Аннотация

"Boshqa hammualliflar: B.A.Abdurahmonov Ushbu darslikda yarimo'tkazgichli asboblaraning asosiy xossalari, yarimo'tkazgich diodlarning fizikaviy asoslari va ularning tavsiflari keltirilgan. Shuningdek, yarimo'tkazgichli rezistorlar, tranzistorlar va tiristorlar haqida ma`lumotlar berilgan va diodli, triodli, tetrodli va pentodli lampalar to'g'risidagi materiallar, fotodiodlar, fotorezistorlar, fototranzistorlar va fototiristorlarning fizikaviy asoslari va tavsiflari to'g'risida ma`lumotlar hamda gibrid va yarimo'tkazgichli mikrosxemalar haqida materiallar keltirlgan. Mazkur darslik texnika yo'nalishi bo'yicha ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlari o'quvchilari uchun mo'ljallangan. shuningdek, texnik yo'nalishdagi o'quv muassasalari o'qituvchilari ham foydalanishlari mumkin."

Аннотация

Кенг китобхонлар оммаси учун мўлжалланган ушбу рисолада тамакининг зарари ҳақида сўз боради. Тамакининг бутун дунё бўйлаб тарқалиш тарихи, унинг организмга таъсири ва у келтириб чиқарган салбий оқибатлар кузатилади. Муаллиф чекишга қарши курашнинг ишончли ва самарали усулини таклиф этади. Бу усул зарарли одатдан осон қутилишга ёрдам беради.

Аннотация

Ushbu qo'llanmada tolalarning tasnifi, kimyoviy tarkibi, asosiy xossalari, ularning olinishi, to'qimachilik iplarining tuzilishi va xossalari, tolalarni yigirish jarayoni, tasnifi, xossalari va nuqsonlari, shuningdek gazlama, trikotaj matolari tuzilishining fizik-mexanikaviy xususiyatlarini aniqlash bo'yicha ma'lumotlar berilgan.

Аннотация

Bozor iqtisodiyoti sharoitida uy xo'jaligi tushunchasining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati ochib berilgan, uning oila bilan bog'liqligi, inson kapitalini asrash va rivojlantirishdagi funksiyalarini amalga oshirish mexanizmlari asoslangan. Qishloq iqtisodiyotida uy xo'jaliklari o'rni va faoliyatining o'ziga xos xususiyatlari tadqiq etilgan.Shuningdek, monografiyada qishloq joylaridagi uy xo'jaliklarining iqtisodiy faoliyati turlari guruhlangan, daromadlari va xarajatlarini shakllantirish va taqsimlash uslubiyatini takomillashtirish, rivojlanishini rag'batlantirish yo'llari hamda ularni qishloq xo'jaligidagi o'rni va ahamiyati baholangan. Aholi zich yashovchi hududda qishloq uy xo'jaliklarining istiqbolda dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlari rivojlanishi va iste'molining prognoz variantlari ishlab chiqilgan. Qishloq uy xo'jaliklarini infratuzilma tashkilotlari bilan aloqalarini takomillashtirish va institusional rivojlantirish yo'llari taklif etilgan. Qishloq xo'jalik boshqaruvi organlari hamda qishloq fuqarolar yig'ini rahbar va mutaxassislari, ilmiy xodimlar, oliy o'quv yurtlari o'qituvchilari, katta ilmiy xodim – izlanuvchilar, talaba va magistrlarga mo'ljallangan.

Аннотация

"Mazkur darslik Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va oliy o'quv yurtlarida magistrlar tayyorlash davlat andozasining talablari asosida yozilgan. Darslik mazmunini bayon etishda Respublika Prezidenti I.Karimov asarlaridan, Respublika qonunlari va boshqa me'yoriy hujjatlardan, keyingi yillarda mamlakatimizda va xorijda nashr etilgan darslik va o'quv qo'llanmalardan keng foydalanilgan. Shuningdek, ilmiy va amaliy jihatdan mukammallik darajasini oshirish maqsadida ko'plab monografiyalar, dissertatsiya va avtoreferatlar, Internet materiallari, mamlakatimiz iqtisodiy hayotiga oid statistik materiallardan keng foydalanilgan. Darslik «Iqtisodiyot nazariyasi» mutaxassisligi bo'yicha magistratura tinglovchilari uchun mo'ljallangan."

