Аннотация

Ушбу китоб Абу Райҳон Беруний қаламига мансуб «Минералогия» китобининг ўзбек тилига қилинган илк таржимасидир. Бу нашр Абу Райҳон Берунийнинг кўп жилдлик асарлари туркумини тўлдиради. Минераллар таснифи,уларнинг физик, кимёвий хусусиятлари, пайдо бўлиш назариясига ҳамда ишлов бериш технологияси каби масалаларга бағишланган шоҳасарда Беруний минералларни таърифлаш билан бирга, уларнинг солиштирма оғирлигини физика ва минералогия тарихида биринчи марта тартибли равишда аниқлаб, маъданшуносликнинг амалий ишларига жорий қилди. Бундан ташқари, Беруний минераллар ва маъданларнинг ўз давридаги нарх-навоси, баъзиларининг дориворлик хусусиятлари, қимматбаҳо тошлар ва металлар билан боғлиқ инонч, ирим-сиримлар, қизиқарли этнографик маълумотларни баён этганки, булар «Минералогия» асарининг тарихий манба сифатидаги юксак аҳамиятини кўрсатади.Китоб минералогия, геология, кончилик, металлургия каби соҳаларнинг назарияси ва амалиёти билан шуғулланувчи мутахассислар ҳамда кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.

Аннотация

Аннотация

Mazkur monografiyada imkoniyati cheklangan nogiron bolalarni inklyuziv ta'lim tizimida yangi texnologiyalar asosida o'qitishning mohiyati, mazmuni, maqbulligi va samaradorligi, shuningdek, har bir bolaga o'z qobiliyati, ruhiy holati va imkoniyatiga ko'ra ta'lim olishi, ularni integrasiya qilish uchun qulay sharoitlar yaratish muhimligi bo'yicha uslubiy qo'llanmalar, inklyuziv ta'lim dasturlari, metodik-psixologik materiallar, maxsus o'quv vositalarining o'rni zarur ekanligi ilmiy tadqiqot natijalari va tahlillari asosida bayon etilgan. Monografiyadan respublikamizdagi oliy o'quv yurtlari pedagoglari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, magistr va bakalavr talabalar, kasb-hunar kollejlari o'qituvchi va o'quvchilari, umumta'lim muassasalari pedagoglari foydalanishlari mumkin.

Аннотация

Badiiy gimnastika bo'yicha O'zbekiston birinchiligi. Musiqa yangraydi… Salgina havotirli, shu bilan birga yengil va maromli. Zal markazida bir qiz turibdi. Kelishgan, viqorli. O'ziga xos sport kiyimi qaddi-qomati chiziqlarini ta'kidlaydi. Qo'llarida tasma. Qizil, yarqiragan va xuddi jonlidek. U bir qiz tanasini muloyim o'rab olsa, bir shiddatli o'ramalar bilan yuqoriga intiladi, bir ilondek g'alati buralib qo'ldan chiqadi. Qiz ilhomlanib, musiqa ritmiga bo'ysundirib va har bir harakatni belgilagan holda, havoda qizil chaqmoqlarni «chizadi». Bir vaqt ajoyib hodisa yuz beradi. Biz endi gimnastikachi qizni emas, balki… toreadorni, lekin buqa bilan hayot-mamot jangiga chiqqan emas, balki romantik, jasur, hayvon bilan o'ynovchini ko'ramiz.

Аннотация

Boshka soavtorlar: T.Z.Teshaboev, E.A.Hoshimov Ushbu o'quv qo'llanmada jahon moliyaviy-iktisodiy inqirozining mazmuni, kelib chiqish sabablari va salbiy oqibatlari atroflicha yoritib berilgan. Qo'llanma O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimidagi oliy o'quv yurtlari talabalari, akademiya tinglovchilari, magistrantlar, ilmiy xodimlar, oliy va o'rta maxsus ta'lim markazi kollejlari, akademik liseylar o'quvchilari, milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan xodimlar, iqtisodchilar va keng jamoatchilikka mo'ljallangan. O'quv qo'llanma boshqaruv va rahbarshunoslik masalalari bilan shug'ullanuvchi mutaxassislar, o'qituvchi va magistrlar, tinglovchilar va ushbu mavzuga qiziquvchi kitobxonlarga mo'ljallangan ilk tajriba lardan biridir.

Аннотация

Boshka soavtorlar: A.U. Usmonov, O'quv qo'llanmada avtomatika asoslarining asosiy bo'limlari – metrologiyaning asosiy tushunchalari, texnologik kattaliklarning o'zgartgichlari, texnologik kattaliklar, nazorat qilish usullari va asboblari, avtomatika elementlaridan kuchaytirgich-lar va relelar hamda masofadan turib o'lchash sistemalari to'g'risida umumiy ma'lumotlar berilgan. O'quv qo'llanma asosan kasb-hunar kollejlari o'quvchilariga mo'ljallangan bo'lib, undan shu soha bo'yicha tahsil oluvchi talabalar, ilmiy va muhandis texnik xodimlar foydalanishlari mumkin.

Аннотация

Мазкур дарслик касб-ҳунар коллежлари учун «Солиқ тизими асослари» фани бўйича Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирли­гининг 2013 йил 20 декабрдаги 484-сонли буйруғи билан тасдиқланган ўқув дастури асосида тайёрланган. Дарслик 6 қисм, 16 та боб ва 65 та параграфдан иборат.Дарсликда фаннинг предмети, вазифалари, солиқларни аҳамияти ва солиқ механизми, солиқ сиёсати ва солиққа тортиш тизими баён этилган. Юридик ва жисмоний шахслар томонидан бюджетга солиқларни ҳисоблаш ҳамда бюджетга тўлаш тартиблари батафсил ёритилган.Шунингдек, дарсликда ижтимоий жамғармаларга тўланадиган ажратмалар, тўловлар, давлат божлари ва йиғимларни ҳисоблаш, бюджетга ундириш, назорат қилиш ҳамда айрим олинган мамлакатлар мисолида хорижий мамлакатларнинг солиқ тизими атрофлича ўрганилган.

Аннотация

Mazkur o'quv qo'llanma mashinasozlik, qurilish, san'at, pedagogika kollejlarida o'qiyotgan o'quvchilar uchun mo'ljallangan bo'lib, unda chizmachilik ish qurollaridan foydalanish, ishga sozlash, geometrik yasashlar, chiziq turlari, shriftlar, o'lcham qo'yish, aylanalarni teng bo'laklarga bo'lish, tutashmalarning teхnikada ishlatilishi, sirkul va lekalo egri chiziqlarini chizish, chizma geometiya elementlari, aksonometrik proyeksiyalar, qirqimlar, ajraladigan va ajralmaydigan birikmalar, rezbali birikmalar, sхemalar, teхnikada juda muhim rol o'ynaydigan yig'ish chizmalarini bajarish tartibi va barcha mavzularini mustahkamlash uchun mashqlar to'plami hamda har bir o'quvchi uchun tayyorlangan variantlar berilgan. Ushbu qo'llanmadan kasb-hunar kolleji o'quvchilari, teхnika yo'nalishidagi oliy o'quv yurti talabalari va chizmachilik o'qituvchilari foydalanishlari ko'zda tutilgan.

Аннотация

Mazkur o‘quv qo‘llanmada O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida ta’lim tizimini rivojlantirishning yangi bosqichida kasbiy pedagogikaning o‘rni va vazifalari; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi kadrlar tayyorlash jarayonidagi kasbiymalakaviy o‘zgarishlar; kasb-hunar ta’limining rivojlanish tarixi; uzluksiz ta’limning maqsadi, mazmuni, tuzilishi; uzluksiz kasbiy ta’lim tushunchalari; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida kasbiy ta’limning maqsadi va vazifalari; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida kasblar va mutaxassisliklar klasfikatsiyasi, kasb-hunar kolleji bitiruvchilariga talablar, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmuni, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi standartlari; kasbiy ta’lim mazmuni, uni tanlash va tahlil qilishning ilmiy-metodik asoslari; kichik mutaxassislarning kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish qonuniyatlari; kasbiy ta’lim sohasida xalqaro tajriba; ta’limning dual tizimi; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’liminiboshqarish to‘g‘risidagi asosiy normativ-huquqiy hujjatlar; kasb-hunar ta’limi va ta’lim muassasalarini boshqarish va shu kabi masalalar yoritilgan.

Аннотация

Baxtiyor Haydarovning «Baxt kitobi» ilmiy-ommabop to'plami inson ruhiyatini anglashga bo'lgan intilishlar mahsuli, deb baholash mumkin. Kitobni yozishda muallif juda ko'p manbalardan va qiziqarli ma'lumotlardan foydalangan. «Baxt kitobi»ning o'ziga xos jihati, muallifning baxt mavzusiga falsafiy, ijtimoiy, tibbiy, o'rni kelganda, diniy nuqtai-nazardan yondoshishidir. Ushbu asar tilining shiradorligi, uslubining ravonligi, yoqimli yumorini alohida ta'kidlash lozim.