкашнинг турли мавзудаги мақола ва бадиалари киритилди. Уларда муаллифнинг жамият, табиат ва маърифат ҳақидаги ўзига хос қарашлари, нуқтаи-назарлари ўз ифодасини топган, Қизиқарли факт ва мисоллар тўпламнйнг ўқишлилигини таъминлаган. Бу китоб Сизга манзур бўлади, деб умид қиламиз.

Аннотация

В поэтический сборник Хуршиды Маматовой «Сердце» вошли ее переводы стихотворений узбекских поэтов XX начала XXI – века : Абдулхамида Чулпана, Миртемира, Айбека, Эркина Вахидова, Абдуллы Арипова, Рауфа Парфи, Халимы Худайбердыевой, Тилака Джуры, Икрама Атамурада, Халимы Ахмедовой, Шамсии и Ойдиннисо Юлдашевой.

Аннотация

Hurshid Ro'ziqulov 1986 yil 28 mayda Buxoro vi-loyati, Olot tumani, Kesakli qishlog'ida tug'ilgan. Uning Vatan, muhabbat, ota-ona va boshqa mavzular-dagi she'rlari o'quvchini bir zum xayolga toldiradi, she'riyatning sehrli olamiga olib kiradi. «Qadr» shoirning ilk kitobi.

Аннотация

Ўзбекистонда хизмат кўрсатган маданият ходими, «Шуҳрат» медали сохибаси, «Халқ таълими аълочиси» шоира Умида Абдуазимованинг бу тўпламига унинг турли йилларда ёзган бир хил хажмдаги шеърлари жамланди.

Аннотация

Adib ahlining umri yashagan yillari emas, yaratgan asarlari bilan o'lchanadi, deyishadi. Haq gap. Nozikta'b yozuvchi, ustoz jurnalist Turg'un Jamolovning oramizdan ketganiga 17 yil bo'lgan esa­da, vaqt o'tgan sayin qoldirgan merosining yangi­yangi qirralari namoyon bo'layotir. 2010 yilda yozuvchining «Yalpiz hidi», 2011 yilda «G'alati ariza», 2012 yilda «Yaxshilik bog'i», 2013 yilda esa «Diydor» nomli qissalar, ocherklar, hikoyalar to'plamlari chop etilgan edi. Mana, bugun yozuvchining bisotidan navbatdagi asarlar to'plami yana sadoqatli jufti haloli Hojar JAMOLOVAning muborak say'i harakatlari sharofati bilan, Siz – aziz o'quvchilarning ko'ngil mulkingizga aylanmoqda. Marhamat, o'qing, zavqlaning.

Аннотация

Muhtaram kitobxon! Ushbu to'plamdan xorazmlik iste'dodli shoira Sultonposhsha Seydamatovaning o'e'rlari joy olgan. U Vatan va istiqlol, do'stlik va ishq-muhabbat haqida ehtiros bilan qalam tebratadi.

Аннотация

Sadoqat bir she'rida «Osmonga parvozim qanot she'riyat, shu murg'ak jonimga najot she'riyat» deb yozadi. Yosh shoiraning qalbiga umid baxsh etgan, uni ijodga ilhomlantirgan she'riyat olami bu gal ham yana bir iste'dod egasini qaytadan kashf etdi. Sadoqatning yozganlarida samimiyat mujassam. U ana shu samimiyati bilan ham boshqalarni takrorlamaydi, boshqalardek fikrlamaydi. Aziz kitobxon! Ushbu mo'jazgina kitobni o'qiganingizdan keyin umidli, dilkash shoirani qalbingizga yaqin olishingizga ishonchimiz komil.