Аннотация

Ҳаваскор ижодкор бўлишига қарамай Ўткирбек Давлетов қисқа муддат ичида навбатдаги китобини нашрга тайёрлади. Асосан, ҳикматли сўзлар ва ибо­ралардан таркиб топган мазкур китоб муаллифдан тийран нигоҳ, кенг дунёқараш ва ҳароратли қалб та­лаб қилади.Ушбу ҳикматлар мутолаасидан кейин ўқувчи Ўт­кирбек Давлетовда ҳам худди шундай фазилатлар борлигига амин бўлади.Мазкур рисола кенг китобхонлар оммасига мўл­жалланган.

Аннотация

Турсуной Содиқованинг барча асарлари ўзининг ўқишлилиги, дилга яқинлиги билан ўқувчисини топган. Ушбу китоб ҳам китобхонларнинг яқин ҳамроҳига айланади, деган умиддамиз.

Аннотация

Талқин этилаётган ва тақдим этилаётган мазкур Ҳадислар ижтимоий институтларнинг муҳим тармоғига дахлдорлиги – муаллифнинг оила, маҳалла ва одамлараро ўзаро муомала маданиятининг ўсиб бормоғига умидворлиги жиҳатидан ўқувчининг диққат-эътиборини тортади ва эътирофини қозонади.

Аннотация

Ushbu kitob dialog, ya'ni dilkash suhbat tarzida yozilgan, boshqacha aytganda, uni ko'ngildagi gaplar, deyish mumkin. Mualliflar hech kim bilan bahslashmaydilar, tortishmaydilar, Sohibqiron Amir Temur shaxsi, faoliyati, tariximiz, Mustaqilligimiz, adabiyot, xilma-xil taqdirlar, odamlar haqida o'z fikrlanm bildirib o'rtoqlashadilar, o'quvchim beixtiyor suhbatga chorlaydilar. 0'ylaymizki, mazkur kitob o'quvchilanmiz uchim alohida nashrlardan biri bo'lib qoladi.

Аннотация

Дунёда Амир Темур ҳақида ёзилган китоблар сони икки мингдан ортиқ бўлиб, муҳтарам ўқувчининг бунча китобни ўқиб чиқишга вақти ҳам, умри ҳам, имкони ҳам етмайди.Шу боисдан, Ўзбекистон Республикаси Халқаро Амир Темур хайрия жамоат фондининг масъулларидан бири, Ўзбекистонда хизмат кўрсатган маданият ходими, Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмасининг аъзоси, «Амир Темур ҳақида ҳикоялар» китоби учун «Энг улуғ, энг азиз» Республика кўрик-танловининг 2009 йилдаги ғолиби, «Вафо маликаси», «Қора Шаҳзода», «Баҳоуддин Нақшбанд ёхуд Буроқ водийси қиссаси» каби асарлар муаллифи Тўлқин Ҳайит ана шу савобли ишни амалга оширди.Ушбу ёндафтарда Амир Темур ва Темурийлар тарихига оид маълумотлар, ҳаётий-ибратли воқеалар берилган.Мазкур маълумотлар бир-биридан қизиқарли бўлиши билан бирга, аниқ тарихий манбалар асосида ёзилган. Унда Соҳибқирон Амир Темур ҳамда Темурийларнинг илм-фан, меъморчилик, мусиқа, тиббиёт, адабиёт ва бошқа соҳаларда амалга оширган ишлари билан ҳам танишасиз.