Аннотация

Буюк шоирнинг энг қадимий қўлёзмалари жаҳонга тарқалиб кетган. Уларни топиш, ўрганиш, қиёслашдек мураккаб ва шарафли иш давомида топилган янги асарлар беҳудуд уммондан олиб чиқилган гавҳардек ноёб, эътиборга моликдир.

Аннотация

Аннотация

Аннотация

V svyazi s 575-letiem so dnya rojdeniya velikogo uzbekskogo poeta i mislitelya Alishera Navoi Soyuz pisateley Uzbekistana prinyal reshenie nachat izdanie izbrannix sochineniy poeta na chetirnadsati yazikax mira. V nastoyaschuyu knigu serii na russkom yazike voshli gazeli,rubayyati, tuyugi i nebolshaya poema «Mesnevi».

Аннотация

Uslubiy qo'llanma nemis tili yo'nalishi namunaviy dasturi asosida yaratilgan. Qo'llanma keyingi yillarda nashr etilgan so'nggi nemis adabiyoti, uning taraqqiyotining ma'lum bosqichida ko'rib chiqish, eng avvalo, tarixiy va adabiy jarayonni o'rganishni o'z ichiga oladi.Uslubiy qo'llanma filologiya yo'nalishi talabalari, magistrantlari hamda keng kitobxon ommasiga mo'ljallangan.

Аннотация

Uslubiy qo'llanma nemis tili yo'nalishi namunaviy dasturiga asosan yaratilgan. Qo'llanma keyingi yillarda nashr etilgan eng so'nggi nemis tilida so'zlashuvchi mamlakatlar adabiyotini, uning taraqqiyotining ma'lum bosqichida ko'rib chiqish, eng awalo, tarixiy va adabiy jarayonni, milliy o'ziga xosliklarni o'rganishni ham o'z ichiga oladi.Uslubiy qo'llanma filologiya yo'nalishi talabalari, magistrantlari hamda keng kitobxon ommasiga mo'ljallangan.

Аннотация

Монографияда машҳур олмон маърифатпарвар адиби Г.Э.Лессинг (Gotthold Ephraim Lessing) ижодида Шарқ ва Ғарб воқелигининг муштарак талқини, динлараро толерантлик ва инсонпарварлик ғоялари тадқиқ этилади. Ёзувчи, драматург, санъат назариётчиси Лессинг асарларида Салиб урушлари қаҳрамонлари, Гомер достонлари, Арасту "Поэтика "си, поэзия ва рангтасвир, жамият ва шахс, санъатнинг халқчиллиги ва унинг ижтимоий вазифаси, миллатлараро тинч-тотувлик масалалари ёритишган.Ушбу монография олий ўқув юртлари бакалавриат ва магистратурасида таҳсил олаётган талабалар, тадқиқотчи ва изланувчиларга мўлжалланган.

Аннотация

Mazkur sxemali o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini o'rganishga bag'ishlangan. Muallif Konstitutsiyaning moddalari va ularning qismlarini tegishli bog'liqlik va o'zaro aloqadorlik asosida tahlil etib, ma'lum bir tartibda tasvir va chizmalarda ifodalagan. O'quv qo'llanmaning oxirida egallangan bilimlarni tekshirish maqsadida testlar taklif etilgan, tushunchalarga izohlar berilgan va eng so'nggi tahrirdagi O'zbekiston Konstitutsiyasining matni keltirilgan. O'quv qo'llanma kitobxonlarning Konstitutsiya bilan bog'liq siyosiy-huquqiy bilimlarini yanada boyitishga xizmat qiladi. O'quv qo'llanma o'quvchilar, noyuridik oliy o'quv yurtlarining talabalari va keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.

Аннотация

Mazkur o'quv qo'llanmada kimyoviy birikmalarning fazoviy tuzilishini bilishning ahamiyati, asosiy tushunchalar va ularning ta'rifi keltirilgan. Konformatsiya, konfiguratsiya, asimmetriya, dissimmetriya, enantiomeriya, diastereomeriya, ularni tasvirlash va aniqlash usullari bayon qilingan. Xalqaro nomenklatura asoslari berilgan. Ayrim reaksiyalar o'tishining stereokimyosi keltirilgan. Azot va boshqa ugleroddan tashqari atomlar asimmetriyasining o'ziga xos xususiyatlari muhokama etilgan.Kimyo va biologiya yo'nalishi bakalavriat talabalari hamda magistrantlar, doktorantlar, o'qituvchilar, kimyo fanini nazariy va amaliy muammolari bilan qiziquvchilarga mo'ljallangan.

Аннотация

"Istiqlolimizning dastlabki yillaridayoq suronlar bag'ridan omon chiqqan bu bezavol shaharni ravnaq ettirishga alohida e'tibor qaratildi. Mamlakatimiz rahbarining tashabbusi va sa'y-harakatlari bois Termiz va Termiz atrofidagi tarixiy va me'moriy obidalar qayta tiklandi. Ta'bir joiz bo'lsa, istiqlol tufayli Termizga bir vaqtlardagi shon-shavkati qaytib kelgandek bo'ldi. Mazkur kitob mustaqillik yillaridagi ana shu muvaffaqiyatlar haqida hikoya qiladi."