ТОП просматриваемых книг сайта:
«Mavzu ishlanmasi» tayyorlashning innovatsion xarakterga ega bo’lgan metodi. Monografiya. Salim Madraximovich Otajonov
Читать онлайн.Название «Mavzu ishlanmasi» tayyorlashning innovatsion xarakterga ega bo’lgan metodi. Monografiya
Год выпуска 0
isbn 9785005918666
Автор произведения Salim Madraximovich Otajonov
Издательство Издательские решения
Monografiya
Salim Madraximovich Otajonov
Muharrir Ibratjon Xatamovich Aliyev
Muharrir Boxodir Xoshimovich Karimov
Muharrir Inomjon Uktamovich Bilolov
Taqrizchi, pedagogika fanlari nomzodi, Farg'ona davlat universiteti fizika-texnika fakulteti "Texnologik ta’lim" kafedrasi dotsenti Ismail Karimov
Taqrizchi, Farg’ona viloyati pedagoglarini metodikalarga o’rgatish milliy markazi katta o’qituvchisi Mamatov D. X.
Illustrator Ibratjon Xatamovich Aliyev
Illustrator Boxodir Xoshimovich Karimov
Illustrator Salim Madraximovich Otajonov
Muqova dizayni Ibratjon Xatamovich Aliyev
Muqova dizayni Xolidaxon Tulkinovna Aliyeva
Korrektor Ibratjon Xatamovich Aliyev
Korrektor Boxodir Xoshimovich Karimov
© Salim Madraximovich Otajonov, 2023
ISBN 978-5-0059-1866-6
Создано в интеллектуальной издательской системе Ridero
KIRISH
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida texnologiya darslari maktabda eng o’zoq vaqt o’tiladigan o’quv fanlaridan biri hisoblanadi. Texnologiya o’qituvchi rahbarligida o’quvchilar tomonidan bajariladigan aqliy va jismoniy harakatlar – mehnat faoliyati jarayonidan iborat bo’lib, yakuniy natijada ularning mehnat qurollari, vositalari va jarayonlari haqida bilimlarini hamda ma’lum sohadagi ishlab chiqarish mehnatini bajarish uchun zarur amaliy ko’nikma va malakalarini egallashlariga, ongli ravishda kasb tanlashga hamda jamiyat va shaxs farovonligi yo’lida mehnat faoliyatiga qo’shilishlariga imkon beruvchi shaxsiy sifatlarini va tafakkurlarini rivojlantirishga qaratilgan o’quv fanidir.
Bu fan umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’zoq muddat, ya’ni birinchi sinfdan to oxirgi sinfgacha bo’lgan davr ichida o’qitilishi bilan o’quvchilar faoliyatida va maktab hayotida o’ziga xos muhim ahamiyatga egadir. Bunda texnologiya fani darslari uch bosqichda tashkil etilib, ulardan ko’zlangan maqsad o’quvchilarni jismoniy tomondan to’g’ri rivojlantirish, mehnat olami va kishilari, mehnat qurollari va amallari, asosiy ishlab chiqarish sohalari va kasblar bilan tanishtirish, ish qurollaridan foydalanish, oddiy buyumlarni yasashga oid mehnat malakalarini hosil qilish, ongli ravishda kasb tanlashga yo’naltirishdan iborat. Yuqorida aytilgan bosqichlardan har birini oldiga qo’yilgan aniq vazifalar mavjud.
Jumladan, 1-bosqichda 1-4-sinflardagi texnologiya darslarida o’quvchilarga kishilarning hayotida mehnatning tutgan o’rni, eng sodda mehnat amallari va ish qurollari, ulardan foydalanishga oid dastlabki mahlumotlar beriladi. Qog’oz, yelim, gazlama, ip, plastilin kabi materiallardan igna, qaychi, pichoq kabi mehnat qurollari yordamida sodda buyumlar, o’yinchoqlar yasash, tayyorlash orqali ularda dastlabki mehnat ko’nikmalari shakllantiriladi.
2-bosqich darslari 5-7-sinflardagi texnologiya darslaridan iborat. Bu bosqichdagi texnologiya darslari texnologiya va dizayn (yog’ochlarga, plast-massalarga va metallarga ishlov berish texnologiyalari, elektrotexnik va tahmirlash ishlari), servis xizmati (pazandachilik va gazlamalarga ishlov berish texnologiyasi, tikuv buyumlarini tahmirlash) hamda umumlashgan yo’nalishlarda tashkil etiladi. Bular ishlab chiqarishning eng muhim ko’rinishlari bo’lib, deyarli hamma sohalarda qo’llaniladi. SHu sababli 5-7-sinflardagi bu mashg’ulotlarda o’quvchilarga ishlab chiqarishning asosiy bo’g’inlari bo’lgan yog’och, plastmassa, polimer, metall, gazlama kabi materiallarga hamda oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish va taom tayyorlash, elektrotexnik ishlar va tahmirlash ishlariga oid dastlabki umumiy bilimlar beriladi, mehnat ko’nikmalari hosil qilinadi. Kelgusida ularni biror kasbni ongli ravishda tanlashga yo’naltiriladi.
3-bosqichdagi texnologiya darslari 8-9-sinflarda olib boriladigan texnologiya darslari bo’lib, ularda xalq hunarmandchiligi, ishlab chiqarish va ro’zg’orshunoslik asoslari, elektronika asoslari, ijodiy loyiha tayyorlash kabi sohalar bo’yicha nazariy tushunchalar beriladi va amaliy mehnat ko’nikmalari singdiriladi. Umumiy o’rta Ta’lim maktabi o’quvchilarini tadbirkorlikga yunaltirish, shaxsiy ishlab chiqarish korxonalariga ega bulish, kichik va o’rta biznes tadbirkorlik subektlariga ega bo’lish xakida tushunchalar berish, iktisod fani bilan boglash masalalarin kiritish o’quvchi dunyoqarashini rivojlantiradi.
Texnologiya fanining o’qitilishida o’qituvchi ko’proq darslarni ishlab chiqarish korxonalarida, eksko’rsiya ko’rinishida yoki sinfdan va maktabdan tashqari to’garak, o’quv tsexlari, korxona, muassasalarda oddiy shogirdlikdan korxona rahbarigacha bo’lgan pog’onalargacha ko’tarilgan tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o’tkazish, davra suhbatlari tashkil etib bolaning ko’z o’ngida bugungi kunda zamonaviy rahbar ko’rinishidagi shaxsni shakllantirish orqali o’quvchilarga tushunchalar berib borish kerak.
Aynan mana shunday tadbirlar orqali o’quvchilarning psixologik yosh orqalilarini hisobga olib o’quvchi eshitganidan ko’ra, ko’proq ko’rganini qiladi, degan psixologik yondashuvga amal qilinsa, maqsadga tezroq erishish mumkinligini ko’rsatish yoki ayrim holatlarda tadbirkorlik subektini boshqaruvchisini yashash turmush tarzi aks etgan videoroliklar orqali o’quvchilarga motvattsiya berish usullaridan ham foydalanish yaxshi natijalarga olib kelishi mumkinligini tushuntirish lozim. Pedagogik jamoa orasida liderlik maqomiga ham ega mumkin, Masalan, texnologiya darslarida qaysidir buyum yoki detalni tayyorlash jarayonini tushuntirishda, dastlab tayyorlanadigan buyumni texnalogik xaritasini tayyorlashda bevosita rasm va chizmachilik fanlaridan olingan bilimlarga suyanilishini, uning xajmini va o’lchovlarini olishda matematika va gemetriya fanlari bilan bog’lanishini, tayyorlanadigan detalni bikrligini taьminlashda maxsulotni ximiyaviy, fizikaviy va texnologik hossalarini yaxshi tushunish kerakligi, chunki, bu materiallarni tanlashda aloxida ahamiyatga ega ekanligini tushuntirib, natijada mehnat unimdorligitni oshirish, kam mehnat sarflab ko’proq natijaga erishish mumkinligini, bu natijani hisoblashda iktisod fanini o’rnini tushuntirib bersa, o’quvchini ko’z o’ngida texnologiya fani o’qituvchisi bir necha fanlarni o’zlashtirgan o’ta bilimli shaxs sifatida namoyon bo’ladi yoki texnologiya fani o’qituvchi bolalarni xatti-xarakatlari orqali ana shu sanab o’tilgan fanlarni o’quvchilar kanday o’zlashtirganliklarini bilib olishi mumkin va shu orqali fan o’qituvchilariga taklif va fikrlarini berishi mumkin, shuni natijasida texnologiya fanini o’qitilishida barcha fanlar muhim ekanligini ko’rsatish mumkin.
Amalda umumiy o’rta ta’lim maktablarining asosiy vazifasi o’quvchilarni hayotga tarbiyalash ekanligini hisobga olib, maktablarning o’quvchilarini maktabni bitirib chiqib ketayotganda muayan bir kasbni egasi , bugungi kun talabi ekanligini davlatimiz rahbari o’zlarining xar bir chikishlarida takror takror aytmokdalar. Xattoki Davlatimiz rahbarining umumtaьlim maktablarini bitirib chiqayotgan bitiruvchilar kamida 1 ta musiqa asbobini mustaqil chala olishi shart deb taьkidladilar va bu ishni amalga oshirishda Xalk taьlimi vazirligiga hamda Madaniyat vazirligiga qator topshiriqlar berdilar.
Davlatimiz rahbarining xududlarni ijtimoiy iktisodiy rivojlanishini o’rganish buyicha viloyatlarga qilgan barcha safarlarida xududlarni sharoitlaridan kelib chiqib, shu xududlardagi Oliy o’quv yurtlari negizida turli xil fakulьtetlarni ochib malakali mutahasislar tayyorlashni yo’lga qo’yish keraklgini ta’kidlab o’tmokdalar. Masalan, Fag’ona viloyatiga tashriflari davomida Fag’ona Davlat Universiteti bazasida asalarichilik, o’zumchilik va anorchilikga iktisoslashtirilgan fakulьtetlarni qo’shimcha tashkil etish buyicha Oliy taьlim vazirligiga topshiriqlar berilmokda yoki Prezidentimizning tashabbuslari bilan 2020 yili Qo’qon shaxrida milliy hunarmandchilik buyicha xalkaro festivalni o’tkazilishi, O’zbyokistonni butun dunyoga tanitganligini hammamiz guvohi bo’ldik. Aynan shu xalkaro festivalda Davlatimiz rahbari milliy hunarmandchilik sir – asrorlarini maktab taьlimiga kiritish buyicha aloxida tuxtalib Rishton kulolchilik maktabini yaratilishi Qo’qon va Margilon shaxarlarida kashtachilik va kasanachilik maktablarini kelgusida rivojlantirish dasturlarini taklif kildilar, shulardan ko’rinib turibdiki, umumiy o’rta taьlim maktablarida yangilanaetgan milliy o’quv