Аннотация

Taniqli yozuvchi Muxtor Hudoyqulov o'zining mazkur kitobiga kirgan ko'plab topilmagan, voqeiy hikoyalarida padari buzrukvorining hayoti, faoliyati, fe'l-atvori, u kishi bilan hamnafas bo'lgan insonlar xususida mehr bilan qalam yuritadi. To'plamning diqqatga molik tomoni shundaki, muallif bir inson hayoti misolida yaqin o'tmishimizning g'aroyib manzaralarini yorqin bo'yoqlarda ifoda etadi.

Аннотация

Etmishinchi yillarning oxirlarida bir mavzu tinchimni yo'qotdi: tuman etakchisi – shakllanish; kamol topish va tanazzul. Halokatning ildizlari… Ko'p mushohadalardan keyin, nihoyat, «Tanazzul» deb nomlan-gan romanni yozishga kirishdim. Boshda ish yurishdi: bir necha bobni eshitganim voqealar asosida «qotirib» tashladim. Biroq, navbatdagi bobda taqa-taq to'xtab qoldim. Negaki, bosh qahramon harakatlanadigan maydonni – raykomning ichki hayotini, «vahimali» majlislarini, xodimlarning o'zaro munosabatlari-ni deyarli bilmas ekanman. Taxminan, xayolot kuchi bilan davom ettirishni esa ep ko'rmadim. Nima qilish kerak? Boshim qotdi. Biror tumanda bu sohani o'rganish kerakmikan?..

Аннотация

Ҳар бир ёзувчининг ўз китобхони, ўз услуби бўлади, Мирзапўлат Тошпўлатов ҳам тарихий, ҳам замонавий мавзуларда қалам тебратади. Адибнинг ҳикоя ва қиссаларида муҳаббатнинг сирли онлари, дўстлик, диёнат, эзгулик, софлик ҳақида сўз юритилса, тарихий асарларида эса авлодларимиз урф-одатлари, мардлиги, ота-боболар ва момоларимизнинг эртакка, ривоятга айланган садоқати, мардлиги ҳақида ҳикоя қилади.Китобхонлар қалбидан кенг ўрин олган адибнинг «Санам тогидаги гулхан» деб номланган сайланмаси ёшларимизни аждодлар руҳида тарбиялашга хизмат қилади, деган умиддамиз.

Аннотация

Fin yozuvchisi va jurnalisti Martti Larnining «Zo'raki muttaham yoki to'rtinchi umurtqa» romani 1957-yilda bosilib chiqdi va hozirga qadar Finlyandiyada bir necha bor nashr etildi. Romandagi voqealar muallif urushdan keyin borib ko'rgan Amerika Qo'shma Shtatlarida sodir bo'ladi. Biroq, Larni amerikacha voqelikni har tomonlama batafsil yoritib berishga intilmaydi. «Zo'raki muttaham yoki to'rtinchi umurtqa» – amerikacha «hayot kechirish»ning ba'zi tomonlarini o'tkir satira tig'iga oladi; yozuvchi asosan mubolag'a va karikaturaga murojaat qilib, hozirgi, bizning kunlardagi Amerika aхloqini tasvirlaydi. Martti Larnining o'ziga хos o'tkir tilda yozilgan kitobining tarjima etilishi kitobхonga hozirgi zamon fin adabiyotining o'lmas asarlaridan biri bilan tanishish imkonini beradi.

Аннотация

Азиз китобхон!Сиз тарихий маълумотлар асосидаги ҳикоят, ҳикмат ва тамсилларини қизиқиб мутолаа қилгансиз. Бундай асарлар ҳажман кичик бўлсада, ҳар бири замонлар синовидан ўтган ва улар бизга ибрат йўлини доимо эслатиб туради. Ўз қалами билан китобхонлар қалбидан ўрин олишга муяссар бўлган ижодкор, Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси аъзоси Мансур Аловуддиновнинг эътиборингизга ҳавола этилаётган навбатдаги ўн учинчи китобини «Ифор ишқида» деб бежизга номлаганимиз йўқ. Ундан ўрин олган ибратга бой жажжи ҳикоялар ҳаётнинг ўзидан олинган. У сизга баъзи ҳаёт ҳақиқатларини эслатишига, кўнгил мулкингизни обод қилишига ишонамиз…

Аннотация

Kitobda nafaqat ikki sevishgan qalb , balki XIX asrning o'rtalaridagi madaniy, ijtimoiy-siyosiy muhit haqida ham yoritilgan. Kitob keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.

Аннотация

"Yaxshilik qiling – yaxshilik topasiz. Bu – muqaddas tushunchalardan biri. Alhol, ezgulik, poklik, olijanoblik – insonning ko'rki. Kamolotga eltuvchi yo'l mehnatsevarlik hamdir. «Zahmat ila nur» qahramonlari ana shu mehnatsevarlikni, ishchanlikni aslo kanda qilmaydilar. Turli to'siqlar, mashaqqatlarga qaramay, hamisha olg'a intiladilar. Bu ayniqsa, Yodgor misolida namoyon bo'ladi. Uning yaxshilik evaziga sobit maqsadiga erishganiga ishonch hosil qilasiz…"

Аннотация

"Afg'on shamoli" roman-seriali o'tkir syujetlarga boy va voqealar ketma-ketligi o'quvchini doimiy hayajonda ushlab turadi. Narkobiznes olami, narkokurerlarning jirkanch qilmishlari kitobxonda ularga nisbatan nafrat tuyg'usini uyg'otmay qolmaydi.Romanning ushbu kitobida Mehmed Chegechi hamda rus mafiya otasi – Vadim Volfovichning o'ldirilishi, «Adolat lashkarlari»ning qabohatga to'la nohaqliklari, o'zbek razvedkachisi – Bo'ronning erta-indin dunyoning turli burchaklariga jo'nab ketishi kutilayotgan kamikadzelarni tunda portlatib yuborishi kabi qiziqarli va qaltis voqealar yoritilgan. O'ylaymizki, romanning bu seriyasi siz, aziz o'quvchilarga manzur bo'ladi…

Аннотация

Исоқжон Нишонов қаламига мансуб «Афғон шамоли» романининг навбатдаги қисмида Ўзбекистон ҳуқуқ-тартибот органлари ходимларининг ўтган асрнинг тўқсонинчи йилларидан бошлаб Марказий Осиё, Афғонистон, Қирғизистон, Туркия, Росс ия ва бошқа мамлакатлар ҳудудларида фаолият олиб борган террорчи гуруҳларга қарши олиб борган кураши акс этган.Ушбу ўткир сюжетли саргузашт роман Бўрон исмли ўзбек разведкачисининг қаҳрамонликларини ҳикоя қилади. Эргаш, Қамбар, мулла Умар каби жиноий тўдаларни бош қараётган кимсаларнинг манфур мақсадлари йўлида ҳеч нарсадан тап тортмасликлари ўқувчида уларга нисбатан чексиз нафрат туйғусини уйғотади.Ватаннинг ҳар қарич ери нақадар буюк эканлигини, Ватанга хиёнат аслида ўзлигингга хиёнат эканлигини теранроқ ҳис қиласан…

Аннотация

"Huddi qiyomat qoyim boshlangandek hamma har yoqqa qocha boshladi. …Yuz metrlar nariga tushgan snaryadning gumburlagan ovozi eru ko'kni larzaga soldi. Abdurasul erga ekib qo'yilgandek tanasi er ostida, boshi er ustida. Hech kim bu boshni ko'rmadi. Kimdir taqali etigi bilan qurbaqani bosgandek qonga botgan boshni toptab o'tdi. U bu azoblarga dosh berolmasligini tushundi. Shunda Abdurasulning ko'z oldidan tug'ilib o'sgan yurti, ota-onasi, yor-do'stlari o'tdi. Beixtiyor vujudini tark etayotgan bor quvvatni yig'ib «Onajo-o-n» deb qichqirdi…" «Afg'on shamoli»ning ikkinchi kitobidan olingan shu kichik parcha o'z vatanida yaratish, yashnatish, bilim olishga qodir bo'lgan o'zbek o'g'lonining begona erlarda yot g'oyalarga asir bo'lib qanchalar xor bo'lganini ko'z oldimizga keltiradi. Asar davomida kitobxonlar vataniga, xalqiga xiyonat qilgan, shuningdek, o'z qilmishlaridan pushaymon bo'lgan boshqa qahramonlarning ham boshidan kechirganlari, ichki kechinmalaridan ogoh bo'ladilar…