ТОП просматриваемых книг сайта:
Kitobxon
Все книги издательства KitobxonАннотация
Минг йиллардан буён бутун дунёда «Ҳужжатул Ислом» унвони билан улуғланиб келаётган Имом Абу Ҳомид Ғаззолий асарлари Ислом дини моҳиятини барча нозик жиҳатларигача эътиборга олингани, теран тафаккур ва идрок этилгани, тушунтирилгани билан ажралиб туради. Эътиқодий масалаларга алоҳида хассослик, меҳр-муҳаббат билан йўғрилган бу сифатлар, шубҳасиз, ўқувчиларни ҳам инсоннинг дунёга келишидаги илоҳий ҳикмат, яшашдан мақсад ҳамда вазифалари ҳақида чуқур ўйлашга ундайди.Алломанинг «Қалблар кашфиёти» деб номланган ушбу китобида ҳам Аллоҳ таолога доимо итоатда, қўрқув ва зикрда, севги-муҳаббатда бўлиш фазилатлари ҳамда У Зотни, Расулини унутиш оқибатида шайтоннинг очиқ душманлиги билан инсон табиати ва ҳаётининг турли соҳаларида ҳалокатли ҳолатлар келиб чиқиши ҳақида таъсирли, жозибали ҳикоя қилинади. Асар Пайғамбаримизнинг (соллаллоҳу алайхи ва саллам) бутун умри сингари ибратли бўлган сўнгги кунлари ҳамда вафотларини баён этиш билан якун топган.
Аннотация
Monografiyada Buyuk ipak yo'lining shakllanishi hamda uning shaharsozlik va me'morchilikka bo'lgan ta'siri masalalari yoritilgan. Unda mazkur yo'lning yuzaga kelish tarixi juda qadimiy ekanligiga e'tibor qaratilgan. Jumladan, uning vujudga kelishida «Mis yo'li», «Qalay yo'li», «Lojuvard yo'li», «Zumrad yo'li», «La'l yo'li», «Choy yo'li» singari o'nlab ko'hna transkontinental marshrutlarning ahamiyati ko'rsatib berilib, Buyuk ipak yo'lining eng sermahsul va barqaror yo'l sifatida shakllanib, rivojlanganligi e'tirof etilgan. Bu yo'l bo'ylab shakllangan shaharlar buyuk madaniyat chorrahalari, yo'lbo'yi xizmat ko'rsatish inshootlari, to'xtash joylari-marhalalarning vujudga kelish qonuniyatlari ochib berilgan. Shu asosda Buyuk ipak yo'lining vorisi ‒ O'zbek milliy avtomagistrali bo'ylab zamonaviy servis xizmatini shakllantirishning ilmiy va loyiha-eksperimental muammolari ochib berilgan.Monografiya arxitektorlar, loyihalovchilar, olimlar va talabalarga mo'ljallangan.
Аннотация
Inson faqat bugungi kun bilangina yashamaydi, uning qalbida ertaning umidi ham bo'y ko'rsatishi tabiiy. Aslida, bugun ham, erta ham o'tmishdan andoza oladi. Shunday ekan, biz, ertaning umidida yashayotganlar, oladigan andozalarimizning tarixini yaxshi bilamizmi? Bizlarga o'rnak bo'luvchi, bizlarni ulug'vor ishlarga, yaratuvchiliklarga undovchi ajdodlarimizni yaxshi bilamizmi? Bu mangulik savolga har bir avlod o'zicha javob axtarmog'i aniq.Tarixda buyuk ishlari, mardliklari, qahramonligi, yurtparvarligi, ozodlik uchun kurashi bilan lol qoldirgan Jaloliddin Manguberdi taqdirini yaxshi bilish ham ana shu savolga izlanayotgan javoblardan biridir. Biz shu paytgacha Jaloliddin Manguberdi haqida nimalar bilar edik? Nihoyatda oz narsa! Demak, qo'lingizdagi ushbu kitob biz taqdirini, tarixini oz miqdorda biladigan yurtdoshimiz haqida nihoyatda ko'p ma'lumotlar berishi bilan qimmatlidir.
Аннотация
Хусайн Воиз Кошифи Шарқнинг машҳур алломаларидан биридир. У ахлоқ, тарих, тасаввуф соҳаларига доир 40 дан ортиқ асар яратган. Уларнинг аксарияти 500 йил давомида ахлоқ-одоб дастури сифатида қўлдан-қўлга ўтиб, зўр қизиқиш билан ўқиб келинган.Бағоят катта тарбиявий аҳамиятга молик бўлган унинг икки асари — «Футувватномаи султоний» ва «Ахлоқи муҳсиний» сўнгги йилларда нашриётимизда алоҳида – алоҳида чоп этилган эди. Ушбу нашрда шу икки асар битта китобда жамлаб берилган.
Аннотация
Кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган луғатдан илмий ва луғавий қўлланма сифатида тиббиёт ходимлари, тиббиёт институти талабалари, тиббиёт коллежларининг ўқитувчилари, нашриётлар, журнал ва газеталарнинг ходимлари, таржимонлар фойдаланишлари мумкин.
Аннотация
Другие соавторы: Э.И.Баситханова
Аннотация
Mazkur risola xalq og'zaki ijodi, mumtoz va zamonaviy adabiyotimizda keng qo'llanilib kelayotgan badiiy san'atlar ilmidan dastlabki ixcham ma'lumot berish maqsadida yozildi. Risola o'zbek tili va adabiyoti o'qituvchilari uchun, akademik litseylar, kollejlar, gimnaziyalar, o'rta maktab o'quvchilari hamda abituriyentlarga mo'ljallangan. Misollar V–IX sinf «Adabiyot» darslik va majmualaridan olingan.
Аннотация
Andersenning ertaklari bugungi kunda ham eng ko'p o'qilayotgan asarlar sarasiga kiradi. Ularda bolalalarga xos bo'lgan beg'ubor kechinmalar, ezgulikning g'alabasi, orzu-umidlarning ushalishi, yorug' olamda har birimiz har qadamda duch kelib, kundalik hayotimizda yuz berayotgan oddiy voqea, hodisalarning o'zgacha talqini tilga olinadi. Mazkur ertaklar katta-kichik yoshdagi o'quvchilarga mo'ljallangan bo'lib, ular tasavvuringizni boyitadi, aqlingizni charxlaydi. Olis manzillardagi ertaklarning mo'jizaviy ohangi Siz, aziz kitobsevarlarni maftun etadi.
Аннотация
Aziz bolajonlar! E'tiboringizga havola etilayotgan ertak qahramonlari sizga notanish emas, to'g'rimi? Yaxshilik, yomonlik, ezgulik va yovuzlik haqidagi ilk tasavvurlaringizni shakllantirgan bunday ertaklar endi satrlar orqali sirlashishadi. Maroqli mutolaa tilaymiz, sizga